Web serverlar


Download 93.76 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2020
Hajmi93.76 Kb.
#123089
  1   2
Bog'liq
web server




WEB SERVERLAR

WEB SERVERLAR

Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi.
Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi. Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi.
Server dasturiy ta'minotining har xil turlari, masalan ma'lumotlar ombori serveri, FTP serveri, tarmoq serverlari mavjud. Xususan, web server HTTP serverining bir turi bo`lib, uning vazifasiga klient kompyuterlariga HTTP protokoli yordamida turli ma'lumotlarni jo`natish kiradi.
Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi talablarni qo`yadi. Server bunday talablarni olgach, unga javob beradi. Bu javobning boshida uzatish haqida ma'lumot, qolgan qismi HTML fayldan iborat bo`ladi.
Albatta, web serverlar sahifalarni web brauzerga uzatishdan boshqa ishlarni ham qiladi. U web sahifadagi CGI stsenariylarini mos CGI ilovalariga uzatadi. Bu stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari, web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar.

Web server dasturiy ta'minoti

1) Klient kompyuteri dasturi (brauzer) serverga kerakli ma'lumot haqida talabnoma yuboradi. Bu talabnoma web server tomonidan qayta ishlanadi.


Yagona IP manziliga ega mezbon kompyuterda bir necha turdagi serverlar joylashgan bo`lishi mumkin. Shu sababli bitta kompyuterga joylashgan turli serverlar kompyuterning turli kirish portlaridan foydalanadilar. Kirish portallari 0 dan 65535 gacha raqamlab chiqilgan bo`ladi. Mezbon kompyuterlar IP manzilidan tashqari domen (soha) nomlariga ega. Bu nomlarga mos keladigan IP manzillarni aniqlash uchun DNS (Domain Name System – domen nomlari tizimi) dan foydalaniladi.



2) Brauzer yuborgan talabnomalar zarur hujjatlarning formatini belgilab beradi. Agar web brauzer HTML faylni so`rasa, bu fayl bevosita web brauzerga jo`natiladi.
3) Agar web brauzer boshqa formatdagi, masalan ma'lumotlar omboriga tegishli ma'lumotni so`rasa, bu talabnoma CGI orqali tegishli ilovaga uzatiladi. CGI stsenariyi orqali topilgan yoki qayta ishlangan ma'lumotlar serverga qaytariladi. Server esa ularni brauzerga uzatadi.
4) Odatda har bir server oldindan aniqlangan kirish portidan foydalaniladi. Bu portlarning nomerlari quyidagicha bo`lishi mumkin. (raqamlar 16 lik sanoq sistemasida keltirilgan):

  1. HTTP server – # 80.

  2. FTP server – #21.

  3. Gopher server – #70.

  4. Telnet server – # 23.

  5. Usenet server – # 119.

  6. WAIS server – # 210.

Web sahifa va ma'lumotlar ombori

Butun olam to`rining eng foydali imkoniyatlaridan biri to`rda ma'lumotlarni qidirishdir. Ma'lumotlarni qidirishda web serverlardagi ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Qidiruv saytlariga serverdagi ma'lumotlar omboriga kirish nuqtalari deb qarash mumkin. Bu saytlarda sodda yoki o`ta murakkab qidiruv kriteriylarini yaratib, qidiruvni boshlash mumkin.


Dunyodagi eng katta va eng ko`p foydalaniladigan qidiruv tizimi Yahoo web saytida joylashgan. Uning birinchi sahifasi qidiruv uchun mo`ljallangan darchadir. Siz o`zingiz izlayotgan ma'lumotga oid kalit so`zni kiritasiz va qidiruvni boshlaysiz. Bunga javoban, server o`z ma'lumotlar omboridan bu kalit so`z uchragan barcha saytlar ro`yxatini sizning kompyuteringizga yuboradi.

Tarmoq nafaqat ma'lumotlar omboridan ma'lumot qidiradi. U bunday ma'lumotlar omborlarini yaratadi va ularni ma'lumotlar bilan to`ldirib boradi. Web serverlarda ma'lumotlar ombori bilan ishlash CGI (Common Gateway Interface –umumiy shlyuz interfeysi) orqali amalga oshiriladi. Bu interfeys yordamida sodda yoki o`ta murakkab ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarini ishlatish va ular bilan ma'lumot almashish mumkin.


Download 93.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling