Website: econferenceseries com 26
Download 0,72 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Website
- Annotatsiya
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11 th November, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 26 | P a g e BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ESTETIK QARASHLARINI SHAKLLANTIRISH Temirova Matluba Karim Qizi Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: temirovamatluba6@gmail.com, tel: +99899-679-17-36 Annotatsiya: Mazkur maqolada estetik tarbiya, o‘quvchilar estetik qarashlarini shakllantirish, o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish, hodisa va jarayonlarni o‘rganishda bog‘lanishlar mexanizmini yaratish, tabiiy fanlar bo‘yicha avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llashi orqali o‘quv materialini ongli o‘zlashtirish, fanlarni o‘qitishda ta’lim mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni o‘rganuvchi turli o‘quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida yoritilgan. Tayanch so‘zlar: boshlang‘ich sinf, estetik tarbiya, tabiiy fanlar, jismoniy tarbiya, ma’naviy qadriyatlar, ekologik mutanosiblik, tabiatdan foydalanish, tabiatni asrash, jamiyat atrof-muhit, inson va tabiat. Kirish. Har bir o‘quvchi estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va uni yaxshi, zo‘r shavq - zavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida mustahkam bog‘lanish bor. Kishining mustahkam sog‘ligi, jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi [1]. Ko‘pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari o‘quvchining ijodiy faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va ulardagi estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan. Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan birga qo‘shib olib borish kerak degan xulosaga olib keldi [2]. Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli - “Ko‘rinadigan” va “Eshitiladigan” narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko‘rinishi, Download 0,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling