Mavzu: Dunyoqarash tushunchasi va uning tiplari


Download 122.99 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi122.99 Kb.
#1114445
Bog'liq
MUSTAQIL ISH 1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Falsafa” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Dunyoqarash tushunchasi va uning tiplari.
Bajardi: Korporativ boshqaruv fakulteti
BDA-62 guruh talabasi
Boynazarov Uchqunbek
Tekshirdi: Sultonov Tursunboy
Toshkent 2022

Reja:


1.Hayotdagi eng muhim narsa. 2.Dunyoqarash nima?
3.Dunyoqarash shakllari.
.
  • Hayotdagi eng muhim narsa
  • Hayotimizda biz uchun eng muhim narsa nima ekanligini bilasizmi? Bu bizning dunyoqarashimiz ekanligini kam odam tushunadi. Butun dunyo bizning boshimizda, shuning uchun bizning dunyoqarashimiz bizning hamma narsamizdir. Insonni dunyoqarashidan mahrum qilish, undan Olamni tortib olish demakdir. Dunyoqarashni yo'qotish bilan biz barcha qadriyatlarimizni yo'qotamiz. Ajablanarlisi shundaki, ko'pchilik o'z dunyoqarashining sifati haqida deyarli o'ylamaydi.
  • Hayot biz tomon yuradigan eskalatorga o'xshaydi, agar biz oldinga bormasak, u bizni orqaga tashlaydi. Harakatsiz rivojlanish bo'lmaydi. Bekor odam soqov va semiz bo'lib qoladi, bahs-munozara va janglarda qatnashgan kishi esa tez aql va chaqqon tanaga ega bo'ladi. Bizning barcha yutuqlarimiz boshdan boshlanadi, shuning uchun dunyoqarash harakatga ko'rsatma sifatida bizning hayot davomida maqsadli harakatimizni belgilaydi.
  • Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi.
  • Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir- birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir- birini rivojlantiradi.
  • D. markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta amaliy maʼno kasb etadi. Bu dunyoda hamma o'zini anglash kerak va dunyoni anglash kerak.
  • Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
  • Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi.
  • Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.
  • Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Xudo yoki Xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
  • Falsafa (yunoncha doonishlikni sevish», «sevaman» va «donolik») — eng umumiy fan (nazariya),

  • dunyoqarash shakllaridan biri bo’lib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.
  • FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. Manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 122.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling