X боб нерв тўҚимаси


Download 429 Kb.
bet4/8
Sana11.01.2023
Hajmi429 Kb.
#1089107
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5291875904581011182

MAKROGLIYA
Makrogliya hujayralari ektodermadan rivojlanadi. Uning hujayralarini kumush bilan ishlangan preparatlarda ko`rish mumkin. Makrogliya o`z navbatida astrogliya, ependimogliya, oligodendrogliya va multipotentsial gliyaga bo`linadi.
Astrogliya. Astrotsitar gliya markaziy nerv sistemasining (MNS) tayanch apparatini hosil qiladi. U mayda ko`p o`simtali kichik hujayralardan iborat bo`lib, nurli yulduz ko`rinishiga ega. Bunday tipdagi neyrogliya hujayralari astrotsitlar (yunon. astra - yulduz; cytos - hujayra) nomini oladi (96-rasmga q.).
Usimtalarning tuzilishiga qarab 2 xil astrotsitlar farqlanadi: 1) protoplazmatik yoki qisqa o`simtali astrotsitlar (astrocyti protoplasmatici). 2) tolali yoki uzun o`simtali astrotsitlar (as-trocyti fibrosi).
Protoplazmatik astrotsitlar MNS asosini hosil qiladi va asosan kulrang moddada, ya’ni neyronlar sohasida joylashadi. Bu hujayralarning tanasi ko`p qirrali bo`lib, undan kalta ko`p tarmoqlanuvchi va «oyoqchalar» hosil qilib tugallanuvchi o`simtalar chiqadi. Hujayra kattaligi 15-20 mkm bo`lib, yadrosi nisbatan katta, xromatini kamdir. Sitoplazmasida ko`p miqdorda glikogen, mitoxondriyalar hamda sust rivojlangan donador endoplazmatik to`r topilgan.
Tolali astrotsitlar asosan MNS oq moddasida, ya’ni nerv tolalari sohasida joylashgan. Ularning hujayra tanasi nisbatan kichik bo`lib, shakli cho`zinchoqdir. Kattaligi 10-20 mkm bo`lib, sitoplazmaning ko`p qismini yadro egallagan. Hujayra tanasidan 20-40 tagacha ingichka kam shoxlanuvchi o`simtalar chiqib, glial tolalarga aylanadi va miyaning tayanch apparatini tashkil qiladi. Astrotsitlarning o`simtalari ko`pincha mayda qon tomirlar devorlarida tugmachasimon kengaymalar (perivaskulyar oyoqchalar) hosil qilib tugallanadi.
Ependimogliya. U asosan ependimotsit (ependymocyti) hujayralaridan tashkil topgan.
Etuk ependimotsitlar epiteliy kabi silindrsimon shaklda bo`lib, orqa miya kanalini va bosh miya qorinchalarining devori-ni qoplab turadi (96-rasmga q.). Bosh miya qorinchalarining qon tomirlari chigallarini qoplovchi ependimotsitlar kubsimon shaklga ega.
Ependimotsitlar sitoplazmasida mitoxondriyalar, yog`lar, pigmentlar va boshqa tuzilmalarni uchratish mumkin. Ependimotsitlar chegaralovchi, tayanch vazifalarni bajaradi hamda serebrospinal suyuqlikni hosil qilishda ishtirok etadi. Ayrim hujayralar esa sekretor funktsiyani o`taydi. Ependimotsitlarning nerv nayining ichiga qaragan yuzasida embrional davrda kiprikchalar bo`ladi, ular postembrional davrda yo`q bo`lib ketadi va MNS ning faqatgina ayrim qismlaridagina saqlanib qolishi mumkin. Bu hujayralarning bazal qismidan esa birgina uzun o`simta chiqadi. Bu o`simta tarmoqlangan va tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Tarmoqlangan o`simtalar miyaning oq va kulrang moddasida joylashgan neyronlar va boshqa gliya hujayralari o`simtalariga tegib yotadi. Gliotsitlarning o`simtalari ko`pincha shoxsimon tar-moqlangan bo`lib, ular nerv nayining hamma qavatlaridan o`tib, tashqi chegaralovchi membranani (membrana limitans gliae superficialis) hosil qilishda ishtirok etadi.

Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling