World of Science May,Volume-6, Issue-5


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1685894
  1   2   3   4
Bog'liq
GLA IQ




World of Science

May,Volume-6, Issue-5
 
39
GLITSIRRIZIN KISLOTASI BILAN GOSSIPOLNING SHIFF ASOSI HOSILALARI 
BILAN SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSLARINI OLISH 
Sheraliyeva Dilnoza 
GulDU magistranti 
Alimov Alisher Erkinovich 
GulDU katta o’qituvchisi 
Rejepov Kuralbay Jadigerovich 
O’zR FA Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi, k.f.n. 
Matchanov Alimjon Davlatboyevich 
O’zR FA Bioorganik kimyo instituti k.f.d., professor 
Annotatsiya:
Ushbu ishda g’o’za o’simligi tarkibida uchraydigan polifenil birikma-
gossipolning isoniazid bilan Shiff asosini olish va olingan shiff asosining Shirinmiya 
(Glycyrrhiza glabra L.) ildizining asosiy triterpenoidi glitsirrizin kislotasi va uning 
monoammoniyli tuzi bilan turli xil nisbatlardagi suvda eruvchan supromolekulyar 
komplekslarini olish, olingan Shiff asosi va supromolekulyar komplekslarning ayrim fizik-
kimyoviy va spektral xususiyatlari o’rganildi va kimyoviy tuzilishi tahlil qilindi. 
Kalit so’zlar:
Gossipol, Glitsirizin kislota, Supramolekulyar kompleks, Shiff asoslari, IQ-
spektroskopiya. 
Polifenollar – tabiiy biologik faol moddalarning keng guruhi bo’lib, yuqori 
o’simliklarning ajralmas qismi hisoblanadi. Gossipol moddasi triterpen aldegidlar guruhiga 
mansub bo’lib, Gossypium deb ataluvchi o’simliklar tarkibida uchraydi. Bunday o’simliklar 
sinfiga shuningdek paxta ham kiradi, uning tarkibida (paxtaning naviga qarab) 0.56-3% gacha 
gossipol moddasi uchrashi mumkin, u paxtaning barglarida, ildizida, hamda boshqa tana 
qismlarida keng miqdorda uchraydi. 
Gossipol polifenol tabiatiga ega bo’lgan tabiiy birikma bo’lib, u o’zining kimyoviy
tuzilishi, biologik faolligining betakrorligi bilan bir qatorda turli xil virusli kasalliklar
shamollash, oshkozon-ichak yaralari va shishlarga qarshi dori vositalarni yaratishda asosiy 
manbalardan biri hisoblanadi. 
Gossipol asosida sintez qilingan ko’pchilik Shiff asoslari interferon induktorlari,
immunomodulyator va immunosupressiv xususiyatlarini namoyon qiladi. So’nggi yillarda 
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko’ra gossipolning turli xil tuzilishga ega bo’lgan 
birlamchi aminlar bilan olingan xosilalari gossipolga nisbatan yuqori biologik faollikka ega 
ekanligi aniqlangan [1-2]. 
Shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) ildizining foydali xususiyatlari uzoq vaqtlardan beri 
ma’lum bo’lib u g’arb mamlakatlarda lazzat beruvchi vosita, shuningdek, tinchlantiruvchi 
vosita sifatida ishlatilatilib kelinadi. Shirinmiyaning tarkibiy qismidan ajratib olingan moddalar 
antimikrob faollikni namoyish etishi aniqlangan 
[3]. 
Xalq tabobatida keng foydalaniladigan shirinmiya o’simligi (
Glycyrrh 
 
za glábra)
ildizining 
asosiy triterpenoidi glitsirrizin kislotasi (GK) va uning tuzlari tibbiyotda keng qo’llaniladi. GK 
tashqi va mahalliy foydalanish uchun virusga qarshi vosita. Glitsirizin kislota DNK va RNK 




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling