Ctrl+9 (Qatorni yashirish) – Ctrl+9 bilan qatorni tez yashiring (Ishora: Yashirilgan qatorni ko’rsatish uchun Shift ni qo’shing). U bir necha qatorlarda ham ishlaydi. Yashirilgan qatorlarni osongina ochsa bo’ladi, shuning uchun ma’lumotlarni “himoyalash” uchun buni ishlatmang.
Ctrl+T (Jadval yaratish) – Ctrl+T bilan ro’yhatning ichida xohlagan joydan jadval yarating. Siz hamma kataklarni tanlashingiz shart emas, keyin u jadvalni kengaytirishingiz mumkin.
Shift+F11 (Yangi varaq ochish) – Shift+F11 bilan faol varaqning o’ng tomonidan yangi varaq qo’shing. Ikkita yoki ko’proq kerakmi? Sizga kerak bo’lgancha varaqlarni tanlang, so’ng qisqa buyruqdan foydalaning.
Ctrl+F1 (Lentani yashirish) – Ctrl+F1 ni bosish bilan lentani yashirish orqali ekran maydonini kengaytiring. Bu sizga menyular lentasidan ko’ra ko’proq ma’lumot ko’rishni xohlaganingizda juda qulay!
Ctrl+Shift+O (Izohlarni topish) – Ctrl+Shift+O dan foydalanib izoh bo’lgan barcha kataklarni topish va tez o’chirish. Agar siz barcha izoh ko’rsatkichlarini yashirgan bo’lsangiz juda zo’r qisqa buyruq.
Aslida klaviatura orqali amalga oshiriladigan qisa buyruqlar juda ko’p. Ularni bilish va amalda qo’llash vaqtni ancha tejaydi. Siz bilgan shunga o’xshash ajoyib qisa klaviatura buyruqlari bu yerda qayd etilmagan bo’lsa izohda qoldirishingiz mumkin.
KOMPYUTER UCHUN:
Ctrl+C (Kompyuterda ishlashni ancha osonlashtirish uchun tugmalarni birgalikda yoki Ctrl+Insert) – nusxa olish,bosish orqali ko‘pgina amallarni bajarish mumkin.
Ctrl+V (yoki Shift+Insert) – olingan (kesib olingan) nusxani qo‘yish,
Ctrl+X (yoki Shift+Del) – kesib olish,
Ctrl+A – fayldagi(darchadagi) hamma ob’ektlarni belgilash,
Ctrl+Shift+Home – kursor turgan joydan faylning boshigacha belgilash,
Ctrl+Shift+End – kursor turgan joydan faylning oxirigacha belgilash,
Ctrl+Home – sahifa boshiga o‘tish,
Ctrl+End – sahifa oxiriga o‘tish,
Do'stlaringiz bilan baham: |