X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
4.2. Beda Ahamiyati
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
225
4.2. Beda Ahamiyati. Beda 0„zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug„oriladigan yerlarida ko„p ekiladigan ko„p yillik serhosil dukkakli yem-xashak o„simliklardan biridir. Bedadan xilma-xil oziqlar tayyorlash mumkin. Bu oziqlar to„yimliligi bilan ajralib turadi. Masalan, V. Dalakyan va X. Rahmanovalarning ma‟lumoti bo„yicha (1986), bedaning shonalash davrida bir kilogramm ko„kati tarkibida 0,20 oziq birligi va 30 g hazm bo„ladigan oqsil, 1 kg pichanida 0,47 oziq birligi va 90 g oqsil mavjud. Bedaning tarkibida kalsiy, fosfor, oson hazm bo„ladigan oqsil, hayvonlar hayoti uchun zarur bo„lgan vitaminlar mavjud. Bedaning ko„kati sersuv mollar tez o„sadi, suyagi baquvvat bo„ladi. Beda agrotexnika ahamiyatiga ham ega. Bedadan bo„shagan yerlar boshqa o„simliklar uchun eng yaxshi o„tmishdosh bo„ladi, chunki ko„p yillik beda 1 ga yerda 250-340 kg azot to„playdi, 150- 184 s ildiz qoldiqlari yig„iladi. Tuproq tarkibida 1,58% gacha chirindi ko„payadi. Beda meliorativ o„simlik hamdir, chunki beda ekilgan yerlarda tuzlaming miqdori kamayadi, bu beda qalin ekib tuproq yuzasidan bug„lanish ancha kamayishiga, tuzning bir qismi hosil bilan ketishiga, beda sug„orilganda tuzlarning yuvilishiga va bedaning ildizi chuqur qatlamlaridagi suvdan foydalanganligi tufayli sizot suvlar yuqoriga ko„tarilmasligiga bog„liqdir. PSUEA Ilmiy Tadqiqot instituti ma‟lumoti bo„yicha, bedadan bo„shagan yerlarga g„o„za ekilsa, vilt kasalligi bilan kam kasalla- nadi. Sug„oriladigan madaniy yaylovlar barpo etishda ham bedaning ahamiyati kattadir, chunki beda har xil o„t aralashmalarga, albatta, qo„shiladi. Bedaning hosildorligi tuproq-iqlim sharoitiga, yetishtirish tex- nologiyasiga, navning biologiyasiga bog„liqdir. Birinchi-yil bedadan o'rtacha 20-40 s pichan olinadi, 2-3-yillik bedadan 80-120 s pichan olinadi. Ilg„or texnologiya qo„llansa, 150-200 s pichan yetishtirish mumkin. Uch yil mobaynida mahalliy Xorazm bedasi bo„yicha 549,1 s, Vaxsh-233 bedasi-645,1 s, Toshkent-721 bedasi-607,4 s, Uzgen bedasi-631,6 s, Toshkent-392 bedasi-637,4 s pichan olingan. Lalmi yerlarda bedaning hosildorligi suv bilan ta‟minlanishiga 226 bog„liq. Tog'li mintaqada bedadan 50-60 s, tekislik-tepalik mintaqada 12-18 s pichan yetishtirish mumkin. Beda urug„ining hosili seleksion navlarida 4-6 s/ga. Ishlab chiqarish sharoitida urug„ hosili kam, o„rtacha 0,8-1,5 s/ga. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling