Xabarnom a hurmatli soliq to‘lovchi ! O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 22-moddasiga


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1758378
Bog'liq
хат



X A B A R N O M A
Hurmatli soliq to‘lovchi !
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
22-moddasiga
muvofiq soliq 
to‘lovchi belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab 
chiqarish va to‘lash majburiyatiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
82-moddasiga
muvofiq soliq 
hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etilishi 
belgilangan.
Shuningdek, Soliq kodeksining 
339-moddasiga
muvofiq yuridik shaxslaridan 
olinadigan foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha-keyingi oyning 
yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishingiz lozimligini eslatib o‘tamiz.
Bu borada, soliq organi xodimlari tomonidan 
ishonchli hamkor sifatida
Sizga 
ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatilishini bildirib o‘tamiz, hamda soliq va moliyaviy 
hisobotlarni to‘ldirish va (yoki) yuborishda muammolar vujudga kelgan taqdirda 
xar 
qanday professional xizmatlarni ko‘rsatishga tayyormiz.
Shu bilan birga, soliq hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
muddatlarda taqdim etmaslik quyidagi oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
175-moddasiga asosan Soliq solish ob’ektlarining hisobini va hisobotini 
yuritishning belgilangan tartibini buzish bunda:
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik — 
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, mansabdor 
shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Moliyaviy va soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmagan yuridik 
shaxslarning 
banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish
kabi 
choralar qo‘llanilishiga olib keladi.
ESLATMA:
Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha 
savollar yuzaga kelsa, Shodmonov Akmaljon (tel:91-661-17-70) murojaat qilish orqali 
tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
2023 - yil 19 - oktabr
19/1-77833 - son


Boshqarma boshlig‘i 
o‘rinbosari
M.Akbarov


Ijrochi: S.Olimov
ID: 40844714
Sana: 19.10.2023

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling