Windows-xp operatsion tizimining ish stoli Reja


Download 100.5 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1351505
Bog'liq
Windows-xp operatsion tizimining ish stoli


Aim.uz

Windows-xp operatsion tizimining ish stoli
Reja:

  1. WINDOWS-XP umumiy ma’lumoti

  2. Opertsion tizimning ish stoli

  3. Yorliqlar haqida tushuncha

Windows-XP ish stolida tizim ilovalarining rasmchalari (znachoklar) va belgilari (yorliklar) joylashgan. Tizimning standart urnatilishida bu quyidagi ilovalardir: «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim), «Setevoye okrujenie» (Tarmoq muxiti), «Korzina» (Savat), «Vixod v Internet» (Internetga chiqish). Lekin Siz, xurmatli o’quvchi, zaruriyatga qarab, ish stolida foydalanayotgan ilovalaringiz yorliklarini chiqarib olishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini stolning ixtiyoriy bo’sh joyiga olib borib, sichqonchaning ung tugmachasini bosish zarur. Namoyon bo’lgan buyruqlar ro’yxatida «Sozdat`» (Yaratish) buyrug’ini tanlab, navbatdagi paydo bo’lgan ro’yxatda «Yarlik» (Yorlik) qatorini bosing. Ekranda «Sozdanie yarlika» (Yorlikni yaratish) savol-javob oynasi namoyon bo’ladi, unda «Obzor» (Ko’rib chiqish) tugmachasini faollashtirish kerak va paydo bo’lgan jildlar va fayllar ro’yxati ichidan kerakli ilovaning buyruq faylini topish zarur. 5.2-rasmdagi oyna paydo bo’lgandan keyin, agar kidirilayotgan element to’g’ri bo’lsa «Dalee»


(Keyingi) tugmachasini bosish kerak.

Keyingi oynada «Gotovo» (Tayyor) tugmachasini bosing. Shu yerning o’zida belgining nomini o’zgartirish mumkin. Natijada belgi tayyor bo’ladi.
Agar ish stoli turli Ilovalar va Dasturlar belgilari bilan tulib ketsa, uni «tozalash» mumkin. Buning uchun ko’rsatkichni ortikcha elementga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosish hamda tugmachani qo’yib yubormasdan, ko’rsatkichni «Korzina» (Savat) ustiga siljitish zarur, «Korzina» (Savat)ning ustida sichqonchaning tugmachasini qo’yib yuboring. Bu amal bilan Siz ortikcha belgini «Korzina»ga (Savatga) olib tashlaysiz. Agarda vaqt utgan sayin «Korzina» (Savat) yangi fayllar va jildlar bilan tulib borsa, uni xam tozalash mumkin. Buning uchun «Korzina» belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak. Bunda 5.3-rasmda ko’rsatilgan ish oynasi paydo bo’ladi.
«Korzina«ni tozalash uchun «Fayl» menyusidagi «Ochistit` korzinu» (Savatni tozalash) buyrug’i ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing.

Тayanch so’z va iboralar: Operatsion tizim, ish stoli, yorliqlar, (USB), masalalar paneli.


Savol va topshiriqlar
1 . WINDOWS-XP dasturining ish stolida nimalar joylashgan?
2. Znachok deb nimaga aytiladi?
3. «Yarlik» (Yorlik) nima? U qanday tashkil etiladi?
4. Ish stolidan ilovaning belgisi qanday olib tashlanadi?
5. «Korzina»(Savat) qanday tozalanadi?

Aim.uz



Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling