Wordda ishlash texnologiyasi haqida qadamba qadam qo’llanma


Jadvalni qo’limizda chizamiz


Download 0.7 Mb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1345226
1   2   3   4   5
Bog'liq
Wordda ishlash texnologiyasi haqida qadamba qadam qo’llanma

Jadvalni qo’limizda chizamiz
Menimcha bu eng qiyin yo’li, chunki bu usuldan aslida, eng murakkab jadvallarni tuzishda foydalaniladi.
Buning uchun menyudagi kerakli bo’limni tanlaymiz:

Endi qalam bilan ramka chizamiz va keyin, bo’laklarga bo’lib chiqasiz. Bu usulda xohlagan jadvalni chizish mumkin. Chizish jarayonida, asosiy menyuda “Макет” bo’limi ochiladi. Bu oynadan o’lchamlari bir xil bo’lgan xonalarni tezda tashkil qilish mumkin. Bu imkoniyatlarni maqola davomida tushunib olasiz…
Tayyor matnni jadvalga qanday aylantirish mumkin
Bu funksiya, tayyor jadvalni ma’lumot bilan to’ldirishni yoqtirmaydiganlar uchun, matnni tezda yozib, keyin uni jadvalga aylantirish imkonini beradi. Shuningdek bu usulni, qog’ozga yozilgan matnni kompyuterga kiritib, uni jadvalga aylantirishda ishlatish mumkin.
Barchasi to’g’ri yozilishi uchun, har bir katakchani quyidagi prinsiplar asosida yozing:

  • Yangi qatordan;

  • Nuqta-vergul bilan ajrating;

  • Tabulyatsiya yorlig’i bilan, ya’ni klaviaturadagi Tab tugmachasini bosib;

  • Siz tanlagan har qanday belgi orqali.

Asosiysi, chalkashmaslik va tartibni yuqoridan pastga va chapdan o’ngga, ya’ni, chiziqlar bo’ylab tanlangan ajratuvchi yordamida barcha ma’lumotlarni yozib olishlik. Ko’pincha men yangi ustun tarkibini “Enter” tugmachasini bosib yozaman, chalkashib ketmaslik va ma’lumotlar miqdorini boshqarish osonroq bo’ladi.
Keyin yozilgan matnni belgilaysiz va menyudan “Переобразовать в таблицу…” yozuviga bosasiz:

Ochilgan oynada matn uchun kerakli katakchalar miqdorini dasturning o’zi tanlab oladi. Keyin, katakchalarning kerakli enini dasturning o’zi belgilashini va so’zlarni qanday belgilar ajratib turishini belgilaysiz. Keyin esa, “OK” tugmasini bosasiz va tayyor to’ldirilgan jadvalga ega bo’lasiz:

Matn hujjatida, ya’ni Wordda turib Excel elektron jadvalini yaratamiz
Excel nimasi bilan qiziq? Word-da bo’lmagan, filtrlash imkoniyati va ma’lumotlarning qatorini tashkil qilish, sodda va murakkab hisoblar qilish, grafik chizish funksiyalari mavjud. Shuning uchun, agar bizga nimanidir hisoblab uni matnga kiritish kerak bo’lsa, biz menyuni ochamiz va kerakli bo’limga bosamiz:

Bizga, 10 ga 7 bo’lgan katakchali yangi oyna ochiladi. Bu oyna bilan ishlash Excelda ishlash metodikasiga o’xshab oddiy va oson:

Bu oynada siz, kerakli ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lganingizdan keyin, oynadan tashqari joyga sichqonchani bir marta bosish orqali Worddagi matn ustida ishlashni davom ettirishingiz mumkin.
Bu oynadagi malumotlarni qayta o’zgartirish uchun esa, ma’lumot ustiga ikki marta bosish orqali yana oyna paydo bo’ladi va siz ma’lumotga o’zgartirish kiritishingiz mumkin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling