World of Science May,Volume-6, Issue-5


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1685894
1   2   3   4
Bog'liq
GLA IQ

World of Science

May,Volume-6, Issue-5
 
40
viruslariga, shu jumladan Herpes simplex, Varicella zoster viruslariga, odam papilloma 
viruslariga va sitomegalo viruslarga qarshi faoldir. Uning farmakologik ta’siri dastlabki 
bosqichlarda viruslarning ko’payishini to’xtatadi va hujayralarga kirib borishini oldini oladi. 
GK virusli infektsiyaning dastlabki ko’rinishlarida ham, oshqozon yarasi shaklida ham 
yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va to’qimalarni tiklash ta’siriga ega [4]. 
Klinik tadqiqotlar natijasida tabiiy va sintetik usulda olingan triterpenoidlar va ularning 
hosilalari kimyoviy-profilaktika sifatida yo’g’on ichak, ko’krak, prostata va teri saratoniga 
qarshi terapevtik ta’sirga ega ekanligi ko’rsatilgan [5]. 
GK farmakologik ta’siri dastlabki bosqichlarda viruslarning ko’payishini to’xtatishi va 
hujayralarga kirib borishini oldini olishi va virusli infektsiyaning dastlabki ko’rinishlarida ham, 
oshqozon yarasi shaklida ham yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va to’qimalarni tiklash 
ta’siriga ega ekanligini, qolaversa GK va uning tuzlari noyob fizik-kimyoviy xususiyatga ega 
bo’lib u suvda yomon eriydigan moddalarni eruvchan holatga o’tkazishi (
салюбилизация) 
dori vositalarining xususiyatlariga sinergetik ta’sir ko’rsatishi bilan ularning zaharlilik darajasini 
kamaytirish kabi xususiyatlari mavjud. 
GK vodorod bog’lar hisobiga «mehmon-mezbon» ko’rinishidagi klatrat hosil qiladi va 
bunda «mezbon» sifatida GK, «mehmon» sifatida esa dori vositasi ishtirok etadi. GK ning 
qo’sh birikma hosil qilish xususiyati, uning tibbiyotda qo’llaniladigan bir qator dori 
preparatlari bilan komplekslarini olish, molekulyar kapsulalash samarasi hisobiga ularning 
faolligini oshirish va davolash indeksini kengaytirish maqsadida qo’llanilgan. 
Bundan tashqari aglikon qismidagi OH-guruhlarning ko’pligi “mezbon” ning 
protonoakseptor va protonodonor guruhlari bilan qo’shimcha vodorod bog’lari xosil qilish 
imkoniyatini beradi [6,7]. 
Shuning uchun ushbu ishning maqsadi GK monoammoniyli tuzlari asosida 
Gossipolning izoniazid (tubazid) Shiff asosi hosilasi - (I) bilan supramolekulyar komplekslarini 
olish va ularning spektral xususiyatlarini taxlil qilishdan iborat. 
GKMAT asosida Gossipolning izoniazid (tubazid) Shiff asosi hosilasi - (I) bilan 
supramolekulyar komplekslarini olindi. 
Olingan moddalarning ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlari o’rganildi va olingan natijalar 1- 
jadvalda keltirilgan. 
1-jadval 
Kompleks 
Mol 
nisbati 
Eruvchanligi 
T
suyuq
,
0

R
f
Reaktsiya unumi 
gr 


Gp (I) : GKMAT 
15:1 
Spirt : Xloroform 
228-230 
0.18 
1.50 
87.92 
Olingan supramolekulyar komplekslarning IQ spektrlari taxlil qilindi. 




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling