Sichqonchani sozlash:
Sichqonchani sozlashda uning tezligini, sichqoncha ko’rsatkichini ko’rinishini, necha marota bosilganda kompyuter qabul qilishi, chap va o’ng tugmalarini o’rnini almashtirish va yana bir qancha imkoniyatlarini o’zgartirish mumkin.
Кнопки мыши oynasiga kirib, sichqoncha tugmalarini o’rnini o’zgartirish mumkin. Misol uchun, chap qo’lda yozadiganlar o’zlariga qulay bo’lishi uchun chap va o’ng tugmalarning vazifasini bir-biri bilan almashtirishi mumkin.
Параметры указателя bo’limi orqali sichqoncha tezligini va soyasini o’zgartirish mumkin.
Указатели bo’limida sichqoncha ko’rsatkichining ko’rinishini o’zgartirish mumkin.
Оборудование bo’limi orqali sichqoncha haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.
Kerakli sozlashni amalga oshirib bo’lganimizdan so’ng, OK bo’limi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |