Wordda ishlash texnologiyasi haqida qadamba qadam qo’llanma


Download 0.7 Mb.
bet5/5
Sana09.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1345226
1   2   3   4   5
Bog'liq
Wordda ishlash texnologiyasi haqida qadamba qadam qo’llanma

Boshqa sozlamalar
Bulardan tashqari siz, quyidagi sozlamalarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • Belgilangan katakchalarni birlashtirish yoki ajratish, yoki, jadvalning bir qismini ikkinchi qismidan ajratish

  • Qator va ustunlarning enini va balandligini sozlash

  • Matnni katakchaning bir tarafiga yoki o’rtasiga joylashtirish

  • Parol yozish

  • Tarkibga matematik formulalarni qo’llash yoki, bo’limlarni saralash.

Barcha sozlamalar ko’z oldingizda, barchasini eksperiment qilib, tajribangizni oshirishingiz mumkin:

Bundan tashqari, jadvalning o’rinlarini almashtirishingiz mumkin. Buning uchun sichqonchani jadval ustiga olib boring va chap tomon yuqorisida joylashgan + belgisidan sudrab, istagan joyga qo’yishingiz mumkin. Boshqa yo’li: kerakli obektni belgilang va klaviaturadan “Ctrl + X” ga bosing va kursorni kerakli joyga qo’yib “Ctrl + V” ga bosing:

Tashqi ko’rinishini qanday o’zgartirish mumkin
Siz nafaqat element va jadvalni butunligicha tahrirlashingiz mumkin, balki, tashqi ko’rinishini ham o’zgartirishingiz mumkin. Buning uchun obekt ustiga bosing va menyudan “Конструктор таблиц” menyusiga o’ting:

Bu yerda siz:

  • Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan shablonlardan foydalanishingiz mumkin

  • Xohlagan rangga bo’yashingiz mumkin

  • Tashqi ko’rinish chegaralarini o’zgartirishingiz, ularni qo’shish va o’chirishingiz mumkin.

Bu sozlamalar orqali hujjatni chiroyli ko’rinishga va o’qish juda qulay bo’lgan holatga keltirish mumkin.
Google Documentda jadval qanday tuziladi
Microsoft Wordga alternativ yana shunday dastur borligini bilarmidingiz? Ha shunday dastur mavjud. Bu, internetda saqlanadigan Google Documentdir. Googleda akkaunti bo’lgan har qanday shaxs bu dasturdan foydalanishi mumkin.
Asosiy qulayligi: turli kompyuterlardan turib, bir hujjat ustida ishlash va boshqa internet foydalanuvchilar bilan birga bir hujjat ustida ishlash yoki ko’rsatish imkoni borligi. Keyingi paytlarda, Wordga qaraganda, men ko’proq shu dasturdan foydalanaman. Sizga ham tavsiya qilaman, qulayliklari juda ko’p.
Bu yerda eng kerakli bo’lgan funksiyalari juda ko’p. Jadvalni tuzish uchun, yuqori panelda joylashgan “Вставка” tugmasiga bosib, “Таблица” bo’limidan kerakli qator va ustunlar sonini belgilaysiz:

Xulosa
Biz Wordda jadval qilishning bir nechita yo’llarini ko’rib chiqdik, jadvalni to’ldirish va tahrirlashni, aformit qilishni o’rgandingiz. Umid qilamanki, bu qo’llanma sizga yordam beradi. Agar muammo bo’lib qolsa, izohlarda bemalol so’rashingiz mumkin. Men yordam berishga harakat qilaman.
Maqolani zakladkaga olib qo’yishlaringizni tavsiya qilaman, chunki, bir marta o’qiganingiz bilan barchasini esingizda saqlay olmaysiz. Uzinterbiz.com saytining yangi maqolalariga obuda bo’ling.
Bu dastur haqidagi keyingi maqolalarimizda, bo’limlar, diagrammalar, fayllar va boshqa sirlari haqida gaplashamiz.
Biz bilan siz, turli dasturlar, xizmatlar, web saytlar, kompyuter, telefon va internet haqidagi turli sir asrorlarini o’rganasiz va chinakamiga foydalanishni boshlaysiz. Shunday ekan biz bilan birga bo’ling va fikr mulohazalaringizni komentariyalarda qoldiring!
O’qish va ishlaringizda barchangizga omad tilayman, xayr!
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling