X боб нерв тўҚимаси
Nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasi
Download 429 Kb.
|
2 5291875904581011182
Nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasi. Ma’lumki, neyronlar bo`linish va almashinish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Ammo ularning o`simtalari va ulardan hosil bo`lgan nerv tolalari jarohatlanganda tiklanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega bo`ladi. Nerv tolalarining degeneratsiya va regeneratsiya jarayonlari eksperimental sharoitda, masalan, nerv tolasi kesilganda yaqqol ko`rinadi. Nerv tolasining jarohatdan yuqori, neyron tanasiga yaqin qismi markaziy, nerv tolasining pastga qaragan qismi periferik qism deyiladi. Nerv tolasini kesish uning markaziy, periferik qismlarida, nerv hujayrasi tanasida, neyrogliya va atrofdagi biriktiruvchi to`qimada javob reaktsiyasini qo`zg`atadi. Natijada, chandiq to`qima rivojlanadi. Chandiq to`qima neyrogliya elementlaridan hamda biriktiruvchi to`qimadan iborat. Shu chandiq orqali kelgusida regeneratsiya qiluvchi nerv tolalari o`sib o`tadi. Nerv hujayrasi tanasida bir qator o`zgarishlar sodir bo`ladi. Uning hajmi kattalashadi, yadro hujayra tanasining chekka qismiga siljiydi. Xromatofil modda o`zgarib xromatolizga uchraydi, keyinroq tamoman yo`q bo`lib ketadi. Kesilgandan so`ng zudlik bilan nervning ham periferik, ham markaziy qismlarida o`zgarishlar ro`y beradi
Markaziy qism retrograd - yuqoriga ko`tariluvchi degeneratsiyaga uchraydi (boshqacha qilib aytganda, jarohat bo`lgan joydan neyron tanasiga tomon yo`nalgan), periferik qism esa pastga tushuvchi (Uoller) degeneratsiyasiga uchraydi. Periferik qism o`q silindr kesilgandan keyingi dastlabki ikki kun davomida juda tez shishadi va varikoz bo`rtmalar hosil qiladi. 3-5 sutka davomida o`q silindr alohida-alohida joylashgan qismlarga - fragmentlarga bo`linadi. Shu bilan bir vaqtda elektron mikroskop ostida ko`rilganda miyelin qavat membranalari yemirilgan bo`ladi. Miyelin tomchilari va o`q silindr fragmentlari so`rilish (rezorbsiya) jarayoniga yuz tutadi va bunda glial elementlar, asosan, multipotentsial gliya, astrotsitlar hamda biriktiruvchi to`qima makrofaglari ishtirok etadi. Glial elementlar tez bo`linib bir qator bo`lib joylashadi va natijada Byungner lentalari va tizmalari hosil bo`ladi. Byungner lentalari chandiq to`qima ichiga ham periferik, ham markaziy qismlardan o`sib kiradi. Ayni vaqtda markaziy bo`lakning o`q silindrlarida regenerativ jarayonlar ham sodir bo`ladi. Uning oxirlarida kolbasimon bo`rtmalar (o`sish kolbalari) hosil bo`lib, ular periferik tomon o`sa boshlaydi va glial chandiqdan o`sib o`tib, periferik bo`lakning Byungner lentalari tomon yo`naladi. Keyinchalik miyelin hosil bo`ladi va tola o`zining normal shaklini tiklaydi. Shuni aytib o`tish kerakki, nerv tolasida asosan glial chandiq bor bo`lib, periferik hamda markaziy qismlar orasidagi masofa kichik bo`lgandagina qayta tiklanadi. Download 429 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling