Web 2.0 termini qaysi yillarda muomalaga kiritilgan?
#2005-2006
Quyidagilarning qaysi biri Web 2.0 hizmatlariga kiradi?
#Calameo
Texnik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasining maqsadi quyidagilarning qaysilaridan iborat:
1. o’quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni iqtisodiy asoslash;
4. kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash.
#1, 4
... – bu o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir.
#Pedagogik texnologiyalar
... – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi.
#Ta’lim texnologiyasi
Ta’lim muassasalarida dars berishning noan’anaviy metodlariga qaysilar kiradi?
#Dars - ma’ruza, dars - seminar, dars - munozara, dars - konferensiya, dars - musobaqa, mustaqil ish darslari
... – axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta’lim muxiti yordamida o’quv axborotlarini almashinishni ta’minlaydigan va o’quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko’nikmalarni egallash jarayoni.
#Masofaviy ta’lim.
“Informatika o’qitish metodikasi” fanida qanday asosiy masalalar ko’riladi va hal etiladi? 1.Informatika va AT fanini o’qitishning maqsad va vazifalari; 2.Informatika va AT fani mazmuni; 3.O’quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil etishi kerakligi; 4. Informatikadan o’quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o’quvchilarga etkazilishi kerakligi; 5.Iinformatikadan o’quv materialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerakligi.
#1,3,4,5
“Informatika va axborot texnologiyalari” kursining dasturiy ta’minoti necha turga bo’linadi?
#2
Informatika kursining dasturiy ta’minoti quyida keltirilgan qaysi vositalar kompleksidan tashkil topadi? 1. tayanch dasturiy ta’minoti; 2. amaliy dasturiy ta’minot; 3. pedagogik dasturiy vositalar; 4. elektron darsliklar.
#1, 3
Informatikani o’qitishda qaysi tamoyil o’rganilayotgan masalalarni yuzaki qarash yoki unga oid ma’lumotlar soni bilan emas, balki masalaning mohiyatiga chuqur kirib borish bilan belgilanadi?
#Ilmiylik
Informatika o’quv predmeti bir-biriga bog’liq bo’lmagan faktlar va ta’riflar yig’indisidan emas, balki o’quvchilar oldida aniq ketma-ketlikda ochib beriladigan bilimlar majmuasidan iborat bo’lishi lozim. Buni qaysi tamoyil orqali amalga oshirish mumkin?
#Tizimli va izchil bayon qilish
Har hil ilmiy mazmunni bayon qilishda o’quvchining yoshi, rivojlanishi va mavjud vaqt qat’iy hisobga olinishi lozim bo’lgan qaysi tamoyil ko’p yillik o’qitish amaliyoti tomonidan ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqadi?
#Tushunarlilik
Qaysi tamoyilga ko’ra o’quvchilar miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va tushunchalar bevosita o’rganilayotgan predmet, masalan, kompyuterdan olinadigan idrokiga asoslangan bo’lishi lozim?
#Ko’rgazmalilik
Do'stlaringiz bilan baham: |