Web dasturlashdagi asosiy tushunchalar


 URL lar, masalan http://www.zn.uz/books/2057/html


Download 100.17 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi100.17 Kb.
#227209
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat tatu

7. URL lar, masalan http://www.zn.uz/books/2057/html, odatda to`rttagacha qismdan iborat bo`ladi. Birinchi qism http:// foydalaniladigan protokolni aniqlaydi. Ikkinchi qismi odatda www bo`ladi va Internetning qanday resursiga ulanish kerakliligini bildiradi. Uchinchi qismi ancha uzun bo`lishi mumkin (zn.uz) va qaysi serverga ulanish kerakligini ko`rsatadi. To`rtinchi qism serverdagi maxsus papkani, xujjatni, veb saytning bosh sahifasini yoki boshqa resursini bildiradi.

1.1.2. Web saytlarning tuzilishi

1. Bosh sahifa veb saytning birinchi sahifasidir. Veb sayt bitta sahifadan yoki o`nlab va hatto, yuzlab sahifadan iborat bo`lishi mumkin. Oxirgi holda bosh sahifa veb saytning mundarijasi vazifasini bajaradi va veb saytdagi ma'lumotlarni topishni osonlashtirish uchun xizmat qiladi.
2. Bosh sahifada ajratilgan yoki ostiga chizilgan gipermurojaatlar joylashgan bo`ladi. Ular saytdagi boshqa sahifalarga o`tishga xizmat qiladi.
3. Serverda joylashgan va bir-biri bilan bog`langan xujjatlar birgalikda veb saytni tashkil etadi. Bitta serverda har biri alohida sohada (alohida papkada) joylashgan ko`plab saytlar bo`lishi mumkin. Ular bitta vinchesterda ko`plab papkalar joylashgani kabi joylashishadi. Ba'zi veb saytlar juda katta bo`ladi yoki ularga har doim ko`plab murojaatlar bo`ladi. Bunday saytlarni joylash uchun bitta server etarli bo`lmaydi. Bunday hollarda bitta sayt bir necha serverlarga yoki bir necha kompyuterlardan iborat serverga joylanadi.
4. Sayt yaratishda uning har bir sahifasidan orqaga va bosh sahifaga qaytish imkoni ko`zda tutilishi kerak. Bu usul foydalanuvchi uchun juda qulay bo`lib, u sayt ichida adashib qolmaydi. Foydalanuvchi har doim bosh sahifaga qaytib, boshqa yo`nalishda sayt bo`ylab yura oladi.



5. Sayt ichidagi sahifalarning har biri ixtiyoriy boshqa sahifa bilan bog`lana olishi mumkin. Lekin ko`pgina saytlar piramida, ya'ni daraxtsimon ko`rinishdagi tuzilishga ega bo`ladi. Bunday tuzilishga ega saytlarda foydalanuvchi adashib qolmaydi, chunki bunday saytning tuzilishi foydalanuvchi uchun tushunarli va uning saytda adashib qolishi mumkin emas.

Download 100.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling