X bob. O’sprinrlik davri


Download 0.58 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1581507
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zuhra


X bob. O’sprinrlik davri


  • 10.1. O‘spirinlikning inson hayot yo‘li tizimidagi o‘rni.

  • 10.2. O‘spirinlik davrida ahloqiy va aqliy taraqqiyot.

  • 10.3. O‘spirinlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari.

  • 10.4. “Men-siymosi” va o‘zini-o‘zi anglashning shakllanishi.

  • 10.5. O‘spirinlik davrida ijtimoiy faollik.

Tayanch so’zlar: mustaqil hayot, mas`uliyat hissi, o’z-o’zini anglash, dunyoqarash, “haqiqiy - Men”, “ideal - Men”, axloqiy shakllanish, aqliy rivojlanish, attraksiya, yuksak hislar, ijtimoiylashuv, do’stlik, “alter - ego”, sevgi-muhabbat, ijtimoiy normalar, ijtimoiy sanksiyalar, ijtimoiy rol, o’z-zini anglash, o’z-o’ziga baho, ijtimoiy faollik.

    1. O‘spirinlikning inson hayot yo‘li tizimidagi o‘rni

O’spirinlik davri bolalikdan kattalikka o’tish, aniqrog’i o’smirlikdan mustaqil kattalar hayotiga qadam qo’yishdan iborat. O’spirinlik yoshiga(15-18 yosh) o’tishdagi inqirozli xolatlar, uning suby`ekt sifatida shakllanishi bilan bog’liq holda kechadi. O’spirinlik yoshida jismoniy kamolotga erishish jarayoni yakunlana boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy rollari va qiziqishlar ko’lami kengayadi, mustaqillik va mas`uliyat hissi ortadi.
Ilk o’spirinlik yoshidagi yuqori sinf o’quvchilari uchun o’quv-kasbiy faoliyat yetakchi ahamiyatga ega bo’ladi. O’quv faoliyatiga undovchi motivlar bo’lajak kasbiy faoliyat va o’zining hayot yo’lini belgilashdan kelib chiqadi, I.V.Dubrovina ma`lumotlariga ko’ra, o’z-o’zini rivojlantirish motivi ham muhim o’rin tutadi. Ilk o’sprinlik yoshidagi yigitlar va qizlar o’zlarining ichki dunyolariga yanada chuqurroq nazar solishga intiladilar, o’zlarini shaxs sifatida ulg’ayib qolganlarini his qiladilar, o’z o’rinlarini topishga harakat qiladilar.


    1. O‘spirinlik davrida ahloqiy va aqliy taraqqiyot

O’spirinlik yoshini o’rganishga oid ko’plab ilmiy kuzatishlar “Mensiymosi”, “Haqiqiy - Men” va “Ideal - Men” orasidagi o’zaro muvozanatni tadqiq etishga qaratilgan, chunki ushbu xolat o’ta muhim sanaladi. Kattalar olamiga kirish, faoliyat va muloqot jarayonida yetarlicha tajriba to’plash orqali ularda ota-onalar va o’qituvchilar fikridan ko’ra, o’ziga nisbatan shaxsiy baho yuzaga keladi.
Ijobiy “Haqiqiy - Men” hissining paydo bo’ishi, o’z-o’ziga xurmat tuyg’usining shakllanishi kelgusi hayotiy rejalarni tuzishga va ularni muvaffaqiyayli amalga oshirishga yaqindan ko’mak beradi. O’zining shaxsiy imkoniyatlarini ortiqcha baholash, o’ziga bino qo’yish esa, zarur bo’lmagan tavakkalchilikka undaydi. O’zini shaxs sifatida har tomonlama bilish, o’z-o’ziga “Men qanday odamman?” deya savol berish, refleksiyaning ortishiga, o’zini chuqur tahlil qilishga zamin tayyorlaydi: “Nima uchun o’zimni bunday tutdim?”, “Nima uchun o’zimni tutib tura olmadim?”, “Mana bu vaziyatda aql bilan ish ko’rdam-ku? ” degan savollar va fikr-mulohazalar paydo bo’ladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling