X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
sugurta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Notariuslarning kasbiy javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tarifini aniqlash va sug‘urta da’volarining ko‘rib chiqilishi
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- 21-mavzu. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi.
- Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi
- Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta shartnomasi- ning tuzilishi
Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish 1 4 9 Notariusning qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda uchinchi shaxsga notarial faoliyatni amalga oshirishda yetkazilgan zararni qoplashga doir majburiyatlari bilan mulk manfaatlari sug‘urta obyektlari hisoblanadi. Notariuslarning kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasi shartlariga muvofiq sug‘urta qiluvchi sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta mukofotini to‘laganidan keyin, sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasining amal qilinish davrida ahamiyatga ega bo‘lgan notarial harakatlarni qonunga xilof ravishda amalga oshirgan (yoki kerakli notarial harakatlarini bajarmagan) sug‘urta qiluvchi o‘z kasbiy majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmagani oqibatida yuzaga kelgan e’tirozlar bo‘yicha zararni qoplash majburiyatlarini qabul qiladi. Sug‘urta qiluvchining zararni qoplash majburiyati notarius mijozlariga notarius tomonidan o‘zining kasbiy majburiyatlarini amalga oshirishdagi e’tiborsiz harakatlari, xatolari yoki kerakli notarial xatti-harakatlarni bajarilmasligi natijasida yuzaga kelgan zarar yetkazilgan holatlarda paydo bo‘ladi. Sug‘urtachi, odatda, amaldagi qonunchilikka nomuvofiq tarzda amalga oshirilgan notarial harakatlar yoki sug‘urtalanuvchining g‘arazli niyatida kerakli notarial harakatlarni bajarmaslik natijasida yetkazilgan zararni qoplamaydi. Notariusning g‘araz niyati sudning qonuniy kuchga kirgan qarori va hukmi bilan aniqlanadi. Bunda sug‘urtalanuvchining harakatlarida g‘araz niyat borligini isbotlash sug‘urtachi zimmasiga yuklanadi. Sug‘urta holati sug‘urtalanuvchining zararni qoplash majburi- yati belgilangan paytdan boshlanadi. Odatda, sug‘urta holati notariusga uchinchi shaxsga u tomonidan bajarilgan noqonuniy notarial harakatlar, xatolar yoki kerakli notarial harakatlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashni yuklaydigan sud organining qarori kuchga kirgach, boshlangan hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasida sug‘urta holatini belgilash va mijozning notariusga zararni qoplash talabi bildirilgan e’tirozi asosli bo‘lganda, uni sug‘urta yo‘li bilan to‘lash majburiyati ko‘zda tutiladi. Sug‘urta holatini aniqlash sug‘urta shartnomasida aniq bayon etilishi shart. Notariusning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha eng kam sug‘urta summasi O‘zbekiston Respublikasi- 1 5 0 ning «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq belgilangan eng kam ish haqining yuz baravar miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Notariusning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasi notariusning yozma arizasi asosida tuziladi. Arizada, odatda, notarius haqida sug‘urta riski darajasini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar, ya’ni kasbiy javobgarligi sug‘urta qilinayotgan shaxsning ismi-sharifi, kasbi, kasbiy faoliyati boshlangan sana, shaxsiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish sanasi va raqami, pochta manzili, telefon, faks, teleks ko‘rsatiladi. Ariza berish paytida notarius faoliyati sug‘urtalangani, avval tuzilgan sug‘urta shartnomasi to‘xtalishi nimaga bog‘liqligi, notariusning kasbiy fao- liyatiga taalluqli xatolar, ehtiyotsizlik yoki kamchiliklar bilan bog‘liq e’tiroz bildirilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Notariusning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasi notarius kasbiy faoliyatini amalga oshirishda o‘z harakatlari uchun javob bergandagina, shaxslar foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasini tuzishda foyda oluvchilar sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urtachiga ma’lum qilinmaydi. Shunday bo‘lsa-da, sug‘urta shartnomasida u kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan bo‘lsa yoki shartnoma notarius yoxud boshqa shaxs foydasiga tuzilgan bo‘lsa ham sug‘urta to‘lovi olish huquqiga ega, foyda oluvchi faqatgina notarius uning oldida javobgar bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi, odatda, bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi. Sug‘urta shartnomasi agarda shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi tomo- nidan sug‘urta mukofotlari to‘langanidan keyin kuchga kiradi. Sug‘urta shartnomasining amal qilinishi shartnomada ko‘rsatilgan muddatda yoki sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta summasi to‘liq to‘langan yoxud sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta manfaatini yo‘qotgan holatda to‘xtatiladi. Sug‘urtalanuv- chining sug‘urta manfaatdorligi notarius vakolatini to‘xtatganda yo‘qotilgan sanaladi. Ushbu holatda sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga bu haqda yozma bildirishnoma va sug‘urta manfaatdorlik yo‘qolganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. Shartnomani sug‘urtalanuvchining sug‘urta manfaatdorligi yo‘qotganligi natijasida muddatidan oldin to‘xtatilishi sug‘urtachi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofoti sug‘urta shartnomasining 1 5 1 bekor qilinishining haqiqiy sanasidan unda ko‘rsatilgan amal qilish sanasigacha qolgan muddatga mutanosib tarzda qaytaradi. Odatda, sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchining quyida- gi majburiyatlari ko‘zda tutiladi: sug‘urta holati sabablari, uning borishi va oqibatlarini aniqlash uchun barcha imkoni bor va maqsadga muvofiq chora-tadbirlarni qabul qilish; sug‘urtachini unga sug‘urta holati munosabati bilan bildirilayotgan barcha e’tiroz haqida kechiktirmasdan (sug‘urta shartnomasida kelishilgan muddatda) xabardor qilish; sug‘urtachiga sug‘urta holati sabablari, uning borishi va oqibatlari, yetkazilgan zarar xususiyatlari va miqdori haqida muhokama qilish imkonini beradigan barcha ax- borotlar hamda hujjatlarni taqdim etish. Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtachi unga sug‘urtala- nuvchi nomidan zararni undirish to‘g‘risida talab qayd etilgan e’tirozlar bildirilgan holatda muzokaralar olib borishi va yetkazilgan zararni qoplash haqida bitim tuzish, sug‘urta holati holatlari va sabablarini yoki sug‘urtalanuvchining roziligini kutmasdan zarar miqdorini aniqlash uchun choralar ko‘rish, shuningdek, sud va boshqa vakolatli organlarda sug‘urtalanuvchi nomidan hamda topshirig‘i bo‘yicha ish yuritish huquqiga ega. Agar notarius rozi bo‘lmasa yoki boshqa tarzda qayd etilgan harakatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilsa, sug‘urtachi sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh tortishi mumkin. Notariusning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasida sug‘urta mukofotini to‘lash muddatlari aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta shartnomasiga muvofiq belgilanadi va sug‘urta summasi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta mukofoti tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va tanlangan sug‘urta summasiga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta tariflari statistika ma’lumotlari, sug‘urta bozori konynunkturasi, risk darajasi, sug‘urta qilish muddati va sug‘urta summasi miqdori hisobga olingan holda belgilanadi. Bundan tashqari, sug‘urta mukofoti miqdori notarius tomonidan kasbiy harakatlarning amalga oshirilishi va amalga oshirilayotgan notarial harakatlar turlari munosabati bilan e’tirozlarni qonunda belgilangan tartibda qondirish to‘g‘risida ma’lumotlar aniqligiga Notariuslarning kasbiy javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tarifini aniqlash va sug‘urta da’volarining ko‘rib chiqilishi 1 5 2 bog‘liq bo‘ladi. Notarius ijro xatlarini amalga oshirish chog‘ida sug‘urtachi oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashi mumkin. Hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchi tomonidan bir yo‘la yoki qisman naqd yoxud naqdsiz yo‘l orqali shartnoma tuzilgan kundan boshlab kelishilgan muddat ichida to‘lanishi mumkin. Sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan holatda esa sug‘urta summasi sug‘urta mukofotining to‘langan qismiga mutanosib ravishda kamayadi. Notariusga e’tirozlar u bilan shartnoma munosabatidan bo‘lgan mijoz va u bilan shartnoma munosabatida bo‘lmagan, biroq yetkazilgan zarar sababli e’tiroz bildirish huquqiga ega shaxslar tomonidan bildirilishi mumkin. Sug‘urta holati sodir bo‘lgan chog‘da sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda bu haqda sug‘urtachiga yozma ravishda xabar berishga majbur. Sug‘urta holati sodir bo‘lgan chog‘da sug‘urtalanuvchi sug‘ur- tachiga sug‘urta holati sodir bo‘lganini isbotlovchi barcha kerakli hujjatlarni taqdim etadi. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga sug‘urta holati bilan bog‘liq unga ma’lum bo‘lgan yoki paydo bo‘lgan ma’lumotlar va vaziyatlarni xabar qilishi shart. Sug‘urtachi taqdim etilgan hujjatlar haqiqiyligini tekshirish huquqiga ega. Sug‘urta to‘lovi sug‘urtachi tomonidan sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat davomida sug‘urtalanuvchidan sodir bo‘lgan sug‘urta holati haqida barcha kerakli hujjatlarni olganidan keyin to‘lanadi. Sug‘urta to‘lovi miqdori sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta summasidan oshmasligi kerak. Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasi shartlarini tegishli ravishda bajarmasa, sug‘urtachi sug‘urta to‘lovi summasini kamaytirish huquqiga ega. Sug‘urta to‘lovi miqdori zarar va e’tiroz bildiruvchi tomonidan qilingan sarf-xarajatlar, shuningdek, notarius tomonidan sug‘ur- tachining yozma ravishdagi roziligi bilan qilingan sarf-xarajatlar miqdori summasi kabi aniqlanadi. Biroq sug‘urta shartnomasi su- g‘urtachining har bir sug‘urta holati va jabr ko‘rgan kishi tomonidan bildirilgan e’tiroz bo‘yicha javobgarligi limitini belgilashi mumkin. Agar notariusga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida masalani hal qilish to‘xtatiladi. Notariusning bir yo‘la bir qancha mijozlarining zararini qoplashda, agar uning miqdori sug‘urtachi javobgarligining umumiy limitidan oshsa (sug‘urta summasining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha miqdori), 1 5 3 sug‘urta to‘lovi har bir jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar summasiga nisbatan sug‘urtachi javobgarligining umumiy limitiga mutanosib ra- vishda to‘lanadi. Shuningdek, sug‘urta shartnomasida notarius tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori — franshiza ko‘zda tutilishi mumkin. Ushbu holatda kompaniya notarius tomonidan franshiza miqdorida qoplanishi lozim bo‘lgan summadan oshadigan zararni qoplash majburiyatini qabul qiladi. Notarius harakatiga bildirilgan e’tirozlar, shikoyatlar, arizalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq sud yoki boshqa sarf-xarajatlar, agar ushbu sarf-xarajatlar sug‘urtalanuvchi zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, sug‘urtachi tomonidan sug‘urtachi javobgarligi limiti doirasida qoplanadi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasiga amal qilish bekor qilinganidan keyin sug‘urtachi undan sug‘urta shartnomasiga amal qilish davrida sug‘urta holati to‘g‘risida e’tiroz (bildirish) olgan bo‘lsagina, sug‘urta summasini olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Pul mablag‘lari sug‘urtachining hisob raqamidan sug‘urtalanuvchi hisob raqamiga o‘tkazilgan kun sug‘urta summasi to‘lash kuni hisoblanadi. Sug‘urtachi quyidagi hollarda sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh tortish huquqiga ega: agar sug‘urtalanuvchi soxta ma’lumotlar taqdim etgan va ular asosida sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lsa; zarar sug‘urtalanuvchi aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa; zarar sug‘urtachi yoki uning mijozining bevosita g‘arazli niyati sababli yetkazilgan bo‘lsa; sug‘urtalanuvchi notarial harakatlarni qonuniy muddatlardan tash- qari amalga oshirgan bo‘lsa (litsenziyani chaqirib olish, litsenziya- ning amal qilish muddati tugashi); sug‘urtalanuvchi sug‘urtachining sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan harakatlarni amalga oshirishiga rozi bo‘lmasa yoki boshqacha yo‘l bilan to‘sqinlik qilsa; sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga sug‘urta holati sodir bo‘lgani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar bermasa. Agar sug‘urta to‘lovi to‘langanidan keyin ushbu to‘lov notarius yoki boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan g‘arazli harakatlar natijasida qalbaki yo‘llar bilan olinganligi aniqlansa, to‘langan mablag‘ning hammasi uni to‘lagan sug‘urtachiga qaytariladi. Sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida yuzaga keladigan barcha tortishuvlar muzokaralar yo‘li bilan, o‘zaro kelishuvga erishilmasa, sudda hal etiladi. 1 5 4 Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligini tushuntirib bering. 2. O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunida notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish haqida nimalar deyilgan? 3. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomani tuzishda sug‘urtalovchi qanday hujjatlarni talab etishi mumkin? 4. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomasi qachon kuchga kiradi? 5. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomada qanday rekvizitlar bo‘lishi talab etiladi? 6. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashda sug‘urta summasi qanday aniqlanadi? 7. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin? 8. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasiga ko‘ra sug‘urtalovchi qanday huquqlarga ega bo‘lishi mumkin? 9. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi deganda nimani tushunasiz? 10. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma- ning boshqa sug‘urta shartnomalardan farqi nimada? 21-mavzu. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta shartnomasining tuzilishi. Auditorning kasbiy javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tarif- larini aniqlash va sug‘urta da’volarining ko‘rib chiqilishi. Respublikamizning qator sug‘urta kompa- niyalari ayni paytda auditorlarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilishni amalga oshirmoqda. Ushbu holatda quyidagilar su- g‘urtalanuvchilar hisoblanadi: auditorlar — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega auditorlik firmalari. Sug‘urtalanuvchining mijoz oldidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma va amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadigan mulkiy javobgarligi sug‘urta obyekti hisoblanadi. Sug‘urtachi sug‘urta shartnomasiga muvofiq Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi 1 5 5 sug‘urtalanuvchiga amaldagi qonunchilikka mos kelmaydigan auditorlik harakatlarini amalga oshirishda (yoki kerakli auditorlik harakatlarni amalga oshirmagan) sug‘urtalanuvchining o‘z kasbiy majburiyatlarini tegishli ravishda bajarmaganligi yoki o‘z lavozim majburiyatlari doirasida faoliyat yuritayotgan sug‘urtalanuvchi- ning yoxud u professional xizmat ko‘rsatish uchun xizmatlaridan foydalangan boshqa shaxslarning ehtiyotsizligi, xatolari, kamchiliklari tufayli bildirilgan e’tirozlar bo‘yicha zararni qoplash majburiyatini qabul qiladi. Bundan tashqari, sug‘urtachi tomonidan sug‘urtalanuvchining e’tirozlarni hal qilish bo‘yicha barcha sarf-xarajatlari ham qoplanishi mumkin. Sug‘urtachining zararni qoplash majburiyatlari auditor mijozlari yoki boshqa uchinchi shaxsga auditor tomonidan o‘z kasbiy majburiyatlarini amalga oshirishda e’tiborsiz harakatlar, xatolar, kamchiliklar, shuningdek, kerakli auditorlik xatti-harakatlarni bajarmaslik natijasida zarar yetkazilgan holatlarda paydo bo‘ladi. Sug‘urtachi, odatda, amaldagi qonunchilikka mos kelmaydigan auditorlik harakatlarni yoki kerakli auditorlik harakatlarni sug‘ur- talanuvchining g‘arazli niyati borligida bajarmaslik natijasida yetkazilgan zararni qoplamaydi. Auditorning g‘arazli niyati sudning qarori va hukmi qonuniy kuchga kirgach, aniqlanadi. Sug‘urtalanuvchining harakatlarida g‘arazli niyatlar borligini isbot qilish sug‘urtachi zimmasiga yuklatiladi. Odatda, sug‘urta holati vakolatli davlat organlarining sifatsiz o‘tkazilgan audit yoki sug‘urtalanuvchining auditorlik hisoboti yoki xulosasida aks ettirilgan ataylab yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatida sug‘urtalanuvchi bilan auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun shartnoma tuzgan uchinchi shaxsga jarima yoxud boshqa moddiy sanksiyalar yuklash qarori, shuningdek, auditorning zimmasiga u tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy auditorlik harakatlar, xatolar, kamchi- liklar yoki kerakli auditorlik harakatlarni amalga oshirilmagani sababli uchinchi shaxsga yetkazilgan zararni qoplashni yuklaydigan sud organi qarori kuchga kirgach, sodir etilgan hisoblanadi. Bundan tashqari, sug‘urta holati bajarilgan ishlar (xizmatlar) sifatsizligi uchun sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtachining oldindan roziligi bilan ixtiyoriy tan olinganda, sodir etilgan hisoblanadi. Agar sug‘urta shartnomasida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtachi sug‘urta holati fors-major vaziyatlar, ya’ni 1 5 6 qonunlar, qarorlar, idora va ishlab chiqarish qoidalari, yo‘riqnomalar, boshqa me’yoriy hujjatlar buzilganda, ishlab chiqarishda ishtirok etishga vakolati yo‘q yoki instruktaj, qayta tayyorlanish vaqtini o‘tkazib yuborgan xodimlarning, shuningdek, ruhiy xastaliklar, tutqanoq va ishga layoqatliligini cheklovchi boshqa kasalliklarga duchor bo‘lgan shaxslarning ishlab chiqarishda ishtiroki (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish), sug‘urtalanuvchi yoki uning vakolatli vakiliga ma’lum bo‘lgan, biroq sug‘urtachiga ma’lum qilinmagan sug‘urta holati riskini oshi- ruvchi holatlar oqibatida sodir etilganda sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, sug‘urta shartnomasida sug‘urtachini sug‘urta to‘lovidan ozod etishning boshqa holatlari ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Odatda, sug‘urta holati tomonidan uchinchi shaxslarning tadbirkorlik tavakkalchiligi bilan bog‘liq va ular tomonidan auditorlik xulosasi yoki hisoboti asosida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari natijasida ularga yetkazilgan zarar tan olinmaydi. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mablag‘i miqdori tomonlarning kelishuviga binoan sug‘urtalanuvchining auditorlik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yalpi mablag‘ aylanmasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Tomonlarning kelishuviga binoan sug‘urta shartnomasida barcha sug‘urta holatlari yoki bitta holat bo‘yicha to‘lovlar to‘lashning eng kam summasi belgilanishi mum- kin. Sug‘urtachi tuzilgan sug‘urta shartnomasiga ko‘ra shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta mablag‘i doirasida javobgar hisoblanadi. Bir qancha sug‘urta holatlari bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta summasidan oshmasligi kerak. Shartnomada shartli yoki shartsiz franshiza (zararning qoplanmagan qismi) mablag‘ini belgilash masalasi kelishib olinishi mumkin. Agar shartnomada franshiza belgilangan bo‘lsa, sug‘urtachi franshiza qiymatidan oshmaydigan zarar uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Zarar miqdori franshiza qiymatidan oshgan taqdirda, uni to‘liq qoplashi shart (sug‘urta mablag‘i doirasida). Shartli franshizada sug‘urtachi franshizaning belgilangan qiymatidan oshmaydigan zararni qoplashdan ozod etilsa, franshizadan oshadigan zararni to‘liq qoplaydi. 1 5 7 Shartsiz franshizada zarar barcha holatlarda belgilangan franshizadan tashqari to‘liq qoplanadi. Sug‘urta shartnomasi, odatda, sug‘urta- lanuvchining yozma arizasi asosida tuziladi. Sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘ur- talanuvchi sug‘urtachiga talab etilgan sug‘urta summasining asosliligini tasdiqlov- chi va sug‘urta riski darajasini aniqlash imkonini beruvchi barcha kerakli axborotni taqdim etishi shart. Sug‘urtachi sug‘urta riski da- rajasini aniqlash uchun sug‘urtalanuvchi va mijoz o‘rtasida tuzilgan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish shartnoma nusxasini talab qilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishni boshlashdan oldin tuziladi. Sug‘urta shartnomasi har bir aniq auditorlik tekshiruvi uchun tuziladi. Sug‘urtalanuvchidan olingan ma’lumotlar asosida sug‘urtachi sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu shartnoma tomonlarning yagona shartnomani imzolash yoki sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisini berish yo‘li bilan tuziladi. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasi shunday shaxslar foydasiga tuziladiki, bunda auditor kasbiy faoliyatini amalga oshirishda o‘z harakatlari uchun ular oldida javobgarlikni zimmasiga oladi. Sug‘urta shartnomasini tuzish chog‘ida foyda oluvchilar sug‘urtalanuvchiga ham sug‘urtachiga ham ma’lum qilinmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu shartnomada u kimning foydasiga tuzilganligi aytilmaydi yoki shartnoma auditor yoxud boshqa shaxs foydasiga tuzilgan bo‘lsa ham, sug‘urta to‘lovi olish huquqiga ega foyda oluvchi auditor faqat uning oldida javobgar bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Kelishilgan davr ichida sug‘urta kompaniyasi bilan uzluksiz sug‘urta shartnomalarini tuzgan sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasini tuzish uchun bir oylik imtiyozli davr berilishi mumkin. Imtiyozli davrda berilgan yangi polis (to‘lov to‘langan kunidan qat’i nazar) yangilangan hisoblanadi va oldingi polisning amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar imtiyozli davr ichida sug‘urta holati yuz bersa va yangi sug‘urta shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, to‘lov oxirgi sug‘urta polisi bo‘yicha amalga oshiriladi. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta shartnomasi- ning tuzilishi 1 5 8 Tomonlardan birining tuzilgan shartnomaning biron-bir shartini bir tomonlama o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Sug‘urta shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartishlar yozma ravishda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi. Sug‘urta shartnomasi unga amal qilish muddati tugaganidan keyin bekor qilinadi, ya’ni: sug‘urtachi tomonidan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatlar to‘liq bajarilganda; sug‘urtalanuvchi tomonidan shartnomada belgilangan muddatda sug‘urta mukofotlar to‘lanmaganda; yuridik shaxs hisoblangan sug‘urtachini tugatish yoki jismoniy shaxs hisoblangan sug‘urtachi vafot etganda; sug‘urtachi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilganda; sud tomonidan sug‘urta shartnomasining kuchga ega emasligini tan olish haqidagi qaror qabul qilinsa; agar sug‘urta holatining sodir etilish imkoniyati yo‘qolsa va sug‘urta riski to‘xtatilsa hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holat- larda. Shu bilan birga sug‘urta shartnomasi tomonlar tashabbusi bilan muddatidan oldin ham bekor qilinishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasini xohlagan paytida bekor qilish huquqiga ega. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda sug‘urtachiga to‘langan sug‘urta mukofoti, agar shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qaytarilmaydi. Sug‘urtachi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasini muddati- dan oldin bekor qilishda u sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofotlarini to‘liq qaytaradi: agar sug‘urtachining talabi sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalash qoidalari bajarilmagani bilan bog‘liq bo‘lsa, u sug‘urtalanuvchiga shartnomaning tugagan muddati uchun ketgan sarf-xarajatlardan tashqari sug‘urta mukofotlarini qaytaradi. Sug‘urta shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi- da ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ham o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi davomida sug‘urtachi quyidagi huquqlar- ga ega: sug‘urtalanuvchi berayotgan ma’lumotni tekshirish; shartnomada yoki amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh tortish; sug‘urtachiga zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarni o‘z ichiga oluvchi e’tiroz bildirilgan holatda sug‘urtalanuvchi nomidan muzokara olib 1 5 9 borish, sug‘urta holati ahvoli va sabablarini aniqlash uchun choralar ko‘rish, sug‘urtalanuvchining roziligini kutmasdan zarar miqdorini aniqlash; sug‘urta holati bo‘yicha sug‘urtalanuvchi nomidan va topshirig‘i bilan sud hamda vakolatli organlarda ish yuritish. Sug‘urtachi sug‘urtalanuvchini sug‘urta qilish qoidalari bilan tanishtirishi, belgilangan muddatda sug‘urta polisini berishi, sug‘urta holati sodir etilganda sug‘urta to‘lovini belgilangan muddatda to‘lashi, sug‘urtalanuvchi bilan munosabatning sirliligini ta’minlash, sug‘urta shartnomasiga amal qilish davrida barcha sug‘urta masalalari bo‘yicha bepul maslahat berishi shart. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtachidan sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta qoidalarida kelishilgan kerakli xatti-harakatlar bajarilganidan so‘ng sug‘urta polisini olish, sug‘urta polisiga amal qilish davrida barcha sug‘urta masalalari bo‘yicha bepul maslahat olish, sug‘urta holati sodir etilganda sug‘urta summalarini olish, sug‘urta shartlari va qoidalari bilan batafsil tanishish, sug‘urtachidan uning tijorat siri hisoblangan moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida ma’lumot olish, agar sug‘urtachi sug‘urtalanuvchidan polisga amal qilish muddati ichida e’tiroz olsa, polisga amal qilish muddati tugaganidan keyin sug‘urta to‘lovini olish huquqiga ega. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin sug‘urta qiluvchiga o‘ziga ma’lum bo‘lgan va sug‘urta riskini ba- holashda ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlarni (masalan, e’tirozlar statistikasi, sug‘urta holatlari, xodimlarning malakasini oshirish va hokazo) ma’lum qilishi, auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning qoidalari va me’yorlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha unga bog‘liq bo‘lgan choralar ko‘rishi, kechiktirmasdan sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda dam olish va bayram kunlarini istisno qilgan holda, unga sug‘urta holati sodir etilgani to‘g‘risida ma’lum bo‘lganini sug‘urtachiga yozma ravishda xa- bar berishi, sug‘urtachiga sug‘urta holatining sabablari, oqibatlari, yetkazilgan zarar xususiyatlari va miqdorini muhokama etish imkonini beradigan barcha ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishi, sug‘urtalanuvchiga sug‘urta holati munosabati bilan qo‘yilgan mulkiy xususiyatga ega talablarni sug‘urtachining yozma roziligisiz tan olmasligi, sug‘urtachi bilan munosabatning sirliligini ta’minlashi, qayta tuzish yoki tugatish holatlarida bu haqda sug‘urtachiga tezlik bilan xabar berishi shart. 1 6 0 Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasi miqdoridan kelib chiqqan holda sug‘urta- chining tarif stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Sug‘urta tariflari statistika ma’lumotlari, sug‘urta bozori konyunkturasi, risk darajasi, sug‘urtalanuvchi faoliyati turini sug‘urta qilish muddati, tanlangan risk va risk darajasiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlar hisobga olin- gan holda belgilanadi. Sug‘urta mukofoti auditorlik xizmatlarni amalga oshirishga doir rejalashtirilayotgan aylanma mablag‘ asosida belgilanadi. Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati yoki shartnomada belgilangan boshqa davrning tugashi bilan, odatda, sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urtalanuvchi faoliyatining natijalari hisobga olingan holda qayta hisoblanadi. Sug‘urta mukofotini to‘lash tartibi tomonlar kelishuvi bo‘yicha belgilanadi: bir yo‘la yoki qisman sug‘urtachining hisob raqamiga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan. Sug‘urta mukofoti sug‘urta- lanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida kelishilgan muddat ichida shartnoma imzolangan kundan boshlab to‘lanadi. Sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan holatda sug‘urta puli sug‘urta to‘lovining to‘langan qismiga mutanosib ravishda kamayadi. Shartnoma bir yildan kam muddatga tuzilganda sug‘urta mukofoti yillik sug‘urta mukofoti summasidan foiz hisobida ajratiladi. Sug‘urta shartnomasiga to‘liq bir oy amal qilinmagan holatda ham sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanadi. Shartnomani bir yildan oshiq muddatga tuzishda sug‘urta to‘lovi imtiyozli tarif stavkalari bo‘yicha hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan holatda sug‘urta polisi- da sug‘urtalanuvchi tomonidan haqiqatan ham to‘langan sug‘urta mukofoti va unga tegishli sug‘urta puli ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga yozma ravishda sug‘urta shart- nomasiga amal qilish muddati ichida risk darajasidagi o‘zgarish- lar haqida xabar qilishi shart. Agar risk darajasining oshishi sug‘urta mukofoti miqdorini oshirish zaruratini yuzaga keltirsa, sug‘urtachi sug‘urtalanuvchiga qo‘shimcha sug‘urta mukofoti uchun hisob bilan birga sug‘urta shartnomasiga kiritilgan tegishli qo‘shimchalarni ham jo‘natadi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashi va mukofot uchun hisobni hamda Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling