X bob. Jahon jinoiy xo‘jaligi
Download 362.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Hufyona iqtisoiyot-12 (1)
10.1.2-jadval.
Jahon xo‘jaligi institutlarining “egizaklari” 191 Qonuniy jahon xo‘jaligi institutlari Jinoiy jahon xo‘jaligi institutlari jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblanadi asosiy sub’ekt kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi- Sharqiy Osiyodagi “Oltin 189 kokain - koka bargidan olinadigan, og‘riqni qoldiradigan modda, alkoloid 190 geroin - kuchli narkotik modda, dori 191 Mualliflar tomonidan tuzilgan. NAFTA) shakllanishiga olib keldi uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi Transmilliy jinoiy faoliyatni ikki blokka ajratish mumkin. “Boy Shimol” (rivojlangan mamlakatlar) va “kambag‘al Janub” (rivojlanayotgan mamlakatlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta ahamiyatga egadir. Ammo shunday transmilliy jinoiy faoliyatlar mavjudki, ular asosan faqatgina rivojlangan mamlakatlar bilan bog‘liqdir. 10.2. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar Xalqaro jinoiy faoliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi dunyoni “boy Shimol” va “kambag‘al Janub”ga bo‘linishining qo‘shimcha oqibatidir. Bir tomondan G‘arbning rivojlangan mamlakatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya)ning yetarli darajada boy aholisi “to‘qlikka – sho‘xlik” qilib, odob-ahloqqa to‘g‘ri kelmasa ham, eng nozik iste’mol ehtiyojlarini qondirishadi. Xippi va san’at ahli uchun narkotiklarga, burjua oliftalari uchun san’at buyumlariga, farzandsiz oilalar uchun yosh bolalarga talab shu mamlakatlardan chetdagi kapitalizmning jinoiy guruhlari tomonidan qondirilib kelinmoqda. Ikkinchi tomondan, chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari g‘arb sivilizatsiyasining ko‘pgina mahsulotlariga (nufuzli iste’mol tovarlari, zamonaviy qurollar) ehtiyoj sezadilar, lekin ularni qonuniy bozorlarda sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega emaslar. Ushbu tovarlarni endi rivojlangan mamlakatlardagi jinoiy tashkilotlar taklif etadilar. Natijada rasmiy jahon bozoriga parallel ravishda, asosan chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari tomonidan nazorat qilinadigan, noqonuniy jahon bozori shakllanib boradi. Noqonuniy jahon bozoriga taqiqlangan tovarlar (narkotiklar, qurol-yarog‘) kontrabandasi, va umuman qonuniy (olmos, sigareta, avtomobil), hamda qalbaki tovarlarning qonuniy savdosi va noqonuniy migratsiya kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling