William Shakespeare talaffuzi


Download 211.07 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi211.07 Kb.
#1184090
Bog'liq
William Shakespeare


William Shakespeare (talaffuzi: Uilyam Shekspir; 26-aprel 1564-yil – 23-aprel 1616-yil) — ingliz dramaturgishoir va aktyor, dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri, kamida 17 ta komediya, 10 ta xronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonetdan iborat siklning muallifi. Taxminan 1585-yilda ona shahri Stratford-upon-Avonni tark etib, birmuncha fursatdan soʻng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Shakespearening 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati toʻgʻrisida biror maʼlumot yoʻq. Ammo u oʻzining „Lordkamerger xizmatkorlari“ truppasi uchun (mazkur truppa James I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pyesalar yozishda davom etgan. Shakespearening adabiy merosi sheʼriyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan „Venera va Adonis“ (1593) hamda Rim tarixiga oid „Lukretsiya“ (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600-yillarda yozilgan „Sonetlar“ Shakespearening Uygʻonish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini koʻrsatdi. Jahon lirikasining buyuk namunalari qatoridan oʻrin olgan Shakespeare sonetlari mavzu jihatidan 2 guruhga ajraladi: dastlabki 126 sonet shoirning yaqin doʻstiga bagʻishlangan boʻlsa, 127—152-sonetlarda lirik qahramonning bevafolik qilgan mahbubaga nisbatan muhabbat tuygʻusi va iztiroblari tasvir etilgan. Shakespeare yana bir necha dostonlar ham yozgan boʻlsada, ularning muallifi masalasi hamon bahslidir.
Shakespeare asarlarining nashr sanalari ularning na yozilgan va na sahnaga qoʻyilgan vaqtiga toʻgʻri keladi. Shakespeare bir necha qismdan iborat asarlarining avval 2—3-qismlarini, keyin 1-qismini yozgan paytlar ham boʻlgan. Shuning uchun adabiyotshunoslar Shakespeare ning dramaturgik ijodini 4 davrga boʻlib oʻrganishni maʼqul koʻradilar: 1-davr — 1590-94, 2-davr 1594-1600, uchinchi davr 1600-1608, toʻrtinchi davr 1609-1613-yillar. Shakespeare dramaturgik ijodining 1-davrida doston, ilk tragediya („Tit Andronik“) va komediyalar („Xatolar komediyasi“, „Qiyiq qizning tiyilishi“)dan tashqari, „Henry VI“ (2-qism, 1590), „Henry VI“ (3qism, 1591), „Henry VI“ (1-qism, 1592), „Richard III“ (1593) ilk xronikalarini yozgan. 2-davrida „Richard II“ (1595) „xronikasi bor.

Download 211.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling