X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish
Husnixat darslarida o'quvchilar yozuviga
Download 177.43 Kb.
|
M e t o d I k a s I
Husnixat darslarida o'quvchilar yozuvigaqo'yiladigan talablar Husnixat darslarida o'quvchilar yozuviga quyidagi talablar qo'yiladi: I. Husnixatning gigiyenik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to'g'ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod o'rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida o'rgatiladi. Grafik me'yorlarga amal qilish. Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo'yining tengligiga, harflar va so'zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo'lishiga e'tibor berilishi kerak. Harflar qiyaligini to'g'ri saqlash. Bolalaming yozuvlari har xii qiyalikda bolishi mumkin. Agar harflaming asosiy elementlari daftar chizig'iga nisbatan tik holatda bo'lsa, yozuv holati ham tik bo'ladi. Harf elementlari o'ng tomonga qiya bolib, o'tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. Biz o'quvchilami o'ng tomonga qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim. O'ng qol bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o'ng tomonga moslashtirilishi faqat harflaming shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlash, qo'I va barmoqlarni ortiqcha zo'riqtirmaydi. Yozuvning o'ng tornonga qiyaligini saqlash tirsaklami bir tomonga erkin yuritish uchun qulay bo'lib, parta ustidagi daftaming turish holatiga bogliqdir. Yozayotganda daftarning holati bir tornonga qiya bo"lishi o·z-o'zidan yozuvning qiyaligini ta'minlaydi. · Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta yordam beradi. Bunday rnashq qilishda daftaming holati o'zgarsa ham, yozuvning qiyaligi o'zgannasligi murnkin. shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat dastlabki paytlarda foydalaniladi. Qiya yozishga o'rgatishning o'ziga xos usullari mavjud. O'quvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik 'tayoqchalaming yozdirib mashq qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalaming farqini o'rgatish zarur. 37 Buning uchun o'qituvchi doskada ikki xii shaklda (qiya va tik) tayoqchalar shaklini yonma-yon yozib ko'rsatadi, ulaming farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday rnashqlar xotirada uzoq vaqt saqianib, xatolaming oldi olinadi. Shuningdek, yozuv qiyaligining to'g'ri boiishi uchun daftarning qiya holatini ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va ko'rsatiladi. Daftaming parta ustida noto'g'ri turishi gigenik qoidalaming buzilishiga ham sabab boladi, chunki o'quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftaming notogri holatga moslaydi. Daftarni partada yozish talablari asosida tutish. Daftaming pastki chap burchagi ko'krak o'rtasida to'g'ri bo'lishi yoki daftarning qiya chizig'i (agar qiya chiziqli daftar bo'lsa) partaning chetiga tik bo'lishi kerak. Daftar beti satrlarga to'lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qo'I bilan esa daftaming yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o'quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv chizigi sifatida chizib qo'yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o'quvchilaming chap ko'kraklari o'rtasiga to'g'ri bo'lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya boladi. Agar daftarning chap beti tolsa, daftaming buklanadigan joyi tekshiruv chiziqqa to'g'irlab olinadi va o'ng betiga yozishga o'tiladi. O'quvchilarda harflarni qiya yozishga o'rgatish malakasini oshirish ancha murakkab jarayon bo'lib, o'qituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi. Muntazarn ravishda turli mashqlar olib borish, o'quvchilar harakatini qunt bilan kuzatib borish natijasida ko'zlangan maqsadga erishiladi. O'qituvchi tomonidan berilgan ko'rsatmalarga qaramay, ayrim o'quvchilar hartlar qiyaligini to'g'ri belgilay olmaydi, kamchiliklarga yo'I qo'yadi. Buning uchun kamchiliklami tuzatish maqsadida grafik mashqlar berilishi kerak. O'quvchilarga dastavval daftar satriga bir nechta harf yozdirib, ular orasiga qiya chiziqlar qo'yiladi va harflar shu chiziqlarga taqqoslash orqali xatolarni tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi. Harflami bir tekis bosimsiz yozish. Harflami bir tekisda yozish ham chiroyli yozuv malakalarini shakllanishida asosiy o'rin tutadi. Ruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo'sh ushlash hartlami tekis yozishga imkon yaratadi. Bosimsiz yozish harflaming umumiy ko'rinishi bir tekis va chiroyli bolishi, tez yozish malakasining shakllanishi va boglab yozishni to'g'ri amalga oshirishda yengillik tug'diradi. O'qituvchi xattaxtada harflami bo'r bilan yozib ko'rsatadi. Bunda o'qituvchi ham bo'mi qattiq ushlarnay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim. O'quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlami ko'chirtirmaslik kerak. Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib borish kutilgan sarnara beradi, o'quvchining qolini toliqtirmaydi. 38 Harflaming tutashtirilishini to'g'ri ifodalash. Husnixat darslarida harflaming shakllarini yozib tugatganlaridan keyin o'qituvchining navbatdagi vazifasi harflami bir-biriga ulab, qo'shib yozishga o'rgatishdan iborat. Qo'l uzmasdan yozish. Qo'I uzmasdan yozish yozuv malakalarini tez egallashga zamin yaratadi. Yozuv malakalari juda erta egallnadi, ya'ni avvaldan tez yozishga yordam beradigan harakatlami egallash muhim sanaladi, chunki keyinchalik qayta o'rganish talab etiladi. O'quvchilar harflarni yoza boshlaganlarida o'qituvchi ularga harflami yozish jarayonida ruchkaning uchini qog'ozdan uzmagan holda yozishlarini eslatib turishi lozim. So'zlami yozayotgan o'quvchilar bo'g'inlami qo'I uzmagan holda yozadilar. Oval shakldagi harflarni qo'I uzmasdan tutashtirishda bir necha birlashtirish usullaridan foydalaniladi. Avval yozilgan chiziq bo'yicha takror qo'I uzmasdan yozish barcha oval va bir turdagi yarim ovallarni birlashtirish imkonini beradi. Bu uning yutug'i, ammo bunday usul ma'lum bir kamchilikka ega. Avval yozilgan chiziqdan takror yozish ko'p biriktiruvda yozuv jarayonida qo'I harakatining yo'nalishi bilan mos tushmaydi, u tabiiy holda o'ngdan chapga tomon harakatlanadi. U faqatgina pastki birikuvlarning harakat yo'nalishi bilan mos tushadi, bunday takrorlanish chapdan o'ngga tomon amalga oshiriladi. Shuning uchun qo'I uzmasdan yozishning turli usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek qo'I uzmasdan biriktirishning tabiiy usullaridan foydalanish ko'proq talab etiladi. Katta odamning yozuvida odatda turli harf birikmalarining aniq bir harf va harflaming so'z boshida va so'z oxirida yozilishiga ko'ra turli bog'lanuv usullarini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga katta odamning yozuvida biriktiruvning tejamkorlik usuli ko'zga tashlanadi. Harf va harf birikmalarini yozishga o'rgatishda yuqoridagi holat ham e'tiborga olingan. Shu bilan birga qo'l uzmasdan biriktiruv yo'llarini keyinchalik yanada takomillashtirish talab e'tiladi. Oval shaklini qo'I uzmasdan yozish uchun chizilgan yozuvning ustidan takroran yoziladi, bunda ruchkaning uchi takroran harakat yo'nalishinini chapdan o'ngga takrorlaydi. Namunada berilgan ra bo'g'ini quyidagicha bog'lanadi. rr ro ra Shunday usul bilan oldindagi harflar bilan barcha oval harflar biriktiriladi. Faqatgina Q harfi navbatdagi harf bilan yuqoridan bog'lansa bundan mustasno bo'ladi. Shu yo'I bi Ian o harfi navbatdagi harf bilan pastki qatorda navbatdagi harf bilan bog'langanda kuzatiladi. Shunday yo'I bilan bosh harf bilan yoziladigan Q harfi keyingi harfbilan bog'lanadi. ia_ig_if_ib_ilo Download 177.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling