WYSIWYG Web Builder muharriri HTML ni o’rganmasdan veb-sayt yaratishga ruxsat beradigan dastur hisoblanadi. Agar siz sahifa yaratmoqchi bo’lsangiz muharrirning o’zi avtomatik tarzda HTML kodni chiqaradi. Sahifani HTML ga eksport qilmoqchi bo’lsangiz, u holda o'rnatilgan nashriyot vositasini ishlatishingiz lozim. WYSIWYG Web Builder muharriri HTML muharriri emas, HTML generatoridir. Butun sayt loyiha yaratilayotgan vaqtda .wbs formatli bitta fayl sifatida yaratiladi va saqlanadi. Muharrirda sahifaga quyidagilar kabi katta hajmli turli ob’yektlarni qo’yish imkoni mavjud: matn, tasvir, geometrik figuralar (to’rtburchak, ellips, yulduz va b.lar), ro’yxatlar, havolalar, freymlar, jadvallar, navigatsiya panellari, fotogalereya, havolalar xaritasi, Media va Video ob’yektlari va hakozo.WYSIWYG Web Builder muharriri veb-sahifani yaratishga yordam beradigan ko’plab asboblarga ega. Bu asboblarga quyidagilar kiradi: dastur menyusi, asboblar paneli, turli amallar uchun menedjerlar (Stillar menedjeri, Kengaytmalar menedjeri, Gradiyent stillari menedjeri, darajalar bilan ishlash bo’yicha usta, shakl to’g’riligini tekshiruvchi usta), tasvirlar bilan ishlovchi asboblar, fayl hajmi va yuklash vaqtini aniqlash uchun asbob, fayllarni yuborish dasturi. WYSIWYG Web Builder interfeysi muharrir versiyasiga qarab farqlanishi mumkin. Yuqoridagi rasmda menyular satri mavjud interfeys keltirilgan. Muharrirning oxirgi versiyalarida (WYSIWYG Web Builder 9 - 14) ishlash uchun ikki rejimdan birini tanlash mumkin – Menylar satri yoki Tasma Interfeys elementlari 1. Menyular satri. Menyular satri muharrirda mavjud barcha buyruqlardan iborat. 2. Asboblarning standart paneli “Создать новый вебсайт (Yangi veb-sayt yaratish)”, “Открыть существующий вебсайт (Mavjud veb-saytni ochish)”, saqlash, kesib olish, nusxa olish, qo’yish va shunga o’xshash buyruqlardan iborat. 3. Formatlashtirish asboblari paneli matnni rasmiylashtirish (shriftni tanlash, shrift o’lchami va rangini tanlash, matnni tekislash va shunga o’xshash) uchun xizmat qiladi. 4. Asboblar paneli. Muharrirda turli ko’rinishdagi ishlar uchun o’nlab turli asboblar paneli mavjud. Asboblar View – Toolbars menyusi orqali ochiladi/yopiladi. Asboblar paneli dastur oynasida alohida yoki birgalikda berilishi mumkin. 5. Sahifalar bo’yicha o’tish satri – kerakli sahifaga tez o’tish uchun xizmat qiladi. 6. Toolbox - Панель вставок – sahifaga turli ob’yektlarni qo’yish uchun ishlatiladi. 7. Site Manager – sayt menedjeri sahifalar bilan ishlash uchun xizmat qiladi. 8. Properties Inspector – belgilangan ob’yektlarning xususiyatini o’rnatish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |