Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya


Download 384.28 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi384.28 Kb.
#1563027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan

b – oyogi erga qisman tegib osilganda;
c – tizzasida osilganda;
d – o’tirganda osilganda;
e – yotganda osilganda.
Tuzilishiga ko’ra sirtmoqlar siljuvchi va harakatsiz bo’lishi mumkin. Harakatsiz turi esa ochiq va yopiq bo’ladi. Yopiq sirtmoq bo’yinga yaqin bog’lansa, ochig’i esa xalqa shaklida bo’lib, bunga boshi bemalol kiradi. Bunday halka bo’yin yuzasini oldingi va yonbosh qismini tana og’irligi bilan siqadi. Bunda iyagining tagi va pastki jag’ining burchaklari boshini sirtmoqdan chiqishga yo’l qo’ymaydi. Shunday holatlar bo’ladiki, bo’yinni orqa qismi va yuzini egallagan sirtmoqlar siljib ketib og’iz orqali o’tishi ham mumkin (64 rasm).

64 rasm. Boyinni ong yonbosh yuzasini siquvchi sirtmoqning odatdan tashqari yuqorida joylashuvi

Sirtmoqning bo’yin atrofida joylashuvi bir, ikki, uch yoki ko’p qavatli bo’lishi mumkin (65-rasm).


Tugunning bog’lanishiga qarab ba’zan osayotgan odamni kasbini (baliqchi, dengizchi, to’quvchi va boshkalarni) taxmin qilish mumkin.
Osilishda sirtmoqning holati yuqoriga ko’tariluvchi qiyshiq holda ko’zga tashlanadi. Sirtmoq tipik holatda bo’lganda, u bo’yin yuzasining oldingi yon tomonida joylashsa, tugun esa bo’yinning orqa tomonida yoki engsa qismida
SUD TIBBIY TOKSIKOLOGIYA. (yangi tug’ulgan chaqaloq yoki homila murdasini sud tibbiy ekspertizasi)

Sud toksikologiyasi ximiya, fiziologiya va boshqa fanlar sohasida olib borilgan kattagina ishlar hayotda uchraydigan qo’pgina zaharlanishlarni aniqlashga imkoniyat yaratdi.


Ko’pchilik tadqiqotchilar zaharlanishni zaharli moddaning ta’siri tufayli sodir bo’lgan kasallik sifatida baholaydilar. Ammo zaharli modda tushuchasini aniqlashda biroz qiyinchilik tug’iladi. Shuni aytish lozimki, absolyut zaharli modda yo’q, ya’ni istagan sharoitda zaharlanish chaqiruvchi modda yo’q. Faqat bu modda organizmga tushgach, ma’lum sharoitda zaharli xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Asosan zaharli moddalar organizmga tushgach, o’zining kimyoviy yoki fiziko-kimyoviy xususiyatlari bilan zaharlanish chaqiradi.
Bundan tashqari, organizmga ozgina miqdorda kirganda ham ta’sir qo’rsatishi zarur.
Shuning uchun ham sud tibbiyotida zaharli modda deb, bu moddalar organizmga ozgina miqdorda kirsa ham o’zining kimyoviy yoki fiziko-kimyoviy xususiyatlari orqali odamning sog’lig’ining buzilishi yoki o’limga olib kelishiga aytiladi.
Zaharli moddalarning tasnifi
Zaharli moddalarni organlar va to’qimalarga ta’sir qilish xarakteriga qarab quyidagi asosiy guruhlarga bo’lish mumkin:
Mahalliy ta’sir qiluvchi zaharli moddalar. Bularga quyidagilar kiradi:
O’yuvchi zaharli moddalar. Bu moddalar o’zining tushgan joyida kuchli ko’rinuvchi morfologik o’zgarishlar chaqiradi. Bunga kislotalar, ishqorlar, formalin va fenol birikmalari kiradi.
Destruktiv zaharli moddalar. Bular tushgan joyida va qonga so’rilganda organ hamda to’qimalarda distrofik, nekrobiotik va nekrotik o’zgarishlar hosil qiladi. Og’ir metallarning tuzlari, organik birikmalari, xlor organik yadoximikatlar, fosfor, sulema, margumush va boshqalar bilan zaharlanishlar bunga misol bo’la oladi.
Umumiy zaharli moddalar. Bularga quyidagilar kiradi:
Qonga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar: is gazi, bertolet tuzi, anilin, nitrobenzol, nitritlar, gidroxinon va boshqalar bilan zaharlanishlar kiradi.
Ko’pincha markaziy va periferik nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar. Bu guruhga kiruvchi zaharli moddalar ham 4 guruhchaga:
markaziy nerv sistemasini falajlovchi zaharlar;
markaziy nerv sistemasi faoliyatini susaytiruvchi zaharlar;
markaziy nerv sistemasini ko’zg’atuvchi va talvasalantiruvchi zaharlar;
ko’pincha periferik nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar.
Zaharli moddalarning organizmga ta’sir qilish shartlari
Sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilganda har bir zaharli moddaning faqatginaalohida fizik va kimyoviy xossalarinigina emas, balki uning organizmga ta’sir qilish shartlarini ham hisobga olishga to’g’ri keladi.
Bunga quyidagilar kiradi:
Zaharli moddaning o’ziga bog’lik sharoitlar:
O’ldiruvchi dozasi, ya’ni odamni o’limiga sababchi bo’ladigan zaharli moddaning minimal miqdori (atrofin 0,1 g, margumush va morfin 0,2 g, tsianid kislotasi 0,06 g., kaliy tsianidi 0,15-0,25 g., kontsentrlangan sulfat kislotasi 5 ml., nitrat kislotasi 5-10 ml., xlorid kislotasi 10-15 ml va hoqazolar).
Eruvchanligi. Organizm shirasida erimaydigan moddalar zaharlanish chaqirmaydi. Masalan, erimaydigan HbCl tuzi (kalomel) zararsiz, eruvchan HbCh (sulema) kuchli zaharli modda hisoblanadi.
Zaharli moddaning fizik holati. Masalan, gazsimon moddalar to’g’ridan to’g’ri qonga ko’p miqdorda so’riladi. Ayrim zaharli moddalar og’iz orqali qabul qilinganda tezroq ta’sir ko’rsatadi.
Zaharlanish jarayonida zaharli moddaning kontsentratsiyasi muhim ahamiyatga ega. Masalan, eritilgan va suyultirilgan xlorid kislotasining kuchsiz eritmasi dori sifatida foydalanilsa, kontsentrlangan eritmasining shu miqdori kuchli zaxarli modda hisoblanadi. Sirka kislotasining kuchsiz eritmasi ovqatga tam beruvchi sifatida foydalanilsa, 48-96-foizli kontsentrlangan eritmasi esa o’limga olib kelishi mumkin.
Zaharlanish jarayonida zaharli moddani nima bilan qabul qilinishiga bog’liq. Masalan, ishqorli muhit margumushni, kislotali muhit (nordon vino) tsianid birikmalari, sut va tarkibida yog’ bo’lgan ovqat moddalari fosfor organik birikmalari so’rilishini tezlashtiradi. Quyuq chay va kofe alkoloidlar (morfin, strixnin va atrofin) ta’sirini kuchsizlantiradi va hokazolar.
Zaharli moddalarni saqlanish muddatiga bog’liq. Bunga 1916 yil dekabrida kaliy tsianidi bilan Grigoriy Rasputinni g’animalari zaharlashga urinishi misol bo’la oladi. Uning dushmanlari oldindan pishiriqni ustiga zaharli moddani sepib qo’yadi. U vinoni ichib, pishiriqni egach, ashulasini aytib hech narsa bo’lmagandek o’zini his qiladi. Bunda kaliy tsianidi uzoq vaqt kislorodsiz joyda saqlangani uchun u CO2 bilan birikib potash (K2CO3) ga aylanib zaharsizlilik xususiyatiga ega bo’lib qolganligi aniqlangan.
II. Zaharli moddaning ta’siri organizmning individual holatiga bog’liq:
Yoshiga. Ko’krak yoshidagi va kichkina bolalar opiy, alkogolga juda sezuvchan bo’lsa, strixninga esa nisbatan kam sezuvchan bo’ladi. Uch yoshlik o’g’il bolani kichkina qadahdagi aroqni ichganda o’lganligi adabiyotlardan ma’lum.
Sog’lig’ining holatiga bog’liq. Surunkali kasalliklar bilan kasallangan ozg’in kishilarda zaharli moddalar ta’siri tez va kuchli bo’ladi. Buyrak kasalliklarida davolovchi doza zaharli xususiyatga ega bo’lib, organizmda kumulyativ holatni chaqiradi va zaharli moddalarni ajralishi buziladi hamda og’ir zaharlanish sodir bo’ladi.
Og’irligi. Organizmga tushuvchi zaharli modda organ va to’qimalarga tarqaladi. Shuning uchun ham uning o’ldiruvchi dozasi jabrlanuvchining vazniga to’g’ri bog’langan bo’ladi.
Jinsiga bog’liq. Hayz ko’rish va homiladorlik davrida ayollar organizmi zaharli moddalarga ancha sezuvchan bo’ladi.
Zaharlanish jarayonida organizmning zaharli moddaga o’rganib qolishiga bog’liq. Narkotik moddalar (alkogol, morfin, kokain va boshqa ayrim moddalar) ga o’rganib qolish bunga misol bo’la oladi. Narkomanlar narkotiklarni katta dozasini ham bemalol iste’mol qilaversalar, bu dozalar yosh bolalarni o’limining sababchi bo’lishi mumkin.
Nerv sistemasida o’tkazuvchanlik yoki qo’zg’alish jarayonlarini engillashtiruvchi moddalarga o’rganib qolish ko’pincha kuzatiladi. Bular sub’ektiv yoqimli sezgi va eyforiya chaqiradi. Zaharli moddani ko’p marta qabul qilish natijasida patologik mustahkam miya po’stlog’i bilan bog’lanish, dinamik stereotip sodir bo’ladi. Zaharli moddani uzoq muddatda qabul qilish fiziologik ta’sirdan tashqari zaharli modda almashinuv jarayonlarida qatnashib bioximik ta’sir ham ko’rsatadi.
Zaharli moddaning fiziologik va bioximik ta’sirining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, kerakli ta’siriga erishish uchun har marta narkotik dozasini oshirishga to’g’ri keladi. Masalan, morfinistlar 0,01-0,02 g dozasidan boshlab, sekinlik bilan to 0,3-0,5 g gacha etkazadi. Sekinlik bilan miqdoriy ta’sir sifatiy ta’sirga o’tib boradi. Keyinchalik nerv sistemasining qo’zg’alishi tormozlanish bilan almashinadi. Natijada ish qobiliyatining pasayishi va bosh miya po’stloq xo’jayralarining kuchli darmonsizligiga olib keladi.
Narkomanlarda narkotik moddalarni qabul qilmaslik tufayli miya po’stloq qavatida faqat buzilishlar (charchash, siqilish, serjahllik) bilan bog’liq bo’lmasdan, balki butun nerv sistemasining o’zgarishi kuzatiladi. Bu buzilishlar po’stloq osti markaziga ham aloqador bo’lib, buning natijasida ichki organlar (yurak, o’pka va boshqalar) faoliyatida qator patologik o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Bunday holatga abstinentsiya sindromi deyiladi. Bu davrda narkomanlar narkotik moddalarni olish uchun hatto odam o’ldirish yoki antisotsial jinoyatlar sodir qilishga ham qodir.
Ayrim shaxslarda narkotik moddalarga o’rganib qolishga qarama qarshi o’laroq sezuvchanligi oshib ketishi (idiosinkraziya) kuzatiladi. Bu holat antibiotiklar, xinin, yod, novokain va boshqalar davolovchi dozalarda qabul qilinganda ham ko’zga tashlanadi. Har bir vrach davolash tayinlaganda dorilarning qo’shimcha ta’sirini oldini olish choralarini ko’rishi zarur.
Zaharli moddaning yuborish yo’liga bog’liq sharoitlar:
Ko’pgina zaharli moddalar organizmda so’rilib, qonga tushgandan keyin zaharli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham to’g’ridan to’g’ri qon tomiriga yuborilganda ancha tez ta’sir qiladi.
Ayrim zaharli moddalar faqat aniq yo’llar orqali kirgandagina o’z ta’sirini namoyon etadi. Masalan, xloroform nafas olganda yaxshi ta’sir ko’rsatsa
oshqozonida yomon so’riladi hamda qusish refleksi paydo bo’lib tezda tashqariga chiqarib yuboriladi. Kurare teri tagiga yuborilganda tez ta’sir ko’rsatib birdaniga mushaklar falajlanishini chaqirsa, oshqozon orqali yuborilganda esa hech bir ta’siri kuzatilmaydi.
Sud tibbiyoti amaliyotida davolovchi moddalarning qabul qilish yo’llarini qasddan o’zgartirish hollari ham uchraydi. 15 yoshli qizga nembutalning 10-foizli eritmasini teri tagiga yuborilganligi aniqlangan. Eritma to’g’ridan to’g’ri ko’chada tabletkadan tayyorlanilib uning «yoqimli sezgisini» kuzatish maqsadida sterillanmagan shprits orqali yuboriladi. 4 ml eritma yuborilganda jabrlanuvchi qisqa muddatga xushini yo’qotadi va ojiz holatga tushgach, uni zo’rlab nafsiga tegishadi.
Tashqi muhitga bog’liq holatda zaharli moddalarning ta’sir qilish shartlari:
Havo harorati va namligining oshib ketishi is gazi bilan zaharlanishga qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun ham bu zaharlanish individual hammomlar, vannalar va qozonxonalarda ko’proq uchraydi.
Past harorat alkogol bilan zaharlanishning sababchisi bo’lishi mumkin, chunki bunda organizm haddan tashqari sovib ketishi va uning reaktivligi pasayishi kuzatiladi. Biroq mastlikning ayrim davrlarida sovuq ta’sirida mast odamning tezda xushiga kelish hollari ham ma’lum.
Zaharlanishlarning davrlari
Zaharlanishlar o’zining davomligiga qarab o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali davrlarga bo’linadi.
O’tkir zaharlanish odatda zaharli moddaning toksik yoki o’ldiruvchi dozasi qabul qilinganda kuzatiladi. U bir necha minutgacha davom etib tezlikda o’lim bilan tugaydi. Bunga tsianid kislotasi, is gazi bilan zaharlanishlar misol bo’la oladi. Biroq zaharli modda ta’sir qilgandan biroz vaqt o’tgach zaharlanish ko’zga tashlanadi. Buning davomligigi zaharli moddaning xarakteri va qonga so’rilish tezligiga bog’liq. Odatda o’tkir zaharlanishning davomliligi bir necha soatdan to bir sutkagacha vaqtni tashkil etadi.



Download 384.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling