FREELANCERLIKNING KAMCHILIKLARI
Daromadning beqarorligi.Oy davomida katta hajmdagi ishni bajarish, keyinchalik buyurtmalarning ozayishi tufayli daromadning kamayib ketishi.
Yangi buyurtmalarni doimiy ravishda izlash, ularga vaqt sarflash, ba’zan freelance-sayt va reklamalar uchun pul sarflash.
O‘z-o‘zini rag‘ batlantirish va vaqtni boshqarish.
Doimo aloqada bo‘ lish. Internet va mobil aloqaning uzluksiz ishlashini kuzatib borish.
Bilamanki, siz web-freelancing haqida umumiy bilimlarga ega bo'ldingiz!
Agar sizga maqolam yoqsa, layk bosishni unutmang!
WEB-FREELANCE HAQIDA TUSHUNCHA
FREELANCER KIM?
Frilanser (ing. free – bo‘sh; lancer – nayzachi) – erkin ishchi bo‘lib, asosan, bir martalik yoki mavsumiy xizmatlarni bajarish uchun yollangan va buyurtma asosida qaysidir ish yoki xizmatni kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt davomida amalga oshirib beruvchi shaxs.
Frilanserlikning ustunlik jihati – dunyoning istalgan joyidan turib istalgan mamlakatdagi loyiha bo‘yicha haq evaziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatining
mavjudligi.
Frilanser atamasi ilk bor 1819-yilda Valter Skotning «Ayvengo» asarida «o‘rta asr yollanma jangchisi»ga nisbatan qo‘llanilgan.
O‘rta asrlardagi yollanma jangchilar frilanser nomi bilan atalgan.
Ular yuk tashishgan, kerakli odamlarni qo‘riqlagan, janglarda qatnashgan va bajargan ishlari uchun mo‘maygina haq olishgan.
Frilanserlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan kasblar:
jurnalist;
yurist va advokat;
biznes trener;
fotosuratchi, illyustrator;
rassom, arxitektor va muhandis;
loyihalovchi;
reklamachi, marketolog;
kopirayter;
dasturchi;
SEO-mutaxassis;
dizayner;
3D-modellashtirish mutaxassisi;
poligrafiya mahsulotlarini sahifalash va boshqalar .
Do'stlaringiz bilan baham: |