Web-sahifa tuzilishi
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob
8. Rasm qo‘shish
elementi grafik fayllarga ilovalar hosil qilish uchun ishlatiladi (image). U oxirgi tegga ega emas va uning uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar atributlar orqali beriladi. Ushbu element universaldir, chunki uning yordamida tasvirlarni giper ilovalarda ishlatish mumkin, jadvallarga rasmlar ham qo‘yish mumkin, Web sahifaga turli xil rasmlar joylashtirish mumkin, markerlar hosil qilish mumkin, dizayn masalalarini hal qilish mumkin va shunga o‘xshash bir qancha ishlarni amalga oshirish mumkin. Bunda eng zaruriy atribut src atributi bo‘lib, u grafik ko‘rinishdagi faylini anglatadi: src=“Faylga ilova” Ushbu faylga ilova URL ni bildiradi. Ba’zi hollarda foydalanuvchiga biror-bir Web sahifani yoki sahifalar to‘plamini alohida papkaga nusxalab olish kerak bo‘lib qolishi mumkin. HTML-fayllarni nusxalashni brouzerning o‘zi amalga oshiradi, lekin rasmlarni nusxalash uchun oldin ularni kesh papkasidan topish va kerakli papkaga nusxalash kerak. Undan so‘ng esa src ning barcha atributlarini o‘zgartirib, unga yangi yo‘lni ko‘rsatish kerak. Eng foydali atributlardan biri alt atributidir va u matnni rasm joylashtirilishi kerak bo‘lgan joylarga chiqaradi (ya’ni sahifaga yuklanayotgan rasm o‘rniga vaqtincha uning nomi chiqariladi). Chunki ba’zi paytlarda grafik fayllar juda sekin yuklanadilar, shuning uchun ham foydalanuvchi uning qanday rasm ekanligini alt atributi yordamida uning o‘rniga vaqtincha chiqariladigan matndan bilib olishi mumkin. Quyida buni tushuntirish uchun bir qancha misollar keltirilgan: alt=“My photo” – fotolar uchun; alt=“SEND” – agarda tugmacha rasm ko‘rinishidagi yozuvlarga ega bo‘lsa; alt=www.Adres.edu – agar u giper ilova bo‘lsa; alt=“picture3.gif” – sahifani yaratuvchiga juda qulay bo‘lgan ko‘rsatma. Rasm ko‘rsatiladigan maydonning o‘lchamlari (balandligi va kengligi) ni Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling