Вопросы связанные с оплатой в отношениях


Oriental Renaissance: Innovative


Download 398.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi398.54 Kb.
#1765253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
82 Ibrohimov Azimjon Abdumomin ogli 607-612

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
610 
b) ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, 
mevalar yoki daromadlarning belgilangan ulushi tariqasida. Masalan, transport 
vositasi ijaraga berilganda ijara haqi yo’lovchi tashish faoliyatidan olingan 
daromadning muayyan qismi (%) shaklida belgilanishi mumkin. Shuningdek 
amaliyotda yer uchastkasi dehqonchilik faoliyati asosida olingan hosilning muayyan 
qismini taqsimlash sharti bilan ijaraga beriladigan holatlar ham tez-tez uchraydi. 
c) ijaraga oluvchi tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lum xizmatlar tariqasida. 
Masalan, tadbirkorlik subyekti o’ziga tegishli binodagi bo’sh xonani sartaroshga 
foydalanish uchun beradi, buning evaziga xodimlariga sartaroshlik xizmatlari 
ko’rsatilishi mumkin. 
d) ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada kelishilgan 
ashyoni mulk qilib yoki, o’z navbatida, ijaraga topshirish tariqasida. Masalan, ijaraga 
bino berilganida ijaraga oluvchi ta’lim xizmatlarini ko’rsatishda foydalangan 
mebellar va boshqa jihozlarni ijara haqi sifatida shartnomaning amal qilish muddati 
tugaganidan so’ng ijaraga oluvchiga mulk qilib berishi mumkin. 
e) ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash bo‘yicha shartnomada kelishilgan 
xarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida. Masalan, transport vositasi 
yoki binoni ta’mirlash yoki korxonani muayyan ishlab chiqarish quvvatiga yetkazish 
shaklida ijara haqi to’lanishi nazarda tutilishi mumkin. 
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori shartnomada 
belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda ko‘pi bilan bir marta taraflarning kelishuvi 
bilan o‘zgartirilishi mumkin. Qonunchilikda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, 
shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta ko‘rib 
chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin. 
O’zR Oliy Sudi Plenumining 01.12.2011 yildagi 234-sonli “Mulk ijarasi 
shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan 
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandiga asosan ijaraga 
oluvchining ijara haqini to‘lash majburiyati ijaraga berilgan mulk unga topshirilgan 
paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ijaraga beruvchi ijara obyektini ijaraga 
oluvchiga shartnomani tuzish paytida yoki shartnomada belgilangan boshqa 
muddatda topshirmagan bo‘lsa, u mulkdan foydalanganlik uchun to‘lovlarni tegishli 
davrda amalga oshirishni talab qilishga haqli emas.
Shuningdek, mazkur bandda qayd etilishicha, mulkdan foydalanganlik uchun 
to‘lov miqdori va uni aniqlash shartlari ijara shartnomasida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
bunday shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Bunday hollarda, bitimlarni haqiqiy emas 
deb topish oqibatlari qo‘llaniladi (FK 116-moddasi). Bunday holatda, agar mulk 



Download 398.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling