3-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: web saytlarning tuzilishi. Reja: 1


Download 193.49 Kb.
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi193.49 Kb.
#1043843
  1   2   3
Bog'liq
3-amaliy mashg‘ulot


3-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: WEB saytlarning tuzilishi.

Reja:


1. WEB sahifalar va WWW ning tuzilishi.
2. Web saytlarning tuzilishi


WEB saytlarning tuzilishini o‘rganishda dastlab WEB sahifalar va WWW ning tuzilishini bilish maqsadga muviq.
WEB sahifalar
World Wide Web (Butun olam to`ri) Internetning eng progressiv va ko`p foydalaniladigan qismidir. Siz to`rda yurar ekansiz, undagi multimedia sahifalarini ko`rasiz. Bu sahifalar matn, rasm, ovoz va videodan tashkil topgan gipermatn ko`rinishida bo`ladi. To`r gipermatn orasidagi bog`lanishlardan foydalanadi va bu narsa to`rning bir joyidan ikkinchisiga o`tish imkonini beradi.
Gipermatn ko`rinishidagi Veb sahifalarni ko`rish va ular orasidagi bog`lanishlar imkonini beradigan til HTML – Hypertext Markup Language (Gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataladi. To`r klient-server modeli asosida ishlaydi. Bunda klient kompyuterida ishlaydigan dasturiy ta'minot Web browser (brauzer deb o`qiladi va to`rni ko`rish darchasi, degan ma'noni anglatadi) deb ataladi. Server dasturiy ta'minoti to`rning mezbon kompyuterlarida ishlaydi.
Butun olam to`ridan foydalanish uchun avval kompyuterni internetga ulash va Web browserni ishga tushirish kerak.
WWW ning tuzilishi
1. Butun olam to`ri Internetning eng innovatsion va eng ko`p ishlatiladigan qismidir. To`r bo`ylab yurar ekansiz, matn, grafika ovoz va videolardan tashkil topgan sahifalarni ko`rasiz. Bir sahifadan ikkinchisiga o`tish uchun gipermurojaatlardan foydalaniladi. Gipermurojaatlardan foydalanish imkonini beruvchi til HTML – Hypertext Markup Language (gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataladi.
2. Tarmoq klient-server modeli asosida ishlaydi. Klientning dasturiy ta'minoti veb brauzer deb ataladi. Server dasturiy ta'minoti mezbon kompyuterda ishlaydi. Tarmoqdan foydalanish uchun avval internet bilan bog`laniladi, so`ng veb brauzer ishga tushiriladi.

Download 193.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling