T/r
|
Tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish
muddati
|
Ijro uchun mas’ullar
|
6.(7)
|
Oliy ta’lim muassasalari faoliyati to‘g‘risida fuqarolar xabardorligini ta’minlash, keng jamoatchilikning asoslangan takliflari asosida ta’lim sifatini oshirish choralarini ko‘rish.
|
Quyidagilar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ko‘maklashish:
Oliy ta’lim muassasalari kuzatuv kengashlari, kengashlari faoliyatida jamoatchilik vakillarining faol ishtirokini ta’minlash.
Ta’lim jarayonini olib borish, jumladan, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha keng jamoatchilik fikrini o‘rganish (so‘rovnoma o‘tkazish) va asoslangan takliflarni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.
|
2023-yil sentabrdan boshlab doimiy
|
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (Dj.Sultanov), Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor (S.Toshmatov), Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor (Sh.To‘raev), Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i (F.Botirov),
Matbuot xizmati (N.Kamolov), Hududiy o‘quv muassasalari boshqaramasi boshlig‘i (F.Raxmatov), Hududiy filiallar direktorlari
|
7.(8)
|
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini 2-kursdan boshlab mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish.
|
Quyidagilar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ko‘maklashish:
Kadrlarni ishga qabul qilishga oid qonunchilik hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini 2- kursdan boshlab mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga ruxsat berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritish.
|
2023-yil
15-iyun
|
Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (D.Yaxshiboyev), Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor (Sh.To‘rayev), Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i (Z.Ubaydullaev), Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i (Z.Begmatova), Hududiy o‘quv muassasalari boshqaramasi boshlig‘i (F.Raxmatov), Hududiy filiallar direktorlari, fakultet dekanlari
|
8.(9)
|
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini 40 foizga yetkazish.
|
Quyidagilar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ko‘maklashish:
Oliy ta’lim muassasalarida talabdan kelib chiqib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida yangi ixtisosliklarni ochish.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida talabgorlarning (PhD/DSc) himoya ko‘rsatkichini oshirish choralarini ko‘rish.
|
2023-yil
davomida
|
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (K.Tashev), Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor (Sh.To‘rayev), Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i (N.Ulyanova), Hududiy o‘quv muassasalari boshqaramasi boshlig‘i
|