Word uchun qisqa klaviatura buyruqlari


Download 22.17 Kb.
bet1/8
Sana20.10.2023
Hajmi22.17 Kb.
#1711606
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tezkor tugmalari (Kompyuter arxitekturasi)


WORD UCHUN QISQA KLAVIATURA BUYRUQLARI
Ctrl+Shift+G (So’z Sanash) – Bloglar yoki Twitter uchun yozayotganingizda so’zlarni sanashingiz kerakmi? Ctrl+Shift+G dan foydalanish so’z va belgilarni bo’sh joyni hisobga olgan va olmagan holatda sanash imkonini beradi. Shuningdek, u paragraf va qatorlarni ham sanab beradi.
Ctrl+Alt+O (Reja Ko’rinish) – Ctrl +Alt+O bilan hujjat ko’rinishini reja ko’rinishiga o’zgartiring. Bu master hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi hamda, sarlavha orqali yashirish va kengaytirish imkonini beradi.
Ctrl+Alt+P (Chop qilishi sahifasi) – Boshqa ixtiyoriy ko’rinishdan dastlabki chop qilish sahifasiga qaytish uchun Ctrl+Alt+P ni bosing.
Ctrl+Shift+* (Ko’rsatish/Yashirish) – Paragraf ishoralari va boshqa chop qilinmaydigan belgilarni Ctrl+Shift+* bilan Ko’rsatish/Yashirish orqali ko’ring.
Alt+Shift+P (Sahifa raqamlarini kiritish) – Hujjat ichida xohlagan joyda joriy sahifaning tartib raqamini kiritish uchun Alt+Shift+P ni bosing. Bu ayniqsa kolontitul va pastki kolontitullarda juda foydali.
Shift+Delete (Ustun/Qatorni o’chirish) – Shift+Delete ni bosish orqali Jadvalning tanlangan Ustun va Qatorlarini o’chirish. Tanlash uchun ustun tepasiga yoki qator boshiga kursorni olib boring va qora block strelka ko’ringanda bosing.
Excel uchun Qisqa Klaviatura Buyruqlari
Har kim bilishi foydali bo’lgan ushbu qulay Excel navigatsiyalarini qo’llash bilan o’tkazgichni ishlatishni to’xtating!
Home (Qator boshiga) – Qatordagi chapdan eng avvalgi katakchaga qaytish uchun klavituradagi Home tugmachasini bosing (odatda bu A ustun bo’ladi).
Ctrl+Home (Tepadagi chap burchak) – Tepadagi chap burchakka borish uchun Ctrl+Home klaviaturalari kombinatsiyasidan foydalaning (odatda A1 katakchasi bo’ladi).
Ctrl+End (Pastki o’ng burchak) – Ma’lumotlaringizning pastki o’ng burchagiga borish uchun Ctrl+End ni bosing.
Ctrl+8 (Reja ko’rinishni Ko’rsatish/Yashirish) – Subtotal rejimida tuzilma darajalaringizni yo’qotib qo’ydingizmi? Hozirgi subtotallaringizni ko’rinali saqlab qolgan holda ularni qaytarish (yoki yashirish) uchun Ctrl+8 dan foydalaning.

Download 22.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling