X A B A R N O M A
Hurmatli soliq to‘lovchi !
O‘zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining
22-moddasiga
muvofiq
soliq
to‘lovchi belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq
hajmda hisoblab
chiqarish va to‘lash majburiyatiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
82-moddasiga
muvofiq soliq
hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etilishi
belgilangan.
Shuningdek, Soliq kodeksining
339-moddasiga
muvofiq
yuridik shaxslaridan
olinadigan foyda solig‘i hisobotini
hisobot davri yakunlari bo‘yicha-keyingi oyning
yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishingiz lozimligini eslatib o‘tamiz.
Bu borada, soliq organi xodimlari tomonidan
ishonchli hamkor sifatida
Sizga
ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatilishini bildirib o‘tamiz,
hamda soliq va moliyaviy
hisobotlarni to‘ldirish va (yoki) yuborishda muammolar vujudga kelgan taqdirda
xar
qanday professional xizmatlarni ko‘rsatishga tayyormiz.
Shu bilan birga, soliq hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan
muddatlarda taqdim etmaslik quyidagi oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
175-moddasiga asosan Soliq solish ob’ektlarining hisobini va hisobotini
yuritishning belgilangan tartibini buzish bunda:
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Moliyaviy va soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmagan yuridik
shaxslarning
banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish
kabi
choralar qo‘llanilishiga olib keladi.
ESLATMA:
Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha
savollar yuzaga kelsa,
Shodmonov Akmaljon (tel:91-661-17-70) murojaat qilish orqali
tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
2023 - yil 19 - oktabr
19/1-77833 - son