Tayyor shablonlardan foydalanish
Wordda sizga kerak bo’lishi mumkin bo’lgan tayyor shablonlar mavud. Bulardan foydalanish uchun, menyudan “Экспресс-таблицы” bo’limiga bosamiz. Va bizga tayyor shablonlar oynasi ochiladi, xohlaganimizni tanlab ma’lumotlarimizni kiritishimiz mumkin:
Siz o’zingiz tayyorlagan jadvalni boshqa hujjatlarda ishlatish uchun, ushbu shablonlar safiga qo’shib qo’yishingiz mumkin. Turli hujatlarda bir xil jadval ishlatish kerak bo’lgan hollarda bu funksiya juda qo’l keladi.
O’zingizning jadvalingizni shablonlar safiga qo’shish uchun, jadvalni kerakli ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring va uni belgilab, menyudagi “Экспресс-таблицы” bo’limi ustiga kursorni olib boring va ochilgan oynadan “Cохранить выделенный фрагмент в коллекцию экспресс-таблиц…” ga bosing va sizning jadval shablonlar safida saqlanib qoladi:
Jadvalni qanday tahrirlash mumkin
Jadvalni tuzganingizdan keyin, xohlagan paytingizda unga o’zgartirish kiritishingiz mumkin. Bu ishni amalga oshirish uchun, jadval ustiga bir marta bosing va menyudagi “Макет” yozuvi ustiga bosing. Paydo bo’lgan menyudan xohlagan o’zgartirishni kiritishingiz mumkin:
Alohida elementlar qanday qo’shiladi va o’chiriladi
Bu eng kerakli bo’lgan funksiyalardan biridir. Kursorni o’chirish kerak bo’lgan katakcha ustiga qo’ying va “Удалить” tugmasiga bosing.
Ochilgan oynadan, aynan nimani o’chirish kerakligini tanlang:
Katakchani o’chirayotganingizda, dastur sizga qaysi yo’l bilan o’chirishni taklif qiladi:
Cдвигая данные влево или вверх; – ma’lumotlarni chapga yoki yuqoriga o’tkazish;
Удаляя целиком строку или столбец – butun satr yoki ustunni o’chirish.
Agar siz birinchi yo’lni tanlasangiz, belgilangan qator yoki ustun boshqalariga qaraganda bitta ustunga kamayadi. Amaliyotda manabunday ko’rinishda bo’ladi:
Alohida bitta katakcha qo’shib bo’lmaydi. Kursor turgan joydan bir qator yuqoriga yoki pastga va ustundan chapga yoki o’ngga siljish orqali qo’shiladi.
Eslatma: Bir nechta satr qo’shish uchun, gorizontal yoki vertikal ravishda, shuncha katakcha belgilang.
Do'stlaringiz bilan baham: |