Xafsizlik texnikasi. Xatoliklar nazariyasi bilan tanishish. Hisobot tayyorlash metodikasi


Download 45.4 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi45.4 Kb.
#1686317
  1   2   3
Bog'liq
Xafsizlik texnikasi


Xafsizlik texnikasi. Xatoliklar nazariyasi bilan tanishish. Hisobot tayyorlash metodikasi

1. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash. Biror-bir kattalikni o’lchash deganda bu kattalikning birlik sifatida qabul qilingan bir jinsli etalon kattalik bilan solishtirilib, undan necha marta katta yoki kichikligini bilish tushuniladi. Fizikaviy kattaliklarni absolyut aniq o’lchab bo’lmaydi. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash jarayonida o’lchov asboblarining tuzilishiga xamda kuzatuvchining sezgi organlarining sezgirligiga boғliq ravishda o’lchash natijalari maolum xatoliklar bilan aniqlanadi. Topilgan natijalar o’lchanayotgan kattaliklarning taqribiy qiymatini beradi. O’lchashda ro’y beradigan xatoliklar ikki guruxga bo’linadi: sistemali va tasodifiy xatoliklar.
a) sistemali xatoliklar. Bunday xatoliklar odatda tajriba o’tkazilguncha aniqlanishi mumkin bo’lgan xatoliklardir. Ular asosan ishlatiladigan asboblarning ayrim kamchiliklari tufayli yuz beradi va ayni bir kattalikni takroriy o’lchashlar jarayonida ularning qiymatlari doimo bir xil bo’ladi. Masalan, masshtabli chizғich shkala bo’limlarining bir xil emasligi, kapillyar naycha diametrining uning turli qismlarida turlicha bo’lishi, elektr o’lchov asboblari strelkalarining nol qiymatidan siljib qolganligi va x.k.lar sistemali xatoliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Sistemali xatoliklardan ko’p xollarda ularni o’lchov asbobi ko’rsatishiga tuzatma sifatida xisobga olish yo’li bilan yoki o’lchov asboblarini etalon o’lchov asboblari bilan solishtirish natijasida qutilish mumkin.
b) tasodifiy xatoliklar o’lchash jarayonining turli bosqichlariga taosir etuvchi aloxida sabablar oqibatida paydo bo’ladigan xatoliklardir. Masalan, o’lchov asboblarining ko’rsatishidagi noaniqliklar, sezgi organlarimizning nomukammalligi va tashqi (temperatura, bosim, namlik va x.k.) muxitning o’lchash jarayoniga uzluksiz taosiri tufayli paydo bo’ladigan xatoliklar shular jumlasidandir. Bu xatoliklarni tajriba oldidan eotiborga olishning imkoniyati yo’q. Bunday xatoliklarni butunlay yo’qotib bo’lmaydi, lekin ularning sonini minimal qiymatgacha kamaytirish mumkin. Tasodifiy xatoliklarning extimollik qonuniyatlariga bo’ysunishi ularning o’lchanayotgan kattalikning xaqiqiy qiymatini o’z ichiga oladigan chegaraviy qiymatlarini aniqlash imkonini beradi.

Download 45.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling