Word, Excel, Acces,Power,Point, Front Rage, Buxgalteriya 1S


Download 16.47 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi16.47 Kb.
#1775283

So’z boshi


Ushbu ma’ruza matnlari iqtisodiy yo’nalishda ta’lim berayotgan O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiyot yo’nalishidagi universitet va institutlarda o’qitiladigan ,,Informatika va axborot texnologiyalari “ faniga bag’ishlangan bo’lib, unda kompyuterlashtirish umumiy yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan kontseptual masalalar,iqtisodiy masalalarni qo’yish va ularni kompyuter yordamida yechish muammolari,algoritmik tillarda dasturlar tuzish masalalari, zamonaviy katta va shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi va ishlashi, ularning tizimli va amaliy dasturiy ta’minoti xamda ushbu amaliy dasturlarda ishlash, informatsiya uzatish tarmog’i xususiyatlari va unda ishlash, intellektual va ekspert tizimlar tuzilishi va ularning asosiy turlari kabi asosiy masalalar ko’rib chiqiladi.Talabalar bu kursni tugallangandan so’ng, moliya-kredit va iqtisodiy sohalardagi dasturiy-texnik vositalar,Windows, Word, Excel, Acces,Power,Point, Front Rage, Buxgalteriya 1S, bank ishi,soliq, sug’urta va shunga o’xshash dasturlarda ishlash,Internet tizimida ishlay olish xamda iqtisodiy yo’nalishdagi amaliy masalalarni yecha olish va mavjud hisoblash tarmoqlaridagi dasturlarda ishlay olish ko’nikmalarini xosil qiladilar. Talabalarning olgan bilim va ko’nikmalari keying, yuqori kurslarda o’tiladigan boshqa fanlarni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. “Informatika va axborot texnologiyalari” kursi bir tomondan “Modellashtirish”, “Oliy matematika “ va “Matematik programmalash” fanlarning fundamental nazariyasiga asoslangan bo’lib, ularga uzviy bog’liq ravishda o’tiladi.Ikkinchi tomondan u barcha moliya-iqtisodiy fanlari uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Talabalar ushbu kursdan to’laqonli saboq olishlari va bu fanni yaxshi o’zlashtirishlari uchun ular maktab progmmasi miqyosida kompyuter haqidagi bilimlarga ega bo’lishlari lozim. Ya’ni kompyuterning tashqi qurilmalari, programmalashtirish asoslari, algoritmlashtirish va algoritmlar tuzish, blok-sxemalar bilan ishlash, biror-bir tilda programma tuza olish va ushbu programmalarni kompyuterga kiritish va ularni sozlash, kompyuterning qo’shimcha qurilmalarining ishini tushunish kabi maktab programmasiga oid bilimlarni o’zlashtirib olishlari lozim. Talabalar “Informatika va axborot texnologiyalari” kursini o’rganish jarayonida har bir ma’ruza mavzusi bilan uzviy ravishda bog’langan va uning amaliy jihatlarini atroflicha tushunishga imkon beradigan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ta’lim oladilar. Ular ushbu mashg’ulotlar davomida informatika fani bilan bog’liq dasturiy- texnik vositalarni, amaliy dasturlarni, sistemaviy dasturiy ta’minot komponentalarini, informatsiya uzatish, qabul qilish va qayta ishlash tizimlarini hamda dasturlashtirish usullarini atroflicha o’rganib puxta o’zlashtiradilar va keying yuqori kurslarda ta’lim olish uchun malaka orttiradilar.Talabalar amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazish jarayonida xususiy kompyuterda va uning asosiy dasturli vositalarida ishlashni o’zlashtirib olishlari lozim. Fan bo’yicha ajratilgan auditoriya soatlarining ko’pgina qismi laboratoriya s T
Download 16.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling