Вопросы связанные с оплатой в отношениях
Oriental Renaissance: Innovative
Download 398.54 Kb. Pdf ko'rish
|
82 Ibrohimov Azimjon Abdumomin ogli 607-612
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023 610 b) ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, mevalar yoki daromadlarning belgilangan ulushi tariqasida. Masalan, transport vositasi ijaraga berilganda ijara haqi yo’lovchi tashish faoliyatidan olingan daromadning muayyan qismi (%) shaklida belgilanishi mumkin. Shuningdek amaliyotda yer uchastkasi dehqonchilik faoliyati asosida olingan hosilning muayyan qismini taqsimlash sharti bilan ijaraga beriladigan holatlar ham tez-tez uchraydi. c) ijaraga oluvchi tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lum xizmatlar tariqasida. Masalan, tadbirkorlik subyekti o’ziga tegishli binodagi bo’sh xonani sartaroshga foydalanish uchun beradi, buning evaziga xodimlariga sartaroshlik xizmatlari ko’rsatilishi mumkin. d) ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki, o’z navbatida, ijaraga topshirish tariqasida. Masalan, ijaraga bino berilganida ijaraga oluvchi ta’lim xizmatlarini ko’rsatishda foydalangan mebellar va boshqa jihozlarni ijara haqi sifatida shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so’ng ijaraga oluvchiga mulk qilib berishi mumkin. e) ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash bo‘yicha shartnomada kelishilgan xarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida. Masalan, transport vositasi yoki binoni ta’mirlash yoki korxonani muayyan ishlab chiqarish quvvatiga yetkazish shaklida ijara haqi to’lanishi nazarda tutilishi mumkin. Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda ko‘pi bilan bir marta taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Qonunchilikda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta ko‘rib chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin. O’zR Oliy Sudi Plenumining 01.12.2011 yildagi 234-sonli “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandiga asosan ijaraga oluvchining ijara haqini to‘lash majburiyati ijaraga berilgan mulk unga topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ijaraga beruvchi ijara obyektini ijaraga oluvchiga shartnomani tuzish paytida yoki shartnomada belgilangan boshqa muddatda topshirmagan bo‘lsa, u mulkdan foydalanganlik uchun to‘lovlarni tegishli davrda amalga oshirishni talab qilishga haqli emas. Shuningdek, mazkur bandda qayd etilishicha, mulkdan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori va uni aniqlash shartlari ijara shartnomasida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Bunday hollarda, bitimlarni haqiqiy emas deb topish oqibatlari qo‘llaniladi (FK 116-moddasi). Bunday holatda, agar mulk |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling