World Bank Document


“ Yashil” moliyalashtirish uchun imkoniyatlar


Download 1.18 Mb.
bet33/38
Sana23.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1046249
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc

“ Yashil” moliyalashtirish uchun imkoniyatlar


Davlat investitsiyalari. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatdiki, moliyaviy siyosat asoslarini iqlim o’zgarishini yumshatish va emissiyani kamaytirish maqsadlari bilan muvofiqlashtirish turli islohotlarni o’zida mujassam etadi, misol tariqasida, ekologik maqsadlarni byudjet moliyalashtiruvi va soliq siyosatini isloh qilish bilan integratsiya qilishni aytib o’tishimiz mumkin. O’zbekistonda YaIMning 10 foizi energiya resurslari subsidiyalariga to’g’ri keladi: bu sohani qayta ko’rib chiqish toza energiya manbalaridan foydalanish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag’batlantirishga yordam bergan bo’lardi.O’zbekistonda 2030-yilgacha elektr energetika sohasini karbonsizlantirish uchun zarur bo’lgan investitsiya yiliga 4 milliard AQSh dollari yoki YaIMning 4.8 foizi miqdorida baholanadi (O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi). Shu tariqa, moliyaviy siyosat va subsidiyalarni qayta ko’rib chiqish, shuningdek, davlatning “yashil” xaridlari modelini joriy etish “yashil” o’tishni tezlashtirishga yordam beradi. Ko’pgina mamlakatlarda emissiyani kamaytirishda qo’llaniladigan “uglerod” soliq’i tizimini ham ko’rib chiqsa bo’ladi.
Xususiy investitsiyalar. Ilg’or xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, xususiy sektorni jalb qilish uchun mamlakatda tegishli tartib- ga solish tuzilmalari, vositalari va rag’batlash choralarini yaratilishi kerak. Buyuk Britaniya, Indoneziya va Janubiy Afrikadagi ilg’or amaliyot misollariga ko’ra “yashil” moliyalashtirish bo’yicha yo’l xaritalarini ishlab chiqish yaxshi boshlanish nuqtasidir. O’zbekiston misolida bank sektorini “yashillashtirish” “Yashil” taksonomiyani ishlab chiqish imkoniyati bilan muhim rol o’ynaydi. Bu investor uchun ma’lumotlar bazasini yaratishga yordam beradi, masalan, mamlakat uning iqtisodiyotga va ijtimoiy rivojlanishga ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlarni qay usulda taqdim etishi to’g’risida, pensiya jamg’armalarini “yashil” loyihalarga investitsiya qilishi bo’yicha, pensiya jamg’armasi faoliyati va boshqalar to’g’risida.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling