Vzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi b. Husanov, V. G‘ulomov muomala madaniyati


Qur’on va Hadis — musulmon muomala madaniyatining


Download 5.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana22.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1794682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
Muomala-madaniyatiB.HusanovV.G ulomov

3.2. Qur’on va Hadis — musulmon muomala madaniyatining 
diniy-axloqiy asosi sifatida
M ustaqillik sharofati bilan qadriyatlarim izni tiklashga, tarixi- 
m izni o ‘rganishga, o ‘zligimizni anglab etisliga im koniyat yaratildi. 
Ayniqsa, m uqaddas dinim iz - Islom dinining qayta tirilishi, uning 
insoniyat uchun m a’rifat keltiradigan din ekanligini anglab yeta- 
yotganligim iz xalqim iz m ad an iy -m a’naviy hayotida tub burilish 
hisoblanadi.
M a’lum ki, inson barcha yaratilganlar orasida ajib va latif bir 
tabiat bilan ajralib turadi. Bu tabiatda insonning turli-tum an mayllari, 
orzulari m aydonga kelgan. M asalan, inson eng yaxshi narsalam i 
istaydi, eng go‘zal narsalarga moyillik bildiradi, ziynatli narsalam i 
orzu etadi, insoniyatga xos sharaf bilan yasham oqqa intiladi. A na 
shunday sharaf lslom dinida - xushm uom alalik, shirinso‘zlik, och iq 
chehralik, to ‘g ‘riso‘zlik, muloyimlik, xushzabonlik, shirinsuxanlik 
kabi qato r axloqiy tushunchalar bilan belgilanadi.
Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, Q u r’oni K arim oyatlarida
H adisi Sharifda bayon etilgan g‘o y alar insoniyat tafakkuri va
1 Injil. Stokgolm. Bibliyani taijima qilish instituti, 1992. 39 b.
2 Shu kitob. 16 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyatidan ayri holda emas. Ayniqsa, Islom manbalarida insonlardagi 
m uom ala m adaniyati yaxshilik, burch, adolat, iymon singari odob 
va axloq tushunchalari bilan uyg‘un holda olib qaraladi. Shuningdek, 
o ta - o n a bilan farzan d o ‘rtasidagi m unosabat, ularnin g o ‘zaro 
m uom alada go‘zallikka intilish masalalariga Islom dini juda katta e ’ti- 
b o r qaratadi. Bu borda Abu H urayra (r.a)dan rivoyat qilingan rnana 
bu hadis tarbiyaviyjihatdan ahamiyatga molik: “ Bir odam Rasululloh 
salollohu alayhi va sallam ning huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, 
m en in g yaxshi m u o m a la q ilm o g ‘imga kim h a q liro q d ir? ” -d eb
so ‘raganida Payg‘am barim iz (s.a.v.) uch m artasida ham «Onang!», 
so ‘ngra esa «Otang!»-deb javob beradilar. O ta-onani haqorat qilish, 
u larg a y o m o n m u o m a la d a b o ‘lishni «odam qiladirgan gunohi 
azim lard an biri» deb aytadilar1.
K o ‘rinib turibdiki, Islo m d a chiroyli m uom alaga, eng a w a lo , 
o ta -o n a la r haqlidir. S huni t a ’kidlash lozim ki, Islom da tarbiya 
m asalasiga e ’tib o r ta ’lim m asalalariga nisbatan keng qam rovliroq 
va ustuvorroqdir. C hunki tarbiya bolani uyda, ko‘chada, m aktabda 
o ‘zini tu ta bilish o d o blarin i, aql bilan ish yuritib, jism ini, nafsini 
o ‘ziga b o ‘ysindirishdek og‘ir ishni y o ‘lga qo‘yadi. Zero, inson ko‘rib, 
eshitib , bilib, o ‘rganib tarbiyalanadi. Shu bilan birga, O llohning 
h aq q i - n am o z, ro ‘za, zak o t, haj kabi ibodatlarni ado etishi 
baro b arid a atrofdagilarni shirinso'zlikka, xushm uom alaga chaqirib 
boshq alarg a ibrat b o ‘lishi m o ‘m inlikning m uhim xususiyatlaridan 
sanaladi.
A na shunday m uom alalardan biri - shirinso‘zlikdir. «Farzand 
n e ’m atin in g shukri u n in g g o ‘zal tarbiyasidir» degan tam oyilga 
asoslangan Islom nazariyasi h ar bir tu g ‘ilgan chaqaloq to tili chiqib, 
dilidagini gapira olguncha Islom tabiati bilan tug‘ilishini, biroq ota- 
o n alar farzandini g‘ayridin yoki iymonsiz qilib q o ‘yishini uqtiradi. 
Bundan anglanadiki, bolalar o ta-o n alar tom onidan qanday yo‘lga 
solinsa shu yo‘lga qarab ketishligi m a’lum b o la d i. Dem ak, o ta-o n a 
farzandni tarbiya qilar ekan, uning muomalasini t o ^ r i yo‘lga solishi 
ham ularning yuksak burchlaridan hisoblanadi. Bu borada Q ur’onda 
b a ’zi toifa odam lar boshqalarga nisbatan ezgulik qilinishiga haqli 
ekanligi uqtiriladi. Bu toifalaming awalida esa ota-ona qo‘yiladi. Buning

Q arang: Abu Abdulloh M uham m ad Ibn Ismoil al-Buhoriy. Hadis. 
4-kitob. Q om uslar Bosh tahririyati. 1997. 526 b. 78-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ustiga Q u r’on ota-onaga faqat yaxshilik qilishga chaqiruv bilan 
cheklanib qolmay, balki ularga olijanoblik bilan m uom ala qilish 
kerakligini ajoyib uslubda tushuntiradi: «Parvardigoringiz, yolg‘iz 
Uning o ‘ziga ibodat qilishlaringizni h am d a o ta-o n a g a yaxshilik 
qilishlaringizni am r etdi. Agar ularning birovi yoki h ar ikkisi sening 
q o i ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» dem a va 
ularning so‘zlarini qaytanna! Ularga (doim o) yaxshi so ‘z ayt. U lar 
uchun m ehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — hokisor b o ‘l 
va: «Parvardigorim , m eni ular go‘daklik c h o g ‘im da tarbiyalab
o ‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm -shafqat qilgin», deb haq- 
lariga duo qil» (A1 Isro surasi, 22, 24 o y atlar)1.
Bu oyat m azm uniga e ’tibor beradigan b o ‘lsak, O lloh T aolo 
ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o ‘ziga ibodat qilish bilan birga 
y o n m a-y o n q o ‘yyapti, o ta -o n a la r keksayib, zaiflashib q o lg an
hollarda ularga qanday m uom ala qilish kerakligini o ‘rgatm oqda. Bu 
borada Shayx M uham m ad Sodiq M u h am m ad Y usuf h azratlari 
farzandning ota-onalariga nisbatan yaxshi m uom alalarini q o ‘yidagi 
beshta xususiyat orqali ko‘rsatib o ‘tadilar:
1. U lardan biror gap o ‘tsa, malol kelib, «uf» h am demaslik.
2. O ta-onani hafa qiladigan so‘z so ‘zlamaslik.
3. Ularga doim o ehtirom bilan yaxshi so‘zlam i so‘zlashlik.
4. Ularga doim o rahm -shafqat ko‘rsatib, o ‘zini ular oldida kam - 
ta r tutish.
5. O llohdan ularga rahm at tilab duo qilish2.
Islom dinida shirinso‘zlik ulug‘lanadi, yolg‘onchilik esa unga to ‘siq 
b o ‘ladigan illat hisoblanadi, yolg‘o n so‘zlovchilar m unofiq deb 
ataladi. Yolg‘on so‘zlash Islom dinida m uom ala m adaniyatiga zid 
holat sanaladi. C hunki odam lar har doim h am aldanaverm aydilar, 
bir-ikki m arta m uom ala-m uloqotdan so4ng sezgir odam birodarining 
y o lg ‘o n yo k i ro st s o ‘z la y o tg a n lig in i b ilib o la d i. S h u b o is 
Payg‘am barim iz M uham m ad (s.a.v.) bir hadislarida « 0 ‘zingizga 
to ‘g‘riso‘zlikni lozim tuting, chunki to ‘g 4riso‘zlik insonni yaxshilikka 
yetaklaydi, yaxshilik esa jannatga olib boradi. Inson to ‘g ‘riso‘zlikka 
odatlansa, Ollohning nazdida siddiqlar (doim o to ‘g ‘ri so‘zlovchilar)
1 Qarang: Qur’oni Karim. T.:Cho‘lrpon nashriyoti, 1992. 367 b.
2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. lymon. Т.: «Sharq»
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. 280 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qatoriga yozib qo ‘yiladi. Va yolg‘on gapirishdan saqlaninglar, chunki 
yolg‘onchilik insonni yom onlikka boshlaydi, yom onlik esa do ‘zaxga 
olib boradi. Inson yolg‘on gapirib yolg‘onchilikka odatlansa, u 
O llohning nazdida kazzoblar (doim o yolg‘on so‘zlovchilar) qatoriga 
yozib q o ‘yiladi», deganlar. B oshqa bir hadislarida «Yolg‘onchilar 
m en in g u m m a tim em as», deya u larni m u sulm onlar q ato rd an
chiqarib q o ‘ydilar.
Hadisi Sharifda shirinso‘zlik bilan yaxshilik o ‘rtasida dialektik birlik 
m avjud b o ‘lib, ular oliy qadriyat sifatida ulug‘lanadi. Aksincha, 
va’dabozlik, om onatga xiyonat qilish va yolg‘onchilik yom onso‘z 
illati sifatida qoralanadi. Ayniqsa, chaqim chilikka nisbatan Islom 
m uo m ala m adaniyatida keskin flkrlar mavjud. Chunki chaqim chilik 
h a r d o im o ‘z qilm ishi biian ak a-uka, yoru-birodar, q o ‘n i-q o ‘shni, 
eru -x o tin va ba’zida esa m ahallalar, yurtlar, m illatlar orasini buzadi. 
S h u n in g u c h u n R a s u lu llo h (s.a .v .) « C h a q im c h ila r ja n n a tg a
kirm aydilar», deb uzil-kesil aytganlar. Aksincha, kishilarning orala- 
rini isloh qilib yarashtirish, xushm uom ala bilan uzilgan rishtalam i 
bog‘lash islom dinida yuksak savob sanaladi.
M a ’lu m k i, d in iy e ’tiq o d k ish ila r u c h u n k a tta tarb iy av iy
aham iyatga ega. U ham m a vaqt kishilarning huquqiy m as’uliyatidan 
ustun kelgan. Diniy g‘oyalarning ta ’siri kuchli bo‘lgan barcha davrlarda 
Islom dini inson m a’naviy kam olotini to ‘g‘ri yo‘lga soluvchi asosiy 
o m illa rd a n biri b o ‘lgan. Shu bois Islom dini h a r bir m o‘m in 
b a n d ad an O llohning yagonaligini tan olishnigina emas, balki inson 
b u tu n h a y o t f a o liy a tid a O llo h n in g iro d a s ig a , M u h a m m a d
Payg‘am barning yo‘l-y o ‘riqlariga b o ‘ysinishni ham talab qiladi.
H adislarda inson m a’naviy kamolotida muomala madaniyati bilan 
bog‘liq barch a diniy m uam m olarga e ’tibor qaratilishi barobarida 
um um bashariy m uam m olarga ham katta o ‘rin beriladi. Boshqa dinga 
e ’tiq o d qiluvchi kishilarni kam sitish, la’natlash, so‘kish va haqorat 
qilish m usulm onchilikda katta g un o h hisoblanashi buning yaqqol 
isbotidir. B uxususda Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Kimki m o‘m inni 
la’natlag‘aydir yokim kofirlikda ayblag‘aydir, uni o ‘ldirgan barobarida 
gunohga qolg‘aydir!»-deganlar1. Shuningdek, kim da kim birovni 
qarg‘asa yoki la’nat aytsa, og‘zidan chiqqan so‘z osmonga qarab
1 Qarang: Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buhoriy. Hadis.
4-kitob. Qomuslar Bosh tahririyati, 1997. 526 b. 95 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


intiladi, undan chiqqan sassiq hidga osm on eshiklari bekilib, chiqib 
ketishga yo‘l topa olm agach, qarg‘ish yoki aytilgan la’nat haq bo‘lsa, 
aytilgan kishiga borib tegadi, agar nohaq boMsa, aytgan kishining 
o ‘ziga uradi - degan hadislar mavjud. Bu Islom dinida m uom ala 
m adaniyati insonparvar g‘oyalar bilan y o ‘g ‘rilganligidan dalolat 
beradi. D arhaqiqat, insonlarning bir-biriga la’nat aytib, qarg‘ashlari 
nokom illik belgisidir. O dam larning og‘zidan chiqqan xunuk so‘zlar 
bevosita haqoratlangan kishilaming jismi va ruhiga o ‘rnashib pirovardida 
o ‘sha odam ning qalbiga singib borishini bugungi zam onaviy fan va 
ta ’limotlar isbotlamoqda (Bu borada ruhiy tahlil falsafasidagi fikrlami 
misol qilib keltirish o ‘rinlidir).
«Shar'iy hukm larda, Q u r’oni Karim va hadislarda o ‘rtaga q o ‘- 
yilgan k o ‘plab axloqiy fazilatlar tizim lari h ar bir m usulm on rioya 
qilishi shart b o ‘lgan burch sifatida k o ‘rsatilgan - deb t a ’kidlaydi 
faylasuf E.Yusupov, - Shariat qoidalariga iym on va e ’tiq o d bilan 
rioya qilish asrlar davom idajam iyatda adolat, halollik, insonparvarlik 
g‘oyalari barqaror turishiga olib kelgan»1. Shu bois Islom da axloqiy 
taraqqiyot va m uom ala m adaniyatining m uhim o m illaridan biri 
bekorchi so‘zlar, g‘iybat gaplar, yom on qiliqlardan uzoq b o lish d ir. 
Bu borada Islom dini yaxshi m uom alani ro ‘yobga chiqarish uchun 
y a x sh i h a m s u h b a t to p is h va u n in g v o s ita s id a m u o m a la n i 
m ustahkam lashni taklif etadi.
Aytish m um kinki, Islom dinida ib o d atn in g m ohiyati ham
yaxshiso‘zlik va yaxshilik e ’tiqodlariga qaratilgan. Til yaxshi-yonion 
gaplarni so‘zlaydi, agar qalb shahvat va g ‘aflat bilan to ‘lgan boMsa, 
bu n i baxtsizlik a lo m a ti, deb bilish lozim . C h u n k i ib o d atd an
ko‘zlangan maqsad — yom onlikdan xoli b o ‘lish. Bu esa o ‘zini til va 
so‘z orqali nam oyon etadi. Islom m anbalarida ushbu masalaga te- 
gishli bir rivoyat keltiriladi. Ya’ni, bir kuni bir yaxshi kishi ko‘chadan 
o ‘tib borayotganida bir necha hayosiz kishilar orqasidan yom on 
so‘zlar ila so‘kib qoldilar. Bu kishi ularning so‘zini eshitadi va qo‘lini 
ko‘tarib: «Yo Rab, bu nodonlarg‘a o‘zing aql bergil va to ‘g ‘ri yo‘lg‘a 
solg‘il!»-deb duo qiladi. Bu holdan xabardor bir kishi so‘raydiki, 
«N im a uchun siz ul kishilarning haqqig‘a yaxshi duo qildingiz?»- 
deb. U kishi: esa «Ey birodar, har kim o 4zida borini berur. M enda 
yaxshilik bor edi, shuni berdim , onlarda yam onlig‘ bor ekan, oni
1 M a’naviy kam olot omillari. Т.: Universitet nashriyoti, 1995. 10 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


berdilar. 0 ‘zingda yo‘q narsani qaydan olib berursan, har kim 
qilganicha to par, yam onning yam onlig‘i o ‘z boshiga etar», - deb 
javob berdi. Bu rivoyat Islom dinining iym on qalbda deb e ’tirof 
etishining real isbotidir.
D arhaqiqat, islomiy m anbalarda iymon qalbdadir deb ta ’kid- 
lanadi. Biroq uni so‘z bilan ifoda qilmasa, foydasi yo‘q. Vaholangki, 
na m o z ham am aldir, u h am m uqaddas so‘zlardan tashkil topgan. 
Inso n «so‘zning aham iyati yo‘q» deyishi bilan o ‘z -o ‘zingni inkor 
etad i. C h unk i shu fikrni ham so ‘z bilan ifoda qilayotganligini bil- 
m ay qoladi.
Y u q o rid ag ilard a n xulosa ch iq arad ig an b o is a k , Islom dini 
insonlam i shirinso‘z b o ‘lishga chaqirishi bejiz emas. Zero, Q ur’onda 
«Bandalarim ga aytgin, ular eng go‘zal b o ‘lgan narsani aytsinlar. 
A lbatta, shayton oralarini buzib turadi» (A1 lsro surasi, 53 oyat)1. 
O lloh m ana shu oyatda m usulm onlam i o ‘zaro suhbatlarida, gap- 
so‘zlarida shirinso‘z b o ‘lishga buyuradi. Agar ular buyruqqa itoat 
etm ay, yom on so ‘zlarni ixtiyor qilsalar, albatta, shayton oralarini 
buzadi va natijada yom onlik va dushmanlik sodir bo‘ladi. Q ur’onning 
B aqara surasi, 83-oyatida esa O lloh aytadiki, “Va odam larga yaxshi 
gaplar ayting”2.
B un d an tash qari, O lloh tao lo kishilarni huda-behuda baqi- 
raverishlarini inkor etadi, aksincha, ularni past ovoz bilan so‘zlashga 
undaydi. Shirinso‘zlikning asosiy sharti ham shuni taqazo qiladi. 
Z ero, garchi chiroyli m aqtov b o ‘lsin, u baqirib aytilsa, xunuk so‘zga 
aylanadi. Islom ovozini baralla q o ‘yib baqirib-chaqirib so‘zlashni 
esa, e sh a k n in g h a n g ra sh ig a o ‘h sh atad i. O llo h k ish ilar bilan 
so‘zlashayotganda, m uom ala qilayotganda ochiq yuzli bo ‘lishni 
b u y u ra d i va q o ‘p o llik d a n q a y ta ra d i. O llo h p ay g ‘a m b a rim iz
M u h am m ad salollohu alayhi vasallamga qarata shunday deydi: 
«O llohning rahm ati ila ularga muloyim b o ‘ling. Agar q o ‘pol, qalbi 
q attiq b o ‘lganinggizda, atrofinggizdan tarqab ketar edilar». (Oli 
im ron surasi, 159-oyat).
Islom dini m usulm onlarga h ar doimo hushm uom ala, shirinso‘z 
b o ‘lishlarini eslatadi, q o kpol va yom on so£zdan tiyilishni aytadi. Hatto
1 Qur’oni Karim. Т.: Cho‘lpon nashriyoti, 1992. 199 b.
2 Qur’oni Karim. Т.: Cho‘lpon nashriyoti, 1992. 12 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


shirinso‘zlikni ibodatdan ustun q o ‘yadi. Bu borada q o ‘yidagi rivoyat 
fikrimizni isbotlaydi.
K unlardan bir kuni payg^m barim iz um m atlaridan biri m ahal- 
lasida istiqomat qiladigan bir ayoldan nolib so‘raydi «Yo, Rasululloh! 
Bizning m ahallada bir xotin bor. K unduzlari ro ‘za tutadi, kechalari 
uyg‘oq, ibodat qiladi. Faqat q o ‘shnilari bilan yaxshi m uom alada 
emas. Ularga xunuk gaplar gapiradi. Bu ayolning fe’l-atvori xususida 
nim a deysiz? - deydi. Shunda Rasuli A kram (s.a.v.): - U xotinda 
hech ezgulik yo‘q. U jahannam ga borg‘uchidir, - deydilar. O dam lar 
orasidagi m uom alada Q ur’on m ana shu odoblarni o ‘rgatadi. Bu 
narsalar hayotda tinchlik va baxt-saodat orzu qilgan har bir jam iyat 
uchun zarurdir.
U m um jahoniy dinlarda m uom ala m adaniyatiga doir fikrlarimizni 
quyidagi jihatlar orqali xulosalash m umkin:
- m uom ala m adaniyatining diniy-axloqiy asoslari m ohiyatan 
insonparvar b o ‘lib, u ilmiy m anbalarga tayanib ish ko ‘radi;
- m uom ala m adaniyatining diniylik shakli dunyoviylik shaklini 
inkor etmaydi, balki uning ko‘rinishlarini uyg‘unlikda rivojlantirishni 
talab etadi.
- diniy-axloqiy asosga ega b o ‘lgan m uo m ala m adaniyatining 
shartlari bevosita axloqning m ezoniy tushunchalari biJan ham ohang 
b o ‘lib, ular bir-birini inkor etmaydi.
- yaxshi so‘z va yaxshi m uom ala o ‘rtasida dialektik aloqadorlik 
mavjud b o ‘lib, uning hosilasi diniy m anbalarning asosini tashkil 
etadi.
- diniy m uom ala m adaniyatida so‘z va so‘zning kuchiga alohida 
e ’tibor qaratiladi, so‘z e ’tiqod q o ‘yuvchilarning najot topishi uchun 
asosiy vosita vazifasini bajaradi.
- u m u m jah o n iy d in la r iym onni q a lb d a deb e ’tir o f qilishi 
barobarida, uni yaxshi so‘z, xushm uom ala bilan ifoda etishni h ar 
tom onlam a yoqlaydi.

Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling