Web-sahifa, Web-sayt, Web-server Internet tehnologiyasi haqida 10
Download 143.65 Kb.
|
web texnologiyalari kurs ishi fatxullo
2. Tarmoq klient-server modeli asosida ishlaydi. Klientning dasturiy ta'minoti veb brauzer deb ataladi. Server dasturiy ta'minoti mezbon kompyuterda ishlaydi. Tarmoqdan foydalanish uchun avval internet bilan bog`laniladi, so`ng veb brauzer ishga tushiriladi.
3. Veb brauzerda siz ko`rmoqchi bo`lgan resursning URL ini yozasiz yoki bu resursga tegishli gipermurojaatni tanlaysiz. Resurslarning joylashgan o`rni nomlari URL lardir. Sizning veb brauzeringiz URL li talabnomani HTTP (Hyper Text Transfer Protocol – gipermatnni uzatish protokoli) yordamida veb serverga uzatadi. Bu protokol veb brauzer va veb serverni bir-biri bilan bog`lash yo`lini aniqlaydi. 4. Veb server talab qilingan sayt, xujjat, ob'ekt yoki boshqa resursni qidirib topadi va uni klient kompyuteridagi veb brauzerga jo`natadi. qabul qilib olingan resurs klient kompyuteri ekranida veb brauzerda aks etadi. Shu bilan HTTP bog`lanish yopiladi va keyin yana qayta ochilishi mumkin. 5. HTTP yordamida veb serverga kelgan talabga ko`ra veb server qanday resurs so`ralayotgani va uning qaerda joylashganini aniqlab oladi. 6. Talabnoma Internetga jo`natiladi. Internetdagi marshrutizatorlar bu talabnoma qaysi serverga jo`natilishi kerakligini topadi. URL da http:// dan keyingi ma'lumot resurs qaerda joylashganligini bildiradi. Unga asosan marshrutizatorlar talabnomani kerakli serverga jo`natadi. 7. URL lar, masalan http://www.zn.uz/books/2057/html, odatda to`rttagacha qismdan iborat bo`ladi. Birinchi qism http:// foydalaniladigan protokolni aniqlaydi. Ikkinchi qismi odatda www bo`ladi va Internetning qanday resursiga ulanish kerakliligini bildiradi. Uchinchi qismi ancha uzun bo`lishi mumkin (zn.uz) va qaysi serverga ulanish kerakligini ko`rsatadi. To`rtinchi qism serverdagi maxsus papkani, xujjatni, veb saytning bosh sahifasini yoki boshqa resursini bildiradi. Web saytlarning tuzilishiDownload 143.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling