Vr (Virtual Haqiqat)


Download 1.06 Mb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.06 Mb.
#1009076
1   2   3   4   5
Bog'liq
AR VR farqi

Augmented reality haqida .

Augmented reality haqida:

Augmented reality atamasi boshida kimgadir notanish tuyulishi mumkin. Lekin aslida Augmented reality degani oddiy qilib aytganda "Virtual reallik"ga yaqin tushuncha.
Augmented reality (qisqa qilib aytganda AR) - tekislikga har-xil sensor ko'rinishidagi ma'lumotlarni kiritish yordamida atrof-muhit haqida qo'shimcha axborotlarni hosil qilishdir .
Uni o'zimizning ona-tilimizga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilganda "Qo'shimcha reallik"desak bo'ladi. Augmented realityda kompyuter grafikasi va boshqalar yordamida atrof-muhitga qo'shimcha obyektlar qo'shiladi. Augmented realityda qilingan loyihalar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishadi :

  1. Bunda virtual olam bilan haqiqiy olam bir-biri bilan muloqotga kirishib ketadi. Sodda qilib aytganda, sizni virtual olam bilan haqiqiy olamni taqqoslashingiz biroz qiyin bo'ladi.

  2. Obyektlar real vaqtda muloqotga kirisha oladi. Misol uchun, siz telefon kamerasini joyini o'zgartirganingizda obyekt ham joyini o'zini o'zgartiradi. Bu haqida alohida to'xtalamiz.

  3. 3D obyektlar bilan birga ishlaydi .

Yuqorida keltirgan rasmim aynan Augmented realityga misol bo'la oladi. Chunki bu siz bilgan Pokemon o'yinidir. O'yin vaqtida siz mobil qurilmangiz kamerasidan foydalanasiz. Real vaqtda siz o'yin obyektlari bilan muloqotga kirisha olasiz. O'yin obyektlari asosan sizga turgan atrof muhitdan foydalanadi. Obyektlarning hammasi tekislikga joylangan.

Masalan, atrofingizda qandaydir tekislik bor. Augmented reality texnologiyasi yoki maxsus ishlab chiqilgan dasturlar yordamida siz 3D obyektni xuddi real hayotdagidek qilib o'sha tekislikka joylashtirishingiz mumkin. Bu texnologiya bizga atrofdagi 3D obyektlarni skanerlash,atrofdagi obyektlarni aniqlash imkoniyati bera oladi. Agar sizda 3D obyektni kompyuter grafikasi yordamida animatsiyaga keltirish qobiliyati bo'lsa, sizni tabriklaymiz !!! Chunki siz bu texnologiya doirasida katta loyihalar qilishingiz mumkin. Bu texnologiya bilan tanishib chiqishni sizga tavsiya qilgan bo'lardim. 


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling