Web-sahifa tuzilishi
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- OL (ordered list)
Bu yerda UL (unordered list) ro‘yxat chegarasini ko‘rsatib, u bir ro‘yxatni ikkinchisidan ajratish uchun xizmat qiladi. LI elementi esa har bir alohida punktni belgilash uchun xizmat qiladi. Bu elementning shablonini quyidagicha ifodalash mumkin:
Nomerlanmagan ro‘yxat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Ruyxatning 1-punkti Ruyxatning 2-punkti Ruyxatning 3-punkti Nomerlangan ro‘yxat OL (ordered list) esa quyidagicha hosil qilinishi mumkin: Uning tuzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ushbu ro‘yxat bo‘yicha aniqlanilgan ro‘yxat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: I. 1-Punkt II. 2-Punkt 34 III. 3-Punkt IV. 4-Punkt Uning uchun tashqi teg OL ishlatiladi. Ro‘yxatning har bir punktining nomerlashuvi type atributi yordamida beriladi: Atribut qiymati Nomerlashtirishning ko‘rinishi type=“1” 1, 2, 3, 4, . . . type=“i” i, ii, iii, iv, . . . type=“I” I, II, III, IV, . . . type=“a” a, b, c, d, . . . type=“A” A, B, C, D, . . . Bundan tashqari ro‘yxatni nomerlashning boshlang‘ich qiymatini berishga imkon beradigan atribut ham mavjud: start=nomer Masalan, agarda harflardan iborat nomerlash ishlatilgan bo‘lsa, u holda start=3 nomerlashtirish S dan boshlanishi kerakligini bildiradi. Bundan tashqari LI elementi uchun ro‘yxat joriy punkti nomerini ham aniqlashga imkon beradigan quyidagi atributni ishlatish mumkin: value=nomer Natijada ro‘yxatning keyingi punktlari ham tegishli nomerlarga ega bo‘ladi. Agarda value atributi LI elementi ro‘yxatining birinchisi uchun ishlatilsa, u holda u xuddi start atributi ta’sirini beradi. Lekin value atributi orqali ro‘yxatning boshqa elementlari qayta aniqlanilsa, u holda nomerlar ketma-ketligi buziladi. Misol sifatida value=3 bo‘lgan holdagi quyidagi ro‘yxatni keltirishimiz mumkin: III.1-punkt IV.2-punkt V.3-punkt VI. 4-punkt Aniqlanishlar bilan berilgan esa ro‘yxatlar (definition list) quyidagi uch xil ko‘rinishdagi teglar orqali hosil qilinadilar:
35 Bunday teglar orqali aniqlanishlar bilan berilgan ro‘yxatlarga quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: 1-punkt 1-punktning aniqlanilishi 1-punktning boshqacha aniqlanilishi 2-punkt 2-punktning aniqlanilishi 3-punkt 3-punktning aniqlanilishi Ro‘yxatning har bir punkti DD tegi yordamida bir yoki bir necha matnlar bloki bilan to‘ldirilishi mumkin. Har bir blok avtomatik ravishda yangi qatordan boshlanadi. Ro‘yxatlarda joylashtirilgan abzaslar punktlarga qo‘shimchalar yoki uni tushuntirishlar bo‘lishi mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan, agarda punktlarni sahifa nomlari desak, uning aniqlanuvi bu sahifa nomiga tegishli ixtiyoriy matn deya olamiz. Murakkab ro‘yxatlarni hosil qilishning keyingi usuli ro‘yxatlar punktlarining bir-birining ichiga qo‘yilish holatidir. Ro‘yxatning biror bir punktini aniqlovchi har bir element o‘z tarkibiga boshqa ro‘yxatlarni ham olishi mumkin. Ro‘yxat ichidagi ro‘yxat yuqori darajadagi ro‘yxat punktlaridan o‘ngga tomon biroz surilgan bo‘ladi. Har bir ro‘yxatni alohida holda tuzish va keyin ularni birlashtirib, katta ro‘yxat olish ham mumkin. Agarda ro‘yxatning tuzilishi aniq bo‘lsa, shablondan foydalanish juda qulay. Bu shablonda barcha darajalardagi ro‘yxatlarning hamma punktlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Quyidagi misolda shunday shablon berilgan:
36
Ushbu shablonda nomerlangan ro‘yxatlar nomerlanmagan ro‘yxat punktlari ichida joylashtirilgan. Buni quyida ko‘rishingiz mumkin: 1-punkt 1. 1.1 punkt 2. 1.2 punkt 2 punkt 1. 2.1 punkt 2. 2.2 punkt 3 punkt 1. 3.1 punkt 2. 3.2 punkt Stillar jadvallarida ro‘yxatlar uchun maxsus xususiyatlar ko‘zda tutilgan. Masalan, HEAD sahifasi seksiyasida ro‘yxatning dumaloq ko‘rinishdagi markerlar (circle) ishlatilgan stilini quyidagicha aniqlash mumkin: Bu holda BODY seksiyasida dumaloq ko‘rinishdagi markerlar ishlatilgan ro‘yxat quyidagi ko‘rinishda tashkil qilinishi mumkin:
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling