Web-dasturlash fani bo’yicha elektron resurs uchun taqdimot materiallari 6-Ma’ruza. JavaScriptda ma’lumotlar tiplari va o’zgaruvchilar bilan ishlash


Download 0.71 Mb.
bet2/2
Sana09.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1180985
1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza

Web ilova tushunchasi

  • Web-ilovalar bu mijoz-brauzer yordamida server bilan aloqa o'rnatgan mijoz-server dasturidir va web-server server uchun javobgardir. Veb dasturining mantiqi server va mijoz o'rtasida taqsimlanadi, ma'lumotlar asosan serverda saqlanadi, ma'lumot tarmoq orqali almashiladi. Ushbu yondashuvning afzalliklaridan biri - mijozlarning muayyan operatsion tizimiga bog'liq emasligi, shuning uchun web-ilovalar o'zaro faoliyat platformalar xizmatidir.
  • Web-ilovalar 1990-yillarning oxirlari va 2000-yillarning boshlarida keng qo'llanila boshlandi.

Web ilova arxitekturasi

Web dasturlashga kirish va uning asosiy tushunchalari

  • Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanishini veb texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Veb texnologiyalari deganda - veb ilovalar hosil qilish, veb saytlar tashkil qilish, tarmoq va texnologiyalar jamlanmasi tushuniladi. Veb texnologiyalarida quyidagi 3 ta asosiy tushuncha mavjud:
  • Veb sahifa
  • Veb sayt
  • Veb server
  • -Veb sahifa oʻzining unikal adresiga ega boʻlgan va maxsus brauzer dasturlar orqali ochiladigan va koʻriladigan elektron hujjatdir.
  • -Veb sayt bir nechta veb sahifalarning mantiqiy va funksional jihatdan birlashtirilgan sahifalar toʻplami.
  • -Veb server tarmoqqa ulangan kompyuter hisoblanib umumiy resurs va dasturlarni boshqaradi. Veb sahifa va veb saytlar bilan ishlash uchun eng keng tarqalgan texnologiya WWW texnologiyasidir.
  • Umumiy holda veb texnologiyalarni quyidagi sxema koʻrinishida tasvirlash mumkin.
  • 1.1-rasm. Veb texnologiyalarning sinflanishi

WWW ning rivojlanish bosqichlari

  • WWW (World Wide Web) – butun jahon tarmogʻi. Ayni mana shu xizmat Internet bilan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida toʻrtta poydevor mavjud:
  • 1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli)
  • 2. Gipermatn
  • 3. Hujjatlarni koʻrish uchun maxsus dasturlar
  • 4. Yagona manzilni koʻrsatish tizimi Hujjatlarning yagona formati (shakli)
  • Internetning paydo boʻlishi tarixi 60-yillarning oxirida Amerika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projecj Agenci tashkiloti) hisoblash tarmogʻiga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan. 1980 yillar boshlarida ma'lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TCP/IP (Transmissyon Control Protocol / Internet Protocol) ga asos solindi. Taxminan shu vaqtda ma'lum boʻldiki, TCP/IP dan turli milliy va xalqaro darajadagi kompyuter tarmoqlarini bogʻlashda foydalanish mumkin ekan.
  • • 1969- yilda Pentagon mutaxassislari tomonidan Advanced Research Project Agency Network (Arpanet) kompyuter tarmog'i yaratildi.
  • • 1972- yilda Arpanetga AQSHning harbiy bo'lmagan muassasalari ham bu tarmoqqa ulandi.
  • • 1973- yilda Angliya va Norvegiya bilan aloqa kanallari o'rnatildi.
  • • 1977- yilda Arpanetning AQSH ichidagi va rivojlangan davlatlardagi aloqa tarmoqlari bilan qo'shilishi boshlandi. Bu qo'shilish natijasida global kompyuter tarmog'i — Internet vujudga keldi.
  • 1989 yilning oxirida ARPANet mukammal holga yetib keldi, lekin bu vaqtga kelib koʻpgina universitetlar va ilmiy muassasalar Internetga ulangan edilar. 1990 yillar boshlarida korporatsiyalar ham Internetdan elektron pochta orqali ma'lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy Ilmiy fond tijorat maqsadida Internetdan foydalanishni ta'qiqlagan edi. 1991 yilda bu cheklash bekor qilinadi va Internetdan tashkilot, muassasa, nodavlat tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdek, tijorat maqsadida Internetdan keng foydalanila boshlandi (Internet magazinlar, Internet reklamalar va h.k.).
  • Internetda barcha hujjatlar HTML (Hyper Text Markup Language – Gipermatnni belgilash tili) formatida tuziladi. HTML yordamida yozilgan hujjatlarni veb-hujjat yoki veb-sahifa deb atashadi. Birorta foydalanuvchi yoki tashkilotga qarashli boʻlgan, bir-biriga bogʻlangan veb-sahifalar toʻplami SAYT deb aytiladi.
  • Aslida veb-sahifa oddiy matndan iborat va uning fayl kengaytmasi ―*.html yoki ―*.html boʻladi. Matnning oʻlchamini, rangini, shaklini oʻzgartirish uchun HTML teg (belgi)lari qoʻllaniladi. HTML teglari yordamida sahifaga rasm, video oʻrnatish, orqa fon (koʻrinish), musiqaviy ijro va yana koʻp narsalar qoʻshish mumkin. Natijada, oddiy matn chiroyli va qulay ravishda taqdim etiladi.
  • Gipermatn. WWW xizmatining eng inqilobiy qismi gipermatn orqali umuman klaviaturaga tegmasdan, faqat sichqonchaning chap tugmasini chertish yordamida Internetda sayohat qilish mumkin. Gipermatnning asosiy elementi giperkoʻrsatkich – tarmoqdagi boshqa hujjatga koʻrsatkich boʻlib, ular ikki xil: matn va grafik. Koʻrsatkichni aniqlash uchun veb-sahifa koʻrilyatganda sichqoncha belgisi ―qoʻl koʻrinishiga oʻzgarsa, demak sichqonchaning tagidagi element giperkoʻrsatkichdir. Matn koʻrsatkichlar, odatda, oddiy matnlardan ajralib turishi uchun, tagida chiziqchali va boshqa rangda boʻyaladi.
  • Giperkoʻrsatkich. Giperkoʻrsatkichga chertsangiz, huddi sehrli ravishda boshqa sahifaga oʻtasiz. Hech qanday sahifaning manzilini, hech qayerga kiritish shart emas, chunki giperkoʻrsatkich barcha kerakli ma`lumotga ega. Brauzer veb-sahifalarni koʻrish dasturi. Brauzer veb-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi boʻyicha ma`lumotni ekranga chiqaradi. Teglar, oʻzlari, ekranda aks ettirilmaydi. 1993 yilda birinchi veb-brauzer Mosaic paydo boʻldi. Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox, Google Chrome, UC Browser.

Web loyihalash

  • Web loyihalash bugungi kunda web ilovalar yaratishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Har qanday web dasturchi avvalombor web loyihani shakllantirgan holda uning tuzilishi va ishlashini ta’minlaydi.
  • Web loyihalash asosida web dizayn yotadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling