Wordpressda blog yaratish mini kitob Muallif: Oxunjon G’aybullayev


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1657339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
wordpressda blog yaratish

bosqich o’quv qo’llanma.
 
Demak, siz blog yaratishni boshlamoqchisiz. Bu juda yaxshi! Blog yaratish nafaqat 
ermak, shu bilan birga blog bilan siz o’zingizni mislsiz yo’lda tasvirlab berishingiz 
mumkin, o’zingiz uddasidan chiqqan muammolar bilan boshqalarga yordam 
berishingiz mumkin, o’zingizni ekspert sifatida mustahkamlashingiz mumkin va 
hatto pul ishlashingiz mumkin. 
Agar siz blog yaratishni endi boshlagan bo’lsangiz, bu mini kitob sizga xatolardan 
qochish va vaqtingizni bexudaga ketqizmaslik uchun yordam beradi. 
Bu mini kitobni HTML haqida ma’lumotga ega bo’lmasdan yoki uzundan uzun 
kurslarni o’rganishsiz blogni tez va ishonchli yaratish haqidagi o’quv qo’llanma 
desak ham bo’ladi. 
Blog yaratish va uni to’liq ishga tushirishning 5 ta asosiy bosqichlari bor. 
Bu o’quv qo’llanmani siz uchun qo’ydim va blog yaratishning 2 ta oson jarayonini 
siz bilan birgalikda bosib o’tamiz. 
 Blog yaratishni qanday boshlash kerak:
 
1. Blog yaratadigan platformani tanlash. 
2. Domen (aniqlanish soha) dan ro’yxatdan o’tish va hosting qilish. 


Muallif: Oxunjon G’aybullaev
uzinfobiz.ru
3. Blogingizni loyihasini tuzish. 
4. Maqolalar va sahifalar qo’shish. 
5. Blogni rivojlantirishni boshlash. 
Yuqoridagi bosqichlarning ikkitasini ko’rib chiqamiz. 
Blog yaratishga tayyormisiz? Yaxshi! Unda boshlaymiz. 
1- bosqich: Blog yaratadigan to’g’ri platformani tanlang 
(WordPress). 
Hattoki blogingiz qanday ko’rinishda bo’lishini o’ylashdan oldin, o’zingizning blog 
yaratadigan platformani tanlashingiz kerak bo’ladi.
Bu masalada ko’plab tanlovlar bor. Siz WordPress, Tumblr, Blogger, Joomla va 
hokazolar kabi ko’plab blog yaratadigan platformalar yordamida o’z blogingizni 
yaratishingiz mumkin.
Biroq, bugungi kunda WordPress 72 mln dan ortiq foydalanuvchisiga ega, qaysi 
platforma yaxshiroq ekanligi aniq ravshan ko’rinib turibdi. Hatto mening blogim 
ham Wordpress da yaratilgan, chunki: 

U foydalanish uchun barchaga bepul. 

Sozlash uchun juda oson. 

Xavfsiz: WordPress o’zining dasturlarini yangilab turadi va hamma 
narsani xavfsizligini saqlab keladi. Demak, kamdan kam holatda 
blogingiz hakker hujumi ostida qolishi mumkin. Hatto ba’zi katta 
firma bloglari ham WordPressda yaratilyapti.

Blogingizga ko’p faoliyat qo’sha oladigan yuzlab bepul mavzular va 
plaginlar bor. Bular blogning ish bajarishini kengaytiradi.
Boshqa blog yaratadigan platformalar ham yaxshi bo’lishi mumkin. Biroq men 
WorPress ning erkinlik huquqini beradigan taklifiga ularning birontasini 
tenglashtirolmayman. Ayniqsa siz endigina boshlayotgan bo’lsangiz.


Muallif: Oxunjon G’aybullaev
uzinfobiz.ru

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling