World of Science May,Volume-6, Issue-5


Download 487.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi487.82 Kb.
#1730881
1   2
Bog'liq
Nasriddinova Nodira Olimjon qizi

World of Science

May,Volume-6, Issue-5
 
429
bo‟lishmaydi.Boshliqlari tomonidan berilgan topshiriqlarini bajarishadi,lekin o‟zlari shaxsiy 
g‟oya bilan ish ko‟rishmaydi. Shaxsiy fikr,g‟oyaga ega bo‟lishlariga qaramay o‟zlarning ish 
faoliyatini yaxshilashga oid imkon yoki yaxshi sharoit,ish vaqtlarini kamaytirish, yaratmoqchi 
bo‟lishgan rejalari nafaqat o‟zlarning va boshqalarga foydali ekanligini, bu ishlari orqali 
hamkasblari orasida ham tashkilot yoki korxona rahbarlari tomonidan rag‟batlanib,kasbiy 
faoliyatlarida ham o‟sishga erishadilar.Afsuski ular bu ishlarni qilishmaydi,chunki ularda jur‟at 
yetishmaydi[3]. 
Avvalombor hozirgi vaqtda yoshlarning bu darajada hissiyot va irodasi kuchsiz bo‟lishini 
oldini olish uchun,uzoq o‟tmishimizga nazar solsak maqsadga muvofiq bo‟lar edi. Bir joyda 
o‟qigan edim,Amerikada yashovchi bir oilada kechgan kichik bir epizodida uchragan 
jumlalarda shunday keltirilgandi: “Sen Amerikaliksan, sen boshqa millatlardan ajralib turasan, 
chunki sen Amerikaliksan, sening qo‟lingdan kelmaydigan ish va sen bajara olmaydigan 
yumush yo‟q, bizning tomirimizda amerikalarning qoni oqmoqda” degan so‟zlar keltirilib 
o‟tilgandi.Qani aytingchi, bu so‟zlarni eshitgan yosh avlod vujudida nimalar jo‟sh urishini siz-u 
biz bilmasak kerak.Biz o‟zbekmiz va bu millat bilan faxrlansak bo‟ladi.Chunki tarixda ham biz 
ajdodlarimiz qilgan ishlari bugungi kunimizda ham dasturulamal bo‟lib xizmat qilib kelmoqda. 
Nega shunday ulug‟ yurtda yashab, buyuk ajdodlarning davomchilari ekanligimizni bilib turib, 
hozirgi yoshlarimiz qolaversa, o‟zimiz kuchsiz,irodasiz,jur‟atsiz,qobiliytasiz bo‟lishimiz 
kerak.Mana shunday kamchiliklarni bartaraf etish va kimning davomchilari ekanligizmini biz 
yoshlarning ongimizga singdirish zarurdir.Amir Temur qilgan ishlar u yaratgan saltanat,Alisher 
Navoi yozgan ulkan asarlar,Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining tibbiyot 
sohasidagi o‟rni,Abu Rayhon Beruniy yer shari haqidagi fikri,Al Xorazmiyning Algebraga 
qo‟shgan hissasi,Mirzo Ulug‟bek Astronomiya sohasidagi qilgan buyuk ishlari,To‟maris va 
Shiroqlarning jasorati bunday misollardan yana qanchadan-qancha aytish mumkin.Shunday
ekan biz yoshlarga qolaversa kelajak avlodga biz kimning izdoshlari ekanligimizni, har doim 
eslatib turish maqsadga muvofiq bo‟lar edi.Chunki uning ajdodlari o‟tmishda birorta millat 
qila olmagan ishlarni qilgan millat farzandi ekanligini bilgan har bir shaxsning hayotida
tubdan o‟zgarish,jasorat va kuchli iroda,teran hur fikrlilik,jamiyatimiz uchun munosib va 
o‟zinig shaxsiy yutug‟i bilan ajdodlari singari u ham ular kabi bo‟lishni istashi,xuddi ularning 
qatoriga kirib dunyo tamadduniga tamal toshini qo‟yishi aniq deb o‟ylayman. 
Xulosa qilib aytganda, har bir shaxs o‟zining imkoniyatkarini to‟liq baholay olishi,va uni 
kerakli va foydali ishlarga safarbar etishi lozim.Shuningdek o‟ziga hech qachon past nazar 
bilan qaramaslik, xuddi oynaga qaraganda aksida buyuk ajdodlari aksini ko‟rmoqligi 
kerak.Shu nuqtai nazar bilan nafaqat o‟zimiz qolaversa boshqalar ham shunday fikr 
yuritishlari,biz ko‟zlagan maqsad singari buyuk yo‟l bo‟lib xizmat qiladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. G„oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 
2.
Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014. 
3.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003. 
4. https://genderi.org/mavzu-shaxsning-hissiy-irodaviy-sohasi-va-kasbga-moslanish.html 
5. https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/milliy-istiqlol-g-oyasi/ulug-ajdodlarimiz 

Download 487.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling