Web Learning Center
Download 18.97 Kb.
|
Mundarija kirish 3 web ilovalarni yaratish tamoyillari. 5 Web sa-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Mundarija kirish 3 web ilovalarni yaratish tamoyillari. 5 Web sayt haqida tushuncha. 5 Html, css, JavaScript va php haqida tushuncha. 7 Web dasturlash o’quv web saytini yaratish. 14 Web saytning strukturasi MUNDARIJAKIRISH 3 WEB ILOVALARNI YARATISH TAMOYILLARI. 5 1.1.Web sayt haqida tushuncha. 5 1.2. HTML, CSS, JavaScript va PHP haqida tushuncha. 7 Web dasturlash o’quv web - saytini yaratish. 14 2.1. Web saytning strukturasi. 14 2.2. Web saytni yaratish. 14 2.3. Foydalanuvchi uchun qo`llanma. 19 Xulosa 22 Foydalanilgan adabiyotlar 23 Ilova 23 KIRISHMavzu Dolzarbligi Hozirgi kunda Web texnologiyalar bilan qiziquvchilar ko`payib bormoqda va teng ravishda Web texnologiyalarga talab ham ortib bormoqda. Hozirda Web texnologiyalarni o`rgatuvchi saytlar juda ko`p va ularning ichidan aniq ma’lumot toppish qiyin bo`lishi mumkin. Web dasturlash o’quv web – saytida Web texnologiyalar bo`yicha ko`plab ma’lumotlar topish mumkin. Web saytning ko`pgina imkoniyatlari va qulayliklarini quyida keltirilgan: Har bir darslik bo`yicha aniq ma’lumotlar va shu mavzu bo`yicha misollar bilan keltirilgan ma’lumotlar keltirilgan. Web sayt dizayni qulay va sodda qilib ishlangan. Web texnologiyalardan bilimi kam bo`lgan inson ham foydalana oladi va o`z bilimlarini mukammallashtirish imkoniga ega. Bu Web saytning eng katta avzalligi darsliklarda keltirilgan misollarni Web saytni o`zida ishlatib kodni tekshirish imkoniyati yaratilgan. Internetning ommaviyligi haqida gapirish o‘rinsiz. Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web-texnologiyalarning inson hayotining ta‘lim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar , … bo‘laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo‘lib, ular matnni formatlash va gipеrko‘rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеr faol xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o‘zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog‘liq bo‘lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so‘rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo‘ladi. Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami bo‘lib, ularni soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to‘ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o‘qitila boshlandi. Download 18.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling