4. WINDOWS operatsion sistemasining “Bosh” menyusidan foydalanish.
“Bosh” menyusini chaqirish uchun “sichqoncha”ni chap tugmasi bosiladi yoki klaviaturadagi maxsus tugmalardan foydalaniladi.“Bosh” menyu quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-dasturlar menyusi-kompyuterdagi dasturlarni bir zumda ishga tushirishga xizmat qiladi;
-xujjatlar menyusi-xujjatlar ruyxatini saqlash;
-sozlash menyusi-sistema, printer, masalalar paneli parametrlarini sozlaydi;
-izlash menyusi-fayl va papkalar, lokal tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish;
-ma’lumotlar menyusi-WINDOWS 95 operatsion sistemasining ma’lumotlar sistemasini chaqirish;
-bajarish menyusi-buyruqlar satri bilan dasturni ishga tushirish yoki papkani ochish;
-ishni yakunlash menyusi-kompyuterni o‘chirish yoki qayta yuklash.
Ma’lumotdar sistemasi.
Ma’lumotlar sistemasini ochish uchun “Bosh” menyudan ma’lumotlar buyrugi tanlanib, “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.Ma’lumotlar sistemasi oynasida uchta zakladka (xatcho‘p) mavjud.
1-probel-“Bo‘limlar” (ma’lumotlar sistemasidagi bo‘limlar ruyxatini ko‘rish). Bo‘limlarni ochish, tanlangan mavzu bo‘yicha axborotlarni ko‘rish.
2-probel-“Mazmuni bo‘yicha” (ma’lumotlar sistemasidagi maqolalar ro‘yxatini alfavit tartibida chi=arish).
3-probel-“Izlash” (kerakli maqolani so‘z bilan qidirish).
5. “Dasturlar”, “Xujjatlar”, “Sozlash menyusi”.
Kompterdagi dasturlarni tezda ishga tushirib yuborish uchun “Standart” dasturlar guruxi ko‘p qo‘llaniladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
-PAINT grafik muxarriri-rasm mazmunidagi fayllarni ko‘rish, hosil qilish va taxrirlash uchun qo‘llaniladi;
-Word Pad matn muxarriri-kichik xajmdagi xujjatlarni terish, taxrir qilishda ishlatiladi;
-kalkulyator-arifmetik xisoblashlar uchun (oddiy, muxandislik rejimida);
-bloknot-matn muxarririga sodda va qulay murojaat qilish (ko‘p xollarda kichik xujjatlar) uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |