Word matn muharriri, uning imkoniyatlari va hujjatlarni tahrirlash ko’nikmalarini hosil qilish Reja kirish mavzuni dolzarbligi, ishning maqsadi, vazifasi asosiy qism i-bob Microsoft word matn muharriri haqida
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi va amaliy ahamiyati
Download 1.82 Mb.
|
Word matn muharriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining o’rganilishi darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
- maqsad va vazifalar
- Bitiruv ishining tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi va amaliy ahamiyati. Word matn muharriri, uning imkoniyatlari va hujjatlarni tahrirlash ko’nikmalarini hosil qilish mavzusida o‘qitishda og‘zaki bayon etish, savol-javob hamda amaliy ishlarni tashkil etish va kо‘rgazmalilik usullaridan foydalaniladi. Maktabda o’quv kursining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, dars jarayonida o‘qituvchi uning imkoniyatlari va tahrirlash haqida o‘quvchilarga og‘zaki ma’lumotlar berib, amalda uni bajarib ko’rsatib beradi. Bu og‘zaki bayon etish metodida talqin etilib, o‘qituvchi darsning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda dars mazmunini og‘zaki va amaliy bayon etish uslubida amalga oshiradi.
Informatika darsi o‘z xarakteriga ko'ra, har bir dars materialini ko‘rgazmalar vositasida, ko‘rgazmali o‘qitish uslubiyotida amalga oshiradi. O‘qituvchining ko‘rgazmalilik uslubida amalga oshirgan darsi o‘quvchilarga puxta bilim berish imkonini beradi. Informatika darslarining barchasida amaliy ishlar bajariladi. Shu boisdan o‘qituvchilar amaliy ishlar metodidan ham foydalanadi. Bitiruv malakaviy ishining o’rganilishi darajasi. Word matn muharriri, uning imkoniyatlari va hujjatlarni tahrirlash ko’nikmalarini hosil qilish mavzusidagi darslarni tashkil etishda turli uslublarning qo’llanilishidan qat’i nazar, o‘qitish didaktikasining tarbiyaviylik, ilmiylik, izchillik, ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, nazariyot bilan amaliyotning birligi kabi tamoyillariga doimo asoslanadi. Chunki dars usullarining barchasi o‘qitish didaktikasi asosida amalga oshiriladi. Didaktika sinf — dars tizimining ilmiy asosi bo‘lib, didaktika talabiga javob bermaydigan dars o‘z maqsadiga erisha olmaydi va oldiga qo‘ygan vazifani bajarmaydi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Shuning uchun ham atoqli pedagoglardan biri, maktabda ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin bo‘lmaydigan bir o‘quv fani bor, bu fan informatikadir, degani ham bejiz emas. Haqiqatan ham informatikaning har bir dars-mashg‘uloti ko‘rgazmali o‘qitishni talab qiladi. Yana bu ko‘rgazmalar turiga kompyuterda ishlaydigan turli soha asarlarining reproduksiyalari, plakatlari, san’at asarlari to‘plangan albomlar, papkalar, diapozitivlar, kinofilmlar, kinofragment, diafilmlar ham kiritiladi. Ko‘rgazmalarning har ikki turi ham dars samaradorligini oshirishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Faqat bu ko‘rgazmalarni o‘z vaqtida, o‘z o‘rnida ishlata bilish kerak. Maktabda informatikani o‘qitishda muntazam holda foydalaniladigan metod bu amaliy ishlar metodi bo‘lib, bu metod hamma mashg‘ulot turlarida qo‘llaniladi. Ma’lumki, maktabda informatikani o‘qitish texnologiyasida o‘qituvchi yangi mavzu materialini tushuntirib bergach, shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilar egallagan bilim-malakalarini amaliyotda sinab ko‘rish uchun dars maxsus qism (25—30minut)larga ajratiladi. Bu davrda yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga berilgan amaliy vazifalar bajariladi. Amaliy ishlar davrida o‘quvchilar mavzu bo’yicha topshiriqlarni ishlab, uning imkoniyatlaridan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Kompyuterda ishlash amaliyoti bilan, yana matn va hujjatlarni tahlili bilan shug‘ullanadi. Amaliy ishlar metodi — o‘quvchilar bajarayotgan ishlar ustidan nazorat o‘matish, o‘quvchilaming xato-kamchiliklarini tuzatish, individual yordam, yaxshi amaliyotchilarni taqdirlash, yomon ishlayotganlarga tanbeh berish, kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llarini alohida daftarda yoki o‘quvchi daftarining bir chetida ko‘rsatish, kamchilikni o‘qituvchi nazoratida tuzatish, ko‘pchilik o‘quvchilar qiynalayotgan o‘rinlarni maxsus doskada ko‘rsatib berish kabi uslublar jarayonida va mazmunida ifodalanadi. Mavzuni to`liq yoritib berish uchun biz o`z oldimizga quyidagi maqsad va vazifalar ni belgilab oldik: Word matn muharriri, uning imkoniyatlari va hujjatlarni tahrirlash ko’nikmalarini hosil qilish bo‘yicha: matn ishlashda o‘quv qurollaridan va didaktik materiallardan o‘quvchining foydalana olish malakasi; Yaratiladigan hujjatni matn muharririga qay darajada to‘g‘ri joylashtira olganligi; O‘quvchi matnni o‘ziga xos ko‘rinish holatida yoza ola bilganligi; Matn muharrirning tuzilishi, uning qismlari, elementlarining shakllari va ularning bir-biriga nisbatlari qay darajada to‘g‘riligi; hujjat ishlashdagi o‘quvchining tartibli, ozoda, estetik talablarga javob bera oladigan faoliyati kabilar nazarda tutiladi. Informatikani bugungi kundagi maqsadi, vazifalarini yangicha talqin etilishi; Bitiruv ishining tuzilishi. Kirish, asosiy qism II-bob, 4- qism, xulosa, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va betdan iborat. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling