3. Arxitektura va qurilish sohasida .
Augmented reality arxitektura sohasini ham chetlab o'tmaydi . Bu texnologiya yordamida siz qog'ozga chizgan 2D ko'rinishdagi chizmalaringizni mobil qurilmada 3D model shaklida ko'rishingiz mumkin . Bu esa arxitektura sohasi vakillari juda ham ajoyib qulaylikdir. Faqatgina qog'ozga 2D chizmani chizsangiz kifoya,qolganini esa augmented reality texnologiyasi eplaydi .
4.Muhandislik sohasida .
Bu texnologiya muhandislarimiz uchun ham ajoyib qulayliklarni keltirib chiqaradi . Hech kimning ko'magisiz qurilmalarni mustaqil ta'mirlay olish mumkin . Maqolam boshida aytib o'tganimdek bu texnologiya atrof-muhit haqidagi ma'lumotlarni ham sizga taqdim qilishi mumkin . Shuningdek muhandislar o'zlariga zarur bo'lgan ehtiyot qismlar haqida ham ma'lumotlarga ega bo'ladilar .
Qiziqarli ma'lumot sifati sizlarga Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Microsoft HoloLens 2 AR ko'zoynaki haqida aytmoqchiman .
Bu ko'zoynak augmented reality texnologiyasining qudratini to'laqonli namoyish etadi . Bu ko'zoynak o'z ichiga :
Augmented reality (AR) texnologiyasi
Mixed reality (MR) texnologiyasi
Head-mounted display (HMD) "Bosh"
Smartglasses (smart ko'zoynak xususiyatini)kabilarni o'zida qamrab olgan .
To'g'risini aytsam qurilmaning dizayni menga juda ham yoqdi . Dizayni foydalanuvchiga ancha qulayliklar keltirib chiqaradi .Ko'zoynakni Wifi,bluetooth texnologiyalar yordamida ham ishlatsa bo'ladi .Yana bir ma'lumot ko'zoynak og'irligi 550 grammni tashkil etarkan . Bu ko'zoynak yuqorida aytib o'tgan soha vakillariga juda ham qo'l kelishi mumkin . Misol uchun , bu ko'zoynakning maxsus HoloLens 2 with
Dynamics 365 Remote Assist nomli turi ham ishlab chiqildi .Ko'zoynakning bu turi muhandislarga sozlash ishlarida ancha qo'l keladi .Ko'zoynakning bu turi uchun oylik to'lov mavjud (125 dollar/ oyiga).
Do'stlaringiz bilan baham: |