X. F. F. D. (PhD), dotsent A. A. Safarov


Download 169.81 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi169.81 Kb.
#1210761
  1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza


5-mavzu:Chigitli paxtani saqlashda sifatni baholash usullari
Ma’ruzachi: Q.X.F.F.D. (PhD), dotsent A.A.Safarov
Chigitli paxtani saqlash jarayonini bajarishda paxta tolasi va chigitning tabiiy fizik-mexanikaviy xususiyatlarini saqlash va ularni Davlat standartiga muvofiq bo’lishini ta’minlash kerak. Bu vazifani bajarishda paxtani dastlabki ishlashni to’g’ri tuzish muhim ahamiyatga ega.
Paxta sanoati Markaziy ilmiy tekshirish instituti tavsiya etgan texnologik jarayon sxemasi bo’yicha chigitli paxtani, uning sifatiga qarab 3 xil variantda ishlash mumkin.
1 -variantda namligi 14 % dan yuqori bo’lib, mashinada terilgan II-IV navga, qo’lda terilgan III-IV nav paxtalar qayta ishlanadi.
2- variantda namligi 14 % dan kam bo’lgan, ham mashinada, ham qo’lda terilgan I va II cort paxta ishlanadi. Bunda texnologik jarayon sxemasidan arrali tozalagichlarning 2- batereyasini ajratib qo’yish ko’zda tutiladi. Paxta zavodlarida dastlabki ishlanadigan chigitli paxta tolasining xususiyatlariga qarab u 2 gruppaga - o’rta va ingichka tolalilarga bo’linadi, shuning uchun uni qayta ishlash texnologik jarayon sxemasi ham bir-biridan farq qiladi.

Paxta tozalash zavodida mashinada terilgan paxtani saqhlash uchun qabul qilingan texnologik jarayon sxemalari paxtani etarli darajada tozalashga, tolaning sifati esa UzRST talabiga javob beradigan qilib chiqarishga imkon beradigan bo’ldi.

Lekin hozirgi zamon to’qimachilik sonoati uzluksiz yigirish texnologiyasiga o’tayotganligi uchun tolalarning tozaligi va sifatiga yanada oshirilgan talablar qo’yilmoqda. Paxta tozalash zavodlarida batareya tarzida mashinalarni o’rnatish va ishlatish tartibi ortiqcha ko’p metall va energiya istemol qilish bilan bir qatorda ishlab chiqarish sexlarining maydonining katta bo’lishini ham talab etadi.

Chigitli paxtani saqlash davrida o’zining tabiiy xususiyatlarini yo’qotmasligi va undan chiqadagan tola va chigitning sifatini yaxshi holda saqlash uchun uni o’z vaqtida quritish va iflosliklardan tozalash lozim.


Download 169.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling