X bob. Jahon jinoiy xo‘jaligi
Download 362.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Hufyona iqtisoiyot-12 (1)
10.1.1-jadval
Zamonaviy jahon xo‘jaligining ikki yoqlama tuzilmasi Qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy tarkibiy qismlari Noqonuniy jahon xo‘jaligining asosiy tarkibiy qismlari Yakuniy iste’mol tovarlarining xalqaro harakati Qonuniy tovarlarning qonuniy savdosi Kontrabanda – noqonuniy (narkotik moddalar, qurol-yarog‘) va qonuniy (sigaret, avtomobil) tovarlar bilan noqonuniy savdo Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati Ish kuchining qonuniy migratsiyasi Noqonuniy migratsiya, odam savdosi Xom ashyo resurslarining qonuniy harakati (foydali qazilmalar va boshq.) Xom ashyo resurslari kontrabandasi (neft, olmos, noyob hayvonlarning tana qismlari) Kapitalning qonuniyharakati Pulni xalqaro poklab olish Axborot resurslarining qonuniy harakati (nou-xau, patentlar) Iqtisodiy shpionaj, savdo «qaroqchiligi» 188 “Jinoiy globallashuv” tushunchasi yaqin vaqtlardan boshlab ishlatila boshlandi. Qarang: Жилин Ю. Глобализация в контексте развития современной цивилизации // Свободная мысль - XXI. 2002. № 4. С. 33. Turli transmilliy jinoiy faoliyatlarning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash kerak. Masalan, kolumbiyalik narkokartellar faqatgina kokain 189 va geroin 190 sotuvchilari sifatida emas, balki noqonuniy qurol sotib oluvchilar va pullarni yirik “poklab oluvchilar” hisoblanishadi. Xulosa qilish mumkinki, jinoiy globallashuv jarayonida qudratli jahon jinoiy xo‘jaligi – o‘zaro bog‘liq transmilliy jinoiy faoliyat turlari tizimi vujudga keladi. Jahon xo‘jaligining deyarli barcha institutlari yashirin xo‘jalik “egizaklar”iga ega. Masalan, agar qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblansa, ularning noqonuniy biznes dunyosidagi analogi bo‘lib, kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi. Agar qonuniy iqtisodiyotda internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada NAFTA) shakllanishiga olib kelsa, noqonuniy iqtisodiyotda esa milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi “Oltin uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi(qarang: 10.1.2-jadval). Download 362.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling