1.1.1.WWW ning tuzilishi
1. Butun olam to`ri Internetning eng innovatsion va eng ko`p ishlatiladigan qismidir. To`r bo`ylab yurar ekansiz, matn, grafika ovoz va videolardan tashkil topgan sahifalarni ko`rasiz. Bir sahifadan ikkinchisiga o`tish uchun gipermurojaatlardan foydalaniladi. Gipermurojaatlardan foydalanish imkonini beruvchi til HTML – Hypertext Markup Language (gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataladi.
2. Tarmoq klient-server modeli asosida ishlaydi. Klientning dasturiy ta'minoti veb brauzer deb ataladi. Server dasturiy ta'minoti mezbon kompyuterda ishlaydi. Tarmoqdan foydalanish uchun avval internet bilan bog`laniladi, so`ng veb brauzer ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |