X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta
Mustahkamlash va baholash uchun savollar
Download 1.26 Mb.
|
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchi- talaba 5-bosqich Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish
- O‘qituvchi Asosiy masalalar
- Tayanch tushunchalar
Asosiy masalalar: Husnixat darslarini tashkil etish. O`qituvchi o`z yozuvini mukammallashtirish uchun olib boradigan ishlari. O`qituvchining darsga tayyorlanishi. Tayanch tushunchalar: dastur, izchillik, harf elementi Asosiy masalalar bayoni 1. Husnixat darslarini tashkil etish. Boshlang`ich sinflar dasturi bo`yicha 1-4-sinflarda husnixat darslari o`tiladi. Dasturga ko`ra 1-sinfda husnixatga o`rgatish savod o`rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan to`g`ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda to’tiladi. 1-sinfda xat-savod o`rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida o`rgatiladi. 1-sinfning 2-yarim yilligida o`qituvchi husnixatga o`rgatishni ona tili darslariga qo`shib olib borsa ham, o`z ishlarini rejalashtirib olishlari zarur. Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo`yining tengligiga, harflar va so`zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo`lishiga e’tibor berilishi kerak. Savod o`rgatishdan keyin yozuv sharti ham o`zgaradi. O`quvchilar daftarlarida harf namunalarining yo`qligi sababli ular qo`shimcha bir qancha shartlarni bajarishlari zarur. Jumladan, bosma harflarni yozma harflarga aylantirish, ulanishini aniqlay olishlari va so`zlarni qatorlarga to`g`ri joylashtirishni mustaqil amal oshirishlari kerak. Bundan tashqari mashq shartlarini ham bajarishlari darkor. Shuning uchun o`qituvchi yozuv materiallarini ko`zdan kechirib, yordamga muhtoj holatlarni o`ziga belgilab olishi va qisqa izohlashlardan foydalanish zarur. 2-sinfda husnixat darslari har haftada ona tili darslarining oxirgi bir soati ajratiladi va o`quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: a) bir chiziqli daftarlarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik tamoyili asosida yozdirishi; b) har bir harfning o`zidan oldingi yoki keyingi harfga ulanishini o`rgatib borish; s) harflarning elementlarini o`xshashligini hisobga olib guruhlash; d) bosh harflarning elementlarini yuqoriga va pastga tomon tushushini hisobga olgan holda guruhlash; e) matnlarning bolalar hayotiga mos bo`lishiga erishish; f) imlosi qiyin so`zlarni yozuv materiali sifatida tanlash; g) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish. 3-4-sinfda har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasini husnixatga ajratiladi. Unga gigienik talablar, bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar bir chiziqli daftarga bosh va kichik shakllai bir xil, tuzilishi murakkab harflarni yozishga o`rganadilar, ritm bilan yozishni, harflarni ulab so`z, gap yozishni mashq qiladilar. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling